Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi


Metall qopqoqlar va rezina halqaning sifatini aniqlash usullari va ularni o’rganish



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə19/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

3.3.Metall qopqoqlar va rezina halqaning sifatini aniqlash usullari va ularni o’rganish
Kerakli asboblar va reaktivlar:2-3 dona rezina halqa namunalari, termometr, 200 sm3li kimyoviy stakanlar, 60% li CH3COOH ning eritmasi.
Ishning bajarilishi: tunukadan qilingan konserva bankalari uchun kerak bo’ladigan rezina halqalari kauchukni vulkanizatsiya qilmasdan tayyorlanadi.Rezina halqa tayyorlanadigan material tarkibida zaharli qo’shimchalar bo’lmasligi zarur. Halqa elastik bo’lib, cho’zilganda uning boshlang’ich uzunligi nisbatan cho’zilishi kamida 40% ni tashkil qilishi kerak. Halqa elastik xossasiga ega bo’lib, qisilganda, buralganda uzilmasigi va 70-100°S haroratga bardosh berishi kerak. 30 minut 120°S haroratgacha qizdirilganda va sekinlik bilan sovutilganda, uning kesimi va boshqa xossalari o’zgarmasligi lozim. Halqani yog’da erimasligini aniqlaganda, halqani 30 minut kislota eritmasi, osh tuzi eritmalari bilan qaynatilganda, ularning hidini yoki mazasini olmasligi va rangi o’zgarmasligi kerak. Rezina halqaning agressiv muhitiga chidamliligini aniqlash uchun 1 soat 60% li CH3COOH ning qaynoq eritmasiga botirib, uning sifatini nazorat qilinadi.


Nazorat savollari

  1. Metall bankalar va ularning sifatini qanday aniqlanadi?

  2. Shisha bankalarning sifatini aniqlash qanday amalga oshiriladi?

  3. Metall qopqoqlar va rezina halqaning sifatini aniqlashda nimalarga e’tibor beriladi?



Reja
4.1. Shartli va fizik banka.
4.2. Oziq-ovqat sanoatidagi hisoblashlarda taralarning sig’imi.
Tayanch so’z va iboralar: shartli banka, fizik banka, taraning sig’imi, assortiment, massa birligi, ming shartli banka, million shartli banka.



    1. Shartli va fizik banka

Konserva sanoatining mahsulotlari turli shakldagi, kattalikdagi va sig’imdagi idishlarda chiqarilganligi sababli bu sohada kat’iy hisob birligini qo’llash zaruriyati tug’iladi. Shuning uchun konserva mahsulotlarini hisoblashda shartli banka deb nomlanuvchi hisoblash tizimi qo’llanilgan. Shartli banka assortimentga qarab ikki xil usulda hisoblanadi: 1- mahsulotning massasiga qarab; 2- mahsulotning hajmiga qarab. Hisobga olish, buxgalteriya ishlari, iqtisod, loyixalash ishlaridagi konserva mahsuloti miqdori qiyinchilik tug’dirmasligi uchun bir xil birlikka keltiriladi.
Bu hajm bo’yicha shartli banka: № 8 temir banka 353,4 ml – bir shartli banka.
Og’irlik bo’yicha shartli banka: 400 g.
Yoki umumiy og’irlik bo’yicha kg, tonna.
Meva, go’sht, baliq, sut, konservalari hajm birligidagi shartli banka hisobida hisobga olinadi.
Murabbo, djem, povidlo, jele, marinad, meva va sabzavot sharbati, qayla va pyurelar, og’irlik bo’yicha hisob bankalarida hisobga olinadi.
Hisob birligida hamma turdagi mahsulotlar hisoblanadi, ya’ni metall taralariga, shisha taralarga va yog’och taralarga joylangan mahsulotlar, lekin tuzlangan sabzavotlar, muzlatilgan mahsulotlar, quritilgan meva va sabzavotlar va har xil yarim tayyor mahsulotlar o’zgacha hisoblanadi. Keyingi aytilganlar massa birligida hisoblanadi (tonna, ming tonna).


2-jadval
Og’irlik birligini shartli bankaga o’girish koeffitsienti

Mahsulot nomi

Quruq modda miqdori, %

Koeffitsient

Meva qaylasi
Meva pastasi
Meva pastasi
Meva pastasi
Mandarin sharbati
Olma sharyuati

32
18
25
30
45
55

1,5
1,5
2,0
2,5
4,5
5,0


Yuqoridagi mahsulotlar uchun hisob birligi qilib tayyorlangan konservaning 400 grammli massa og’irligi qabul qilingan.
Fizik bankani shartli bankaga aylantirishdagi koeffitsientni aniqlash uchun quyidagi formula qabul qilingan:

Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə