Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


-topshiriq Kichik guruhlarning shakllanishi. Konformizm hodisasi



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə91/92
tarix06.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#98273
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
portal.guldu.uz-Sotsial psixologiya

2-topshiriq
Kichik guruhlarning shakllanishi. Konformizm hodisasi.


FSMU texnologiyasi
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga biron sabab keltiring
M-ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi, isbotlovchi misol keltiring
U-Fikringizni umumlashtiring


3-topshiriq.
Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar





















MAVZU: KATTA IJTIMOIY GURUH PSIXOLOGIYASI

Asosiy savollar


1.Katta guruh tushunchasi va klassifikatsiyasi.


2.Katta guruh tuzilishi va tabaqalanishi.
3.Katta guruh va ommaviy harakatlarning dolzarb muammolari.
4.Stixiyali guruhlar va ommaviy harakatlar

Tayanch so’z va iboralar: shartli, real, diffuz guruh, hayot tarzini o‘rganish, etnik guruhlar, stixiyali guruhlar, ommaviy harakatlar, so’z portretlari, xarizma




Mavzu: STIXIYALI GURUHLARNING UMUMIY TAVSIFNOMASI
Asosiy savollar
1.Olomon, uning asosiy xususiyatlari va turlari.
2.Mish-mishlar va klassifikatsiyasi.
3.Vahima, uning turlari, o‘ziga xosligi.
4. Ijtimoiy harakatlarni o‘rganish, umumiy sifatlarning namoyon bo‘lishi, ijtimoiy harakatlarning turlari.

Tayanch so’z va iboralar: Olomon, olomon yadrosining shakllanishi, oddiy olomon, led olomon, ekspressiv olomon, ekstatik olomon, vahima olomon, pul topadigan olomon




4. Glossariy:


Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o‘ziga xos maxsus tarmog‘i bo‘lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‘rganiladi.


Sotsiologiya – jamiyatda yuz beradigan turli-voqea-xodisalarni va o‘zaro munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan fan.


SHaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir.


Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi.
Muomala – ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi.


Boshqaruv – shaxs va jamiyat munosabatlarida ijtimoiy, individual munosabatlarni o‘rnatish ga qaratilgan jarayon.


Oila – turmush qurish, qarindosh-urug‘chilik asosidagi kichik guruh.


Ijtimoiy psixologik eksperiment – asosiy metodlardan biri bo‘lib, o‘zgaruvchan mustaqil turli xolat va jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va jarayonlarga ta’sir etishdagi aniq ma’lumotlariga tayanadi.


So‘rov – asosiy metodlardan biri bo‘lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma’lumot olinadi.


Anketa – metodlardan biri bo‘lib, respondent to‘g‘risida aniq ko‘zlangan ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida qo‘llaniladi.


Kontent-analiz – tekshirilayotgan matnda so‘z, ibora, abzatslarni ma’no-mohiyatini takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli.


Kuzatish – sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog‘liq ravishda tekshirish, o‘rganish, ma’lumotlar to‘plash metodi.


Test – sinaluvchini tekshirish jarayonida maxus qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, bu metod orqali aniq bir psixologik xususiyat aniqlanadi.


Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda ma’lumot, axborot, g‘oyalar almashinuvi jarayoni.


Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta’sir ko‘rsatish jarayoni.


Perseptiv tomon – shaxslararo munosabatlarda tushunish, his etish, idrok etishga qaratilgan jarayon.


Bosqichlar – muloqotda mavjud bo‘lgan shaxsning o‘zi bilan, boshqalar bilan va avlodlar orasida kechadigan jarayoni.


SHakllar – bevosita va bavosita tur bo‘lib, yuzma-yuz yoki vosita orqali amalga oshishi ko‘zda tutiladi.


Verbal – og‘zaki ifodalangan nutq.


Noverbal - nutqsiz ifodalangan xarakat, mimika, xolatlarning boshqa shaxsga yo‘naltirilishi.


Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda biror ma’lumotning etkazilishiga qaratilgan tomoni.


Perseptiv – shaxslararo munosabatlarda biror vaziyatni, xolatni tushunish, xis etishga qaratilgan tomoni.


Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga ta’sir etishga qaratilgan tomoni bo‘ib, bunda shaxsning ijtimoiy mavqei, roli muhim omil sifatida kuzatiladi.


Gurux – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo‘lish xarakteri kabi qator belgilariga asoslangan ijtimoiy jamoa.


Rasmiy – odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, ijtimoiy rollar taqsimotida mavqe, martabaning inobatga olinishi


Norasmiy – odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular orasidagi munosabatlarning o‘zaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning ko‘zda tutilishi.


Real – birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi imkoniyati.


SHartli – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga ko‘ra biror guruhga taalluqli deb qarash.


Gurux – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo‘lish xarakteri kabi qator belgilariga asoslangan ijtimoiy jamoa.


SHartli – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga ko‘ra biror guruhga taalluqli deb qarash.


Referent gurux – jamoa yoki guruh orasida o‘z ta’siriga ega shaxs yoki guruxning mavjud bo‘lishi.


Negativizm - individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o‘zicha mustaqil fikr, mavqeni namoyon qilishi.


Uyushganlik - guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini anglashlari.


SHakllanganlik - odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo‘lishi bilan bog‘liq psixologik jarayon.


Ijtimoiy ustanovka - shaxsning atrof muhitida sodir bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarni, ob’ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga ruhiy ichki hozirligi.


Mobil - shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o‘tish va moslashish imkoniyatining yuqori darajada kuzatilishi.
Rigid – shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o‘tish va moslashish imkoniyatining past darajada kuzatilishi.


Introvert - shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o‘z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining nihoyatda pastligi.


Ekstrovert – shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o‘z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining yuqoriligi.


Dominant – boshqalar bilan muomala va munosabat o‘rnatishda o‘z fikrini o‘tkazish xislatining yorqin namoyon bo‘lishi.


Tobe – muloqot va boshqa jarayonlarda shaxsda ko‘nikuvchanlik, boshqa kishilarga bog‘liqlik, fikriga bo‘ysunish xususiyatlarining tarkib topishi.


Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayoni.


Psixologik maslahat - shaxsning turli darajadagi o‘z muammolarini yakka tartibda psixolog bilan tahlil etishiga qaratilgan psixologik xizmat turi.


Sanoat psixologiyasi – sanoat va ishlab chiqarishda turli yuzaga keladigan muammo va xolatlarni psixologik va ijtimoiy omillarini tahlil qilib olishga qaratilgan xizmatlari turi.


Ta’lim maskanlari psixodiagnostikasi – shaxsni ta’lim tizimda qobiliyati, iqtidori, iste’dodini aniqlab olish maqsadida olib boriladigan psixologik xizmat turi.


Ijtimoiy psixologiya – psixologiyaning shunday sohasiki, bunda psixik va jamiyat taraqqiyoti konunlari shaxs xulq-atvorida aks etishi o‘rganiladi.


Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli bo‘lib, bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisidir.


SHaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir.


Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi.


Ilmiy taxmin – tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan kutilishi mumkin bo‘lgan xolatning bashorat qilinishi.



Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə