Guliston Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti bt va sti yo'nalishi



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#141605
1   2   3
portal.guldu.uz-ORFOGRAFIYA

u kelsa, keyingi bo‘g‘inida u unlisi i tarzida aytilsa ham, u yoziladi. 2) jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar (b, d, v, g, j(jim), j(juri), g‘, z) so‘z oxirida jarangsiz (p, t, f, k, ch, sh, s) tarzida talaffuz qilinsa ham, asliga muvofiq yoziladi: maktab, ozod; 3) shanba, sunbul, manba, vatanparvar kabi so‘zlar o‘rtasida kelgan n undoshi o‘zidan keyin kelgan b, n, m undoshlari bilan yonma-yon kelganda, og‘zaki talaffuzda shamba, sumbul, mamba kabi m tarzida aytilsa ham, n shaklida yoziladi.
  • Shakliy an’anaviy tamoyil
  • Bu tamoyilga ko‘ra boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar hozir ham o‘tmishdagi shakliga muvofiq yoki o‘zi mansub bo‘lgan tildagi shaklini o‘zbek imlosida ham saqlagan holda yoziladi. Bu tamoyil asosida quyidagi kabi imlo qoidalari ishlab chiqilgan:
  • 1. Manfaat, matbaa, mutolaa, taajjub, taassurot kabi arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda bitta cho‘ziq a talaffuz qilinsa ham, arab imlosini saqlagan holda yozuvda ikkita a yoziladi.
  • 2. Mubolag‘a, muzokara, munosabat, muhokama kabi arabcha so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida a og‘zaki nutqda qisqa i tarzida aytilsa ham, an’anaga ko‘ra a yoziladi.
  • 3. Tadbir, tatbiq so‘zlarining birinchi bo‘g‘ini oxiridagi d va t undoshlari bir xil t tovushi tarzida talaffuz qilinsa ham, yozuvda d va t undosh harflari saqlanadi.
  • Differensiatsiya tamoyili
  • Bu tamoyilga ko‘ra, shakli yoki talaffuzi bir xil bo‘lgan so‘zlar yozuvda turli shartli belgilar vositasida (yoki ba’zan ma’noga ko‘ra) farqlanadi. Masalan:
  • 1. Urg‘u vositasida farqlash: atlás - mato, material. Átlas - geografik atlas, xarita. Akadémik - ot, akademí́́k - sifat (masalan, akademí́́k litsey).
  • 2. Unlining cho‘ziq-qisqaligi orqali farqlash (bunday so‘zlarda unlining cho‘ziqligini tutuq belgisi ta’minlaydi, demak bunday so‘zlarning shakli va ma’nosi tutuq belgisiga ko‘ra farqlanadi): tana – ta’na, surat – sur’at, qala – qal’a kabi.
  • 3. Boshqa-boshqa tovush ifodalovchi harflar vositasida so‘z ma’nosini farqlash: xol (yuzdagi xol) – hol (ahvol, holat).
  • Grafik tamoyil
  • Bu tamoyil asosidagi imlo qoidalari tovush bilan uning yozuvdagi shakli o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalashga asoslanadi. Masalan, sirg‘aluvchi
    Yüklə 3,26 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə