Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə18/53
tarix24.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99096
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
portal.guldu.uz-O’ZBEK ADABIYOTI (POEZIYA)

Asosiy savollar:

  1. Mirtemir hayot yo’li

  2. Adibning ijodiy faoliyati.

Mavzuning tayanch tushuncha va iboralari. Hayot jabhalari, ijodiyotidagi o’ziga xos jihatlar, lirik salohiyat, “Surat” poemasi, kutilmagan muvaffaqiyat, “Qoraqalpoq daftari” turkumi, “Yodgorlik” turkumi.
Mavzuga oid muammolar:
1. Mirtemir lirikasida boshqa shoirlar ijodiyotidan farqli o’laroq xalq ijodiyotining ta’siri kuchliroq seziladi. Buning sababi sifatidaqanday omillarni nazarda tutish mumkin?

  1. Ma’lumki, Mirtemirning “Sur’at” lirik poemasi muayyan umrboqiylik kasb etgandostonlardan biridir. Uning bunday yuqori baholanishiga sabab sifatida dostonning qaysi xususiyatlarini ko’rsata olasiz?

1-savol bo’yicha darsning maqsadi:
Mirtemir hayot yo’li xususida talabalarga ma’lumot berish
Identiv o’quv maqsadlari.
1.1.1. Shoirning o’ziga xos hayot yo’lini bilib oladi.
1.1.1. Faoliyati haqida gapira oladi.
1.1.3. Mirtemir hayoti bilan bog’liq tafsilotlarni bilib oladi.
1-savol bayoni:
Mirtemirning hayoti: 1920 yilda Chimkent viloyatiga qarashli Iqon qishlog’ida tug’ilgan. Otasi Tursunmat Umarbek o’g’li dehqon va chorvador bo’lgan. Na tomondan bobosi mullalik qilgan, o’zining maktabi bo’lgan va Mirtemir shu maktabda savodini chiqargan. Keyin maktabda savodini chiqargan. Keyin qishloqda yangi ochilgan “No’g’oy domla maktabida” o’qigan. 1921 yilda Toshkentga kelib, Beshyog’ochdagi Altay nomidagi maktabga o’qishga kirdi. Bu maktab-internatda u juda qiynalib o’qiydi. Chunki, o’sha paytdagi sharoit judaqiyin edi. 1923 yilda esa o’qishni yangi shahardagi o’zbek erlar bilim yurtiga ko’chiradi. 1929 yilda u Samarqandga borib, Pedakademiya, (hozirgi SamDU) ga kiradi. Ayni vaqtda O’zbekiston MITsning raisi Y.Ohunboboevning shaxsiy kotibi ham bo’lib ishlaydi. 30-yillarning birinchi yarmida u siyosiy ig’volar tufayli qamaladi va Shimoldagi Belamorkanalqurilishiga badarg’a qilinadi. 30-yillarnig o’rtalarida Mirtemirning badarg’a muddati tugaydi va ijodiy faoliyatini davom ettiradi. Bu davr tariximizdagi og’ir yillar edi. Shuning uchun ham Mirtemir zamon talablariga moslashishga majbur bo’ladi, tuzum va dohiy haqidagi she’rlar yozdi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə