Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə13/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

Shisha idishlar





Tunuka idishlar



Polimer idishlar





Qog‘oz paketlar va kartonlar



Yog‘och idishlar





Tekstil (to`qima) idishlar

Kombinirlashgan idishlar



Oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarni joylash uchun va germetik uzoq muddatga saqlashda turli materiallardan tayyorlangan har-xil idishlar qo`llaniladi. Ular tunuka va shisha idishlari, butil va butilkalar, alyuminiy idishlar, alyuminiy qopqoqli shisha idishlar; qog‘oz paketlar, quti va korobkalar, yog‘och idishlar bo`lib bir-biridan ko`rinishi bilan va materiallar turi bilan farq qiladi.


Idishlarning nomlanishi davlat standartida «Konserva uchun metall bankalar» degan termin bilan yuritiladi. Ularni solishtirib qaraganda bir-biridan farq qiluvchi tomonlari, ya`ni kamchiliklari va ustunlik tomonlari bor. Germetik yopiladigan idishlarga solingan mahsulotlar sterilizatsiya yoki pasterizatsiya qilinadi.
Germetik yopilmaydigan idishlarga asosan yog‘ochdan qilingan bochka va qutilar, fanerdan qilingan quti va barabanlar, karton korobkalari, qog‘oz xaltalari, plastmassadan qilingan quti va lotoklar kiradi. Yog‘ochdan qilingan bochkalar povidlo, djem, tuzlangan tomat pastalarini joylab saqlashda qo`llaniladi.
Quritilgan meva va sabzavotlar fanerdan qilingan quti va barabanlarda, ayrim hollarda esa qog‘oz qoplarga solinadi.
Tayyor konserva mahsulotlarini transportirovka qilishda ularni karton qutilarga joylanadi. Parafinli karton korobkalari muzlatilgan meva, sabzavot va tayyor taomli konservalar uchun qo`llaniladi.
Plastmassadan qilingan qutilar butil va butilka idishlarini transportirovka qilishga mo`ljallangan.

Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə