Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


-Mavzu: MULOQOTNING KOMMUNIKATIV TOMONI: AXBOROT ALMASHISH



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə23/92
tarix06.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#98273
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92
portal.guldu.uz-Sotsial psixologiya

8-Mavzu: MULOQOTNING KOMMUNIKATIV TOMONI: AXBOROT ALMASHISH
Asosiy savollar
1.Kommunikativ lo'siqiar va ularni bartaraf etish.
2.Intcraksiya va uning asosiy shakllari (kooperatsiya. raqobat).
3.Muloqotning interaktiv tomoni.


Tayanch so’z va iboralar: Undovchi axborot, aktivlashtirish, interdiksiyalash, destabillashtirish, konstatatsiyalovchi axborot, ekstralingvistik, paralingvistik, optik-kinetik, proksemik, translyatsiya
Kommunikativ to'siqiar va ularni bartaraf etish.
Muloqot jarayonida axborot bir tomondan ikkinchi tomonga harakatlanishdan tashqari, faol almashinadi (kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-biriga axborot yuborayotganda, bir-birining motivlari, maqsadlari va boshqalarni tahlil qiladilar). Shuningdek, muloqot jarayonida axborot almasha turib, kishilar belgilar tizimi orqali bir-biriga ta’sir etishi mumkin (insonlararo axborot almashinuvida, albatta, suhbatdosh xulq-atvoriga muayyan ta’sir o'tkaziladi). Muloqot jarayonida kommunikator (axborot yuborayotgan kishi) va retsipiyent (axborot qabul qilayotgan kishi) bir xil kodlashtirish hamda dekodlashtirish tizimiga ega bo'lishi kerak. Yagona tizimni qabul qilishgina kommunikativ jarayon ishtirokchilariga bir-birini tushunish imkonini beradi. Muloqot jarayonida faqat insonlararo komntunikatsiyaga xos to‘siqlar vujudga kelishi mumkin. To‘siqlar nafaqat belgilar tizimidagi farqlar, balki ijtimoiy-siyosiy, diniy, kasbiy farqlar yoki umuman dunyoqarash, olamni his etishdagi farqlar tufayli vujudga kelishi mumkin.
Kommunikatordan chiqayotgan axborot ikki xil bo'lishi mumkin:
1. Undovchi axborot — buyruq, maslahat, iltimos kabilarda namoyon bo'ladi. Undan ko'zlangan maqsad retsipiyentni biror harakatga rag‘batlantirishdir. U uch xil bo'lishi mumkin:
a) aktivlashtirish, ya’ni faollashtirish (biror harakatni qilishga undash);
b) interdiksiyalash (biror harakatni qilishdan to'xtatish);
d) destabillashtirish (biror harakatdagi muvozanatni buzish).
2. Konstatatsiyalovchi axborot — ma’lumot tarzida ifodalanadi. Bu turdagi axborot turli ta’limiy tizimlardan o'rin olgan bo'lib, xulqatvomi o'zgartirish uchun bevosita ta’sir ko'rsatmaydi, ammo bilvosita ta’sir ko'rsatish maqsadi ham bo'ladi.
Amerikalik jurnalist G. Lassuel besh unsurdan iborat bo'lgan kommunikativ jarayonning quyidagi modelini taklif etadi:
A. YUt (axborot kim tomonidan uzatilmoqda);
B. Nima (qanday axborot uzatilmoqda);
V. Qanday (axborot qanday yo'l bilan uzatilmoqda);
G. Kimga (axborot kimga yo'naltirilmoqda);
D. Qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi).
Kommunikativ jarayon aksial (bunda axborot ayrim konkret odamlargagina yo'naltiriladi) yoki retial (bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan retsipiyentlarga u o'naltiriladi) xarakterda bo'lishi mumkin. Kommunikator retsipiyent uni qanchalik tushunayotganini «kommunikativ rollar» o'zgargach biladi. Chunki bunda retsipiyent kommunikatorga aylanib awalgi kommunikatorga qabul qilgan axborotning mazmunini qanday tushunganligini bildiradi. Noverbal kommunikatsiyada belgilar tizimi sifatida quyidagi tizimlardan foydalaniladi:
1. Optik-kinetik tizimga imo-ishoralar (qo'l motorikasi), mimika (yuz motorikasi), pantomimika (butun gavda motorikasi) kiradi. Ushbu belgilarning muloqotdagi ahamiyati shunchalik kattaki, ularni o'rganish uchun alohida soha-kinesika shakllangan.
2. Paralingvistik tizim ovoz vokalizatsiyasidan iborat bo'lib, unga ovoz sifatlari, diapazoni kiradi. Ekstralingvistik tizimga to'xtalishlar, yo'talib qo'yishlar, yig'i, kulgu, nutq tempi kiradi.
3. Proksemik tizimga kommunikativ jarayon ishtirokchilarining fazodagi joylashuvi va kommunikatsiya vaqti kiradi.
4. Vizual kontaktga ko'zlar orqali muloqot qilish kiradi. Dastlab muloqotning bunday turi faqat intim muloqot doirasidagina bo'lishi mumkin, deb hisoblangan. Ammo so‘nggi tadqiqotlar vizual kontakt boshqa sohalarda, ya’ni tibbiyot, pedagogika, boshqaruv kabilarda ham kuzatilishini isbotlamoqda.
Noverbal kommunikatsiya tizimlari kommunikatsiya jarayonidamuhim rol o'ynaydi. Ular nutqni to'ldiradi, uning o'mini bosadi, kommunikativ jarayon ishtirokchilarining emotsional holatini aks ettiradi.
Muloqot ikki va undan ortiq kishilar o'rtasida bilish yoki baholash tarzidagi axborot almashishda namoyon bo'luvchi o'zaro ta’sirdir. Muloqotning o'zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko'rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa muloqot vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til muloqotga kirishuvchilar o'rtasida aloqa bog'lanishini ta’minlaydi. Uni bu maqsad uchun tanlangan so'zlar mohiyatiga ko'ra kodlashtirgan holda axborotni ma’lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya’ni uning ma’nosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o'z xulq-atvorini o'zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.
A.V. Petrovskiy fikricha, axborotni boshqa kishiga yo'llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsipiyent) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona tizimidan foydalanishlari, ya’ni bitta tilda so'zlashishlari kerak. Mohiyat — belgining tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism sifatidagi mazmunga ega bo'lgan jihatidir. Qurol odamlarning mehnat faoliyatini ifodalagani singari belgilar ham ularning bilish faoliyati va munosabatini namoyon qiladi.
So'zlar belgilari tizimi hayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish va uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi. Til yordamida muloqotga kirishish tufayli borliqning alohida bir kishining miyasidagi in’ikosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgani bilan doimiy ravishda to'ldirilib turadi — o'y-fikrlarini ayirboshlash, axborot uzatish ro'y beradi. O'qituvchi u yoki bu so'zni ishlatganda uning o'zi ham, uning tinglovchilari ham yolg'iz o'sha bitta hodisani nazarda tutishadi va ularda anglashilmovchilik yuz bermaydi. Mohiyatlar tizimi kishining butun hayoti davomida rivojlanib va boyib boradi.
Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar bilan birlashishi, ular bilan munosabatga kirishishi, aloqa o'matishi, o'zaro tushunishga erishishi va kerakli axborotni olishi, shunga mos javobni berishi kerak. Bunda muloqot faoiiyatning bir tomoni, uning axborot jihati — kommunikatsiya sifatida namoyon bo'ladi. Biroq predmet yasash bilan birga inson o'zi yasagan predmetda o'zini «translyatsiya» qiladi, ya’ni o'zini boshqalarda davom ettiradi. Hosil qilingan predmet (qurilgan bino, yozilgan qatorlar, o'tqazilgan daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson o'zini ko‘rsatadigan vositadir. Chunki bu boshqa kishilar uchun hosil qilingan. Shunday qilib, faoliyat muloqotning bir qismi, uning tomoni; muloqot faoiiyatning bir qismi va tomonidir. Lekin muloqot va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashkil etadi.

Nazorat uchun savollar:


1.Kommunikativ lo'siqiar va ularni bartaraf etish.
2.Intcraksiya va uning asosiy shakllari (kooperatsiya. raqobat).
3.Muloqotning interaktiv tomoni.
4.Noverbal kommunikatsiyada belgilar tizimi qanday tizimlardan foydalaniladi?
5. Kommunikatordan chiqayotgan axborot necha xil bo'lishi mumkin?

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə