Guliston davlat universiteti



Yüklə 163,71 Kb.
səhifə3/5
tarix16.02.2023
ölçüsü163,71 Kb.
#100946
1   2   3   4   5
Guliston davlat universiteti sirtqi bo’limi iqtisodiyot (tarmoql

Albatta, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash, uning raqobatbardoshligini oshirishda innovatsiyalarning o‘rni beqiyos. Lekin mamlakatda innovatsiya faoliyatining tashkil etilishi va rivojlanishi uchun quyidagi shartlarning mavjud bo‘lishi va bajarilishi talab etiladi[2]:


— davlat innovatsiya siyosati – O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari tomonidan mamlakatning innovatsion strategiyasi maqsadlari va ustuvor innovatsion dasturlar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining ishlab chiqilishi va belgilanishi;
— investitsiya salohiyati – davlat, tarmoq, korxona va tashkilotning turli ko‘rinishdagi resurslar yig‘indisi (moddiy, moliyaviy, intellektual, ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va boshqalarni qamrab olgan holda);
— innovatsiya sohasi – innovatsiyalarni yaratish va tarqatishni o‘z ichiga qamrab oluvchi innovatsiya mahsulot (ish, xizmat)larini ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning faoliyat sohalari;
— innovatsiya infratuzilmasi – innovatsiya faoliyatining amalga oshirilishiga imkon beruvchi, ta’sir ko‘rsatuvchi turli muassasalar;
— innovatsiya dasturi (korxona, tarmoq, hudud, davlat, mintaqa, davlatlararo) – innovatsiya loyihalari resurslari, ijrochilari va ularni amalga oshirish muddatlari bo‘yicha kelishilgan hamda yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish va joylashtirish bo‘yicha vazifalarning samarali hal etilishini ta’minlovchi innovatsion loyihalar va tadbirlar kompleksi.

Innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning bir necha turlari mavjud. Loyihaning o’zining, uning ishtirokchilarining kredit qobiliyati, ularning kreditni uchinchi shaxslar tomonidan to’lash kafolatlari hisobga olinmagandagi yashash qobiliyatiga asoslangan molyailashtirish asosiy bo’ladi. Loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan aul oqimlari qarzni to’lashning manbai bo’luvchi investitsiyalarni moliyalashtirishni uchinchi tur deb hisoblash mumkin. Moliyalashtirishning shunday turi uchinchi deb hisoblanadiki, bunda ham loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan naqd mablag’lar oqimlari va ham korxona aktivlari kreditni ta’minlanishi bo’lib xizmat qiladilar.


Korxonaning o’zining iqtisodiy va texnik yashash qobiliyati kreditni ta’minlashi loyihaviy molilashtirishning to’rtinchi turi bo’ladi[3].
Hozirgi kunda investitsiyalarni innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun yo’naltirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Xususan, bank tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirishga bir qancha imtiyozli shartlar qo’yilgan(1-chizma).

1-chizma. Bank tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish
Bilamizki, samarali innovatsiya loyihalarini amalga oshirish iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlar sifatini oshirish va umuman iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 163,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə