Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 327,5 Kb.
səhifə8/18
tarix24.12.2023
ölçüsü327,5 Kb.
#159321
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
portal.guldu.uz-Metodik ko`rsatma

maksimal bal (100 %)



To’plangan ball diapazoni



Baho ko’rsatkichi



100



86-100
71-85
55-70
0-54



5 (a’lo)
4(yaxshi)
3 ("qoniqarli") 2 ("qoniqarsiz")





Kurs ishini baholash mezonlari va ular bo’yicha baholashga oid ko’rsatmalar (namuna)





Kurs ishini baholash mezonlari

Mezonlarga javob berish darajasi



Ballari



1.

Kurs ish mavzui dolzarbligining asoslanganligi



- yetarli darajada asoslangan

9-10

- yetarli darajada asoslanmagan

7-8

- qisman asoslanmagan

5-6

- asoslanmagan

0-4

2.

Kurs ish mavzuining to’la yoritilganligi:



- 100 % yoritilgan

11-12

- 75 % yoritilgan

8-10

- 50 % yoritilgan

5-7

- 30 % dan kam yoritilgan

0-5

3.

Kurs ishining hajmi va uning matniga qo’yilgan talablarga mosligi:



- hajmi va matniga qo’yilgan talablarga to’la javob beradi

7-8

- hajmi to’la va matniga qo’yilgan talabga qisman javob beradi

5-6

- hajmi yetarli- emas va matniga qo’yilgan talabga qisman javob beradi

3-4



- xajmi va matniga qo’yilgan talablarga javob bermaydi

0-2

4.

Kurs ish tuzilishining to’g’ri tanlanganligi:

- to’g’ri tanlangan

7-8

- ba’zi bir chetlanishlar bor

5-6

- ko’p chetlanishlar bor

3-4

- to’g’ri tanlanmagan

0-2

5.



Kurs ishi nazariy qismi materiallarining yoritilishi:

- to’la yoritilgan

11-12

-ba’zi chetlanishlar bor

8-10

- qisman yoritilgan

5-7

- to’la yoritishgan

0-5

6.

Kurs ishi amaliy qismi materiallarining yoritilishi:



- to’la yoritilgan

12-14

- texnologik jarayon tavsifi va hisob-kitoblarda ba’zi bir nuqsonlar mavjud

9-11



- texnologik jarayon tavsifi va hisob-kitoblarda qo’pol xatolar mavjud

6-8



- texnologik jarayon tavsifi va hisob-kitoblarda qo’pol xatolar mavjud va to’la yoritilmagan

0-5

7.



Kurs ishi va uning ilovasida keltirilgan chizma va grafiklarning talablarga mosligi:

- talablarga to’la mos keladi

9-10

- chizma va grafiklarda ba’zi bir nuqsonlar uchraydi

7-8

- chizma va grafiklarda ko’plab nuqsonlar uchraydi

5-6

- talablarga mos kelmaydi

0-4

8.



Adabiyotlar va internetdan foydalanganlik darajasi

- me’yoriy - texnik hujjatlar ilmiy — amaliy jurnallar o’quv qo’llanmalar, darsliklar, internet tarmog’idan olingan materiallar va ma’lumotlardan samarali foydalangan

7-8





- faqat me’yoriy-texnik hujjatlar, o’quv qo’llanmalar va darsliklar, nnternet tarmog’idan olingan materiallardan foydalangan

5-6



- darslik, ma’ruza matnlari, texnik xujjat va internet materiallaridan foydalangan

3-4



- darslik ma’ruza matnlari va tayyor internet materiallaridan foydalangan

0-2



9.

Kurs ishining taqdimoti:

- taqdimot mavzuni to’la qamrab olgan, reglamentga rioya qilingan, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan xolda amalga oshirilgan

9-10



- taqdimot mavzuni to’la qamrab olgan,reglamentga rioya qilinmagan, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirildi

7-8



- taqdimot mavzuni to’la qamrab olgan, reglamentga rioya qilingan holda amalga oshirildi

5-6



- taqdimot chala, reglamentga rioya qilmagan holda amalga oshirildi

0-4



10.

Kurs taqdimotida o’zini tutishi va qo’shimcha savollargi javob berishi:



-o’zini ishonchli tutdi va berilgan savollarga to’la javob berdi

7-8

- o’zini ishonchli tutdi va berilgan savollarga qisman javob berdi

5-6



- o’zini ishonchli tuta olmadi va berilgan savollarga qisman javob berdi

3-4



- savollarga javob bera olmadi

0-2

JAMI:

100



5. Tadqiqot mavzusi, maqsad va vazifalari

Har qanday tadqiqot ishi avvalom bor, mavzu tanlash, mavzu doirasida maqsad va vazifalarni belgilashdan boshlanadi. Tadqiqot mavzusi, maqsad, vazifalarning aniq belgilanishi va o’zaro bog’liqlik me’yori tadqiqot ishini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Mavzu-bu tadqiq etilayotgan fan sohasi yoki qandaydir tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy geografik, geoekologik va geografiya ta’limining tavsifini umumlashtirib, qisqacha ifoda etilishi bo’lib, uning qamrov doirasi muhim ahamiyatga ega.
Maqsad-tadqiqotning amalga oshirilishidagi omil yoki uning natijasidir. Ya’ni, maqsad tadqiqot doirasida belgilanadi yoki aksincha, uning nimaga erishmoqchi ekanligini ifoda etadi.
Vazifa-esa, maqsadga erishish uchun belgilangan tadbirlar tizimi bo’lib, sohani tadqiq etishga qanday erishish yo’nalishlarini belgilab olish demakdir.
Bu uchlik ichida maqsad doimo etakchilik qiladi. Tanlangan mavzu va uni amalga oshirish, belgilangan vazifalarning barchasi maqsaddan kelib chiqadi. Masalan, biror okrugdagi tabiiy geografik jarayonlarning sabab va oqibatlarini yohud biror hudud aholisi migrasiyasi xususiyatlarini o’rganish, yoki geografiya ta’limi samaradorligini oshirishni maqsad qilib olinsa, shu okrugning tabiiy geografik jarayoni, hudud aholisi migrasiyasi xususiyatlari, geografiya ta’limiga oid mavzular tadqiqot mavzusi sifatida olinadi va vazifa shundan kelib chiqqan holatda belgilanadi. Vazifaning bunday qo’yilishi amaliy tadqiqot hisoblanadi. Agar, okrugning tabiiy geografik sharoitini baholash yoki aholi migrasiyasini tartiblash qonunchiligini o’rganish maqsad qilib olinsa, demak, tadqiqot nazariy ahamiyatga ega va nazariy tadqiqot ishi hisoblanadi.
Ba’zan bir tadqiqot ishida maqsad va vazifa ham amaliy ham nazariy ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Ko’pchilik nazariy tadqiqot ishlari yakunida amaliy ahamiyatlarning yuzaga chiqishi yoki aksincha, amaliy tadqiqotlar natijasida nazariy xulosalarga erishilishi mumkin. Biroq, tadqiqot ishlarida maqsad va vazifalarning qanchalik aniq qo’yilganligi yoki ixchamligi ham uni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, tadqiqot mavzusi, maqsad va vazifasidan tadqiqot ob’ekti hamda predmeti kelib chiqadi. Yuqoridagi mavzuga ko’ra, tadqiqot predmeti sifatida tabiiy geografik jarayon, migrasiya yoki dars va darsdan tashqari mashg’ulotlar belgilansa, tadqiqot ishi ob’ekti sifatida ma’lum okrugdagi tabiiy geografik jarayon turlari, hududdagi migrasion jarayonlar, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish usullari olinadi. Tadqiqot ob’ekti sifatida tabiiy geografik jarayon turlari, masalan, surilma, eroziya, zilzila, nurash, karst jarayonlari va h.k., aholining ma’lum qatlamini, masalan: o’qituvchilar, vrachlar, shaxtiyorlar, quruvchilar, ya’ni biror tarmoqning rivojlanishi sababli ko’chib keluvchilarni o’rganishni ham olish mumkin.
Tadqiqotlarda muammoning o’rganilganligi darajasi to’g’risida tasavvurga ega bo’lmasdan mavzu tanlash faoliyatning mantiqsizligini ifodalaydi. Chunki, qo’yilayotgan muammoning echimi to’g’risida qaysidir tadqiqotchi allaqachon tavsiyalar berib o’tgan bo’lishi mumkin. Agar, mavzu o’rganilgan bo’lsa ham tadqiqotchi muammoning hali echilib ulgurilmagan jihatlarini izlab topishi va maqsad aynan shu jihatlarni tadqiq etishga qaratilishi lozim.
Tadqiqot usullarini to’g’ri tanlash va ulardan samarali foydalanish ishning qiymatini oshiradi. Tadqiqotlarda tadqiqot usullari dialektik usullarining tarkibiy qismi hisoblanib, ta’lim, tarbiya va o’qitish jarayonlaridagi metodik usullardan birmuncha farq qiladi. Biroq, mavjud tajribalarni o’rganish va umumlashtirish, kuzatish, ekspedisiya, anketa so’rovlari asosida suhbat, eksperiment va tajriba usullaridan geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda ham foydalaniladi. Masalan, tadqiqot qilinayotgan ob’ekt haqidagi axborot va xizmatlarni o’rganib chiqish usuliga har qanday tadqiqotda zaruriyat tug’iladi yoki eksperiment va tajriba usuli bugungi kunda geografik, iqtisodiy va metodik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi. CHunki, fanda biror yangilik yoki modelni to’g’ridan to’g’ri amaliyotga tadbiq etish mumkin emas, ya’ni, agar u tajribada sinalmagan bo’lsa, sohada kamchiliklarni keltirib chiqaradi.
SHuningdek, geografik, iqtisodiy va metodik tadqiqotlarning xususiy metodologiyasi tabiat sharoit va resurslaridan, inson omilidan unumli foydalanishga, ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirishga, geografiya ta’limida foydalaniladigan usullarni takomillashtirishga asoslanadi. Geografik, iqtisodiy va metodik tadqiqot usullari asosan quyidagilar:

  • Adabiyotlar bilan ishlash usuli;

  • kuzatish usuli;

  • pedagogik eksperiment;

  • tajriba usuli;

  • geoximik va geofizik usullar;

  • geografik taqqoslash usuli;

  • tarixiy qiyoslash usuli;

  • ekspedisiya yoki dala usuli;

  • paleogeografik usul

  • matematik usul;

  • statistik usul;

  • iqtisodiy qiyosiy tahlil usuli;

  • me’yoriy balans hisobi usuli;

  • kartografik tadqiqot usuli;

  • so’rovlar o’tkazish usuli;

  • rayonlashtirish usuli;

  • omillarni tahlil qilish usuli;

  • aerokosmik tadqiqotlar usuli;

  • bashoratlash usuli v.b.


Yüklə 327,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə