Guliston pedagogika instituti mustaqil ish



Yüklə 0,7 Mb.
tarix10.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#132758




GULISTON PEDAGOGIKA INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
MAVZU: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi

Bajardi:Ilhomjonov Y
Tekshirdi:Sariboyev Sh


Guliston 2023 y
1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi
REJA
‘-1.Sportni jamiyatda tutgan o‘rni
2.Jismoniy tarbiya va sportni ta‘lim-tarbiya tizimidagi o‘rni
3.Jismoniy tarbiyaning sihat-salomatlikni ta‘minlashdagi tarbiyaviy xususiyatlari
O‘zbekiston Rsspublikasi o‘z mustaqilligini jahon miqyosida yil sayin barkarorlashtirib borar ekan uning istiqboli bugungi avlodning bilimdon ma‘naviy va jismoniy jihatdan barkamol insonlar bo‘lib yetishishiga bog‘liqdir. Bu o‘rinda Respublikada talabalarning jismoniy tayyorgarligini rivojlanishi va ishchanlik qobiliyatlarini shakllantirishda jismoniy tarbiya na sport fani alohida ahamiyat kasb etadi. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat ia sport sohalarining rivojlanishi ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu sohaning nazariy va amaliy asoslarini rivojlantirishga Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev katta e‘tibor berayotganligi, erishilayotgan yutuqlarimizning poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, millat genofondini yanada sog‘lomlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ahamiyati davlat siyosatining ustuvor yunalishlaridan biri deb belgilangan. Qisqa muddatda bu sohada olib borilgap keng ko‘lamli amaliy harakatlar o‘z samarasini bera boshladi. Ma‘lumki, mamlakatimiz sporti 1991 yilgacha sobiq Ittifok bo‘yicha amal kilgan hukmron tizimning bir qismi bo‘lib, yurtimiz bu masalada xalqaro maydonga mustaqil chiqish va o‘z imkoniyatlarini namoyon etish huquqiga ega bo‘lmagan. Respublikamizning sanoqli sportchilarigina Olimpiya o‘yinlari, jahon va Yevropa miqyosidagi nufuzli musobaqalarda qatnasha olardi. Asosiy e‘tibor mahalliy aholi o‘rtasidan malakali sportchilar tayyorlash, jismoniy tarbiyani ommalashtirishga emas, balki boshqa respublikalardan tayyor sportchilarni taklif qilib, xo‘jako‘rsinga, muayyan natijalar olishga qaratilar edi. Shu bois, respublikaning faqat markaziy shaharlarida birmuncha ishlar qilinib, chekka hududlarida sportni rivojlantirishga yetarli ahamiyat berilmadi. 1991 yilgacha O‘zbekistonda jahon andozalari talablariga javob beradigan birorta ham yirik sport inshooti bunyod etilmagani, xatto Toshkent shahrida ushbu talablarga mos sport majmuasi bo‘lmaganini o‘ziyoq bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. Mustaqilikka qadar O‘zbekiston xalqaro sport jamoatchiligi uchun qariyb yopiq edi. Futbol va tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida sobiq sotsialistik davlatlar sportchilari ishtirokida o‘tkazilgan turnirlarni hisobga olmaganda, mamlakatimizda xalqaro musobaqalar deyarli o‘tkazilmadi. Mustabid siyosat jismoniy tarbiya va sport sohasida ham o‘z asoratlarini qoldirib, bular ayniqsa, quyidagilarda namoyon bo‘ldi: 1. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport ishlari markaziy respublikalarga nisbatan past darajada yo‘lga ko‘yildi, sport harakatiga yerli aholi ommaviy ravishda jalb qilinmadi, ular orasidan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasida esa, aniq va maqsadli ishlar olib borilmadi, oqibatda aksariyat yoshlarning jismonan sog‘lomligi talab darajasida bo‘lmay, ular orasidan katta sportga sanoqli sportchilar chiqa oldilar; 2. Sport tarmoqlarini rivojlantirish, sport inshootlarini qurish, umuman sportning moddiy-texnikaviy bazasini kengaytirish va moliyalashtirish ishlari faqat markaz roziligi bilan, cheklangan tarzda amalga oshirildi; 3. Soha uchun oliy va o‘rta maьlumotli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, musobaqalarda milliy sportchi kadrlar turli sun‘iy to‘siq va saralashlardan o‘tishga majbur edi. Milliy kadrlarni tayyorlash va mahalliy sportchilar iqtidorini ro‘yobga chiqarishdagi bunday noxolis siyosat asorati mustaqilikning birinchi yillarida ko‘pchilik sportchi va murabbiylarning boshqa joylarga ketib qolishida o‘z aksini topdi; 4. O‘zbekiston sportiga adolatsiz munosabat tufayli juda ko‘p sportchilarimiz Yevropa, Jahon va Olimpiya musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum etildi; 5. O‘zbekiston sportchilarining jahon miqyosiga mustaqil chiqa olmaganligi mazkur sohaning zamon talablariga mos ravishda rivojlanib borishiga ham katta to‘sqinlik qildi. O‘zbekistonda mavjud muammolarni bartaraf qilish maqsadida Mustaqilikning birinchi kunlaridanoq mamlakat rahbarining tashabbusi bilan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bosqichma - bosqich qabul qilinib, ular joriy etildi. Qisqa muddatda: - jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning tashkiliy asoslari takomillashtirildi; - O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar tashkil kilindi; jismoniy tarbiya - sog‘lomlashtirish, ommaviy - sport ishlari va sportning milliy turlari rivojlantirildi; - jismoniy tarbiya va sport sohasini mablag‘ bilan ta‘minlash tizimi takomillashtirildi, nodavlat sektor rivojlantirildi; - jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi; milliy ta‘lim dasturiga binoan jismoniy-tarbiya va sport sohasiga kadrlarni tayyorlash va qayta o‘qitish ishlari amalga oshirilmoqda. 1992-yilning yanvarь oyida mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning huquqiy asosi «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Respublikada jismoniy tarbiya va sportni boshqaruv tizimini muvofiqlashtirish maqsadida,Madaniyat va sport ishlar vazirlikga sport sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, o‘z vakolati doirasida vazirliklar, idoralar, Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ), sport turlari bo‘yicha milliy federatsiyalar hamda mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysinishidan qatьiy nazar, turli tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish, shuningdek, barcha jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari ustidan nazorat qiluvchi organ maqomi berildi. Sport sohasida o‘quvchilarning iste‘dodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan «O‘zbekiston o‘quvchi - yoshlarini rag‘batlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi Prezideng Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xususan, 1993 yildan iqtidorli yosh sportchilar jismoniy tarbiya instituti va fakulьtetlariga imtiyozli ravishda o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘ldilar. Yurtni bitta maqsad atrofida birlashtira oladigan, xalqnint g‘urur va tuyg‘usini oshiradigan, yoshlarni o‘ziga jalb qila oladigan sportning ommaviy o‘yin turi futbolni yanada rivojlantirish maqsadida 1993 yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida» va 1995 yilda «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Natijada mamlakatda sportni keng miqyosda ommaviy ravishda rivojlantirish harakatlari jonlanib, respublikamizning barcha o‘quv muassasalarida futbol maydonchalari tashkil etildi, Qorakolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlaridagi barcha stadionlar qayta ta‘mirlandi, joylardagi futbol maydonlari xalqaro standartlar darajasida rekonstruksiya qilindi, barcha viloyatlarda futbol maktab-internatlari tashkil etildi va tegishli mutaxassis kadrlar bilan to‘ldirildi hamda katta futbolni professional klublar tizimiga o‘tkazilishiga asos bo‘ldi. Mamlakat sportchilari Olimpiya o‘yinlarida ilk marotaba mustaqil jamoa sifatida Amerikaning Atlanta shahrida 1996 yilda ishtirok etdilar. O‘zbekiston hukumati sportchilarimizni xalqaro musobaqalar, Olimpiya, Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Mustabid tuzum davrida, O‘zbekistondan yozgi Olimpiya o‘yinlarida atigi 40 nafar sportchi ishtirok etgan bo‘lsa, mustaqillikdan keyin birgina AQShning Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimizning 76 nafar sportchisi qatnashib, dzyudochi Armen Bogdasarov kumush, bokschi Karim To‘laganov esa, bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. 1994 yilda Lillixammerda o‘tkazilgan qishki OlimpO’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi va istiqbollari. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonuni va uning ahamiyati. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorlari.

Ommaviy sport tadbirlari. O’zbekistonda milliy sport turlari va xalq o’yinlarini rivojlantirishga doir musobaqalar. O’quvchi yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” uch bosqichli sport musobaqalari. Bolalar sporti. Ayollar sporti. Nogironlar va jismoniy imkoniyati cheklangan shahslarning moslashtiruvchi sportini rivojlantirish yo’llari.


19-rasm. Xasanboy Do’smatov g’alaba ehtiroslari

O'zbekiston brinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1991 yil 31 avgustdagi Farmoniga asosan mustaqil Respublika deb rasmiy ravishda e'lon qilindi. Mustaqillik, erkin fikr yuritish, adolat va teng huquqlik yurtdoshlarimizga yangi baxt-saodat keltirdi. Bunda jismoniy madaniyat va sport harakati ham o'zining haqli ravishdagi milliy maqomiga ega bo'ldi.

Respublikaning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy salohiyatida jismoniy tarbiya va sport ham o'z o'rni va mavqeiga egadir. Bunda brinchi Prezident I.A.Karimov va hukumatimizning g'amxo'rligi olqishga sazovordir.

O'zbekiston Respublikasining brinchi Prezidenti mustaqillikka erishish va uning istiqbolida aholi salomatligining o'ta qimmatliligini va unga ega bo'lish yo'llarini katta ko'tarinkilik bilan izhor qilib bergan, ya'ni: «Bizning zaminimiz polvonlar va botirlarini mehr bilan tarbiyalab kelmoqda. Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda... o'zining salomatligi haqida shaxsan g'amxo'rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog'liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko'magida singdirish kerak», - deb haqli ravishda aytgan (19-rasm).


Mustaqil O'zbekistonning jismoniy madaniyat va sportini yanada rivojlantirishga asos bo'luvchi eng muhim tadbirlar ko'rilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonuni (1992 yil 14 yanvar) barcha aholining sog'lig'ini mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berish kafolatlarini berdi. «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonuni 2000 yil 26 mayda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.
2015 yil 5 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonunining uchinchi Yangi tahriri qabul qilindi. Bu Qonun 8 ta bob va 47 moddalardan iborat Olipiya o‘yinlarida Lena Cheryazova oltin medalga sazovor bo‘ldi.
O'zbekiston mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport ishlari ancha rivoj topdi. Ommaviylik asosida sport mahoratlarni oshirish ancha o'sdi. Futbol, tennis, o'zbek kurashi, boks, sharqona yakka kurashlar (karate, dzyu-do, taekvando, ushu, qo'l to'pi va h.k.) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng asosiy sabablari shundaki, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonun, qator qarorlarni amalga oshirishda katta tadbirlar o'tkazildi. Ularning natijalari esa respublikada o'tkazilgan sport musobaqalari, xalqaro turnirlar va sportchilarning Osiyo va jahon birinchiliklarida ishtirok etishi, erishilgan yutuqlar mazmunida namoyon bo'lmoqda.
O'zbekistonda futbolni rivojlantirish, tennis, boks va kurash bo'yicha xalqaro turnirlar o'tkazish haqidagi hukumat qarorlari muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, «O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi qarori barcha davlat idoralari hamda nodavlat va jamoat tashkilotlari oldiga katta mas'uliyatlarni yukladi. Shu asosida aholining barcha tabaqalari va ishlab chiqarish, savdo, tijorat, tarbiya, o'quv muassasalari sohalarida jismoniy tarbiya va sportni keng yo'lga qo'yish masalalari jiddiy vazifa bo'lib qolmoqda.

O'zbekiston Respublikasi brinchi Prezidentining Farmoni bilan 1993 yil martda «Sog'lom avlod uchun» ordeni ta'sis etildi. Uning nizomida ifodalanishicha ta'lim-tarbiya hamda tibbiyot maskanlarida a'lo darajada xizmat qilgan xodimlar, rahbarlar va bu sohaga ulkan hissa qo'shgan shaxslarga I-III darajali ordenlar berilmoqda. Respublikaning deyarli barcha viloyatlardagi jismoniy tarbiya o'qituvchilari, BO'SMning murabbiy va rahbarlari, sport tashkilotlarining mas'ul xodimlari bu orden bilan mukafotlanmoqda.


20-rasm. 7-karra Olimpiyada o’yinlarini ishtirokchisi
O'zbekiston Respublikasining brinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida»gi Farmoni (1997 yil 10 oktyabr), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi qarori va boshqa rasmiy hujjatlar asosida «Sog'lom avlod» davlat dasturi» ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Dasturning asosiy yo'nalishi tibbiyot, ta'lim, mahalla va boshqa sohalarda aholining salomatligini muhofaza qilish, sog'liqni yaxshilash bo'yicha ta'lim-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, bunda oila, mahalla va mehnat jamoalarda ijtimoiy turmush sharoitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni maqsadli o'tkazish ko'zda tutildi. «Sog'lom ona va sog'lom bola» shiori ustuvor bo'lishi ta'kidlangan (20-rasm).

O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida xalqaro sport harakatida munosib o'rin egallashga bor imkoniyatlarini ishga soldi. Mustaqillik yillarida O'zbekiston sportchilari ko’pgina nufuzli xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.


O'zbekiston sobiq Ittifoq davrida jahon sport hamjami- yatlariga a'zo bo'lgan emas. Sharq va g'arb mamlakatlari bilan sport aloqalar u yoki bu darajada olib borilgan bo'lsada, u ham faqat sho'rolar hukumati ruxsati va nazorati ostida o'tkazilgan.
Xalqaro sport va olimpiya harakatining keng rivojlanishi, qit'alarda turli xil sport musobaqalari, qit'a o'yinlarining o'tkazilishi, jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlarining an'anaviy tashkil etilishi har bir mamlakatda sport turlarini rivojlantirishni qadimdan taqozo etib kelgan.
O'zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro sport hamjamiyatlariga a'zo bo'lib kirish maqsadida Milliy Olimpiya qo'mitasini tashkil etdi. Bu 1992 yil 21 yanvardagi birinchi ta'sis majlisida amalga oshirildi. XOQ xartiyasi asosida va jahon sport harakatining ilg'or tajribalariga tayanilgan holda MOQ nizomi ishlab chiqildi va qabul qilindi. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi notijorat tashkiloti bo’lib, o’z faoliyati O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining Olimpiya xartiyasi hamda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining Nizomi asosida amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonunining Yangi tahriri 2015 yil 5 sentyabrda qabul qilindi. Mazkur Qonunning 17-moddasi “O’zbekiston olimpiya harakati. O’zbekiston olimpiya ko’mitasi”ga bag’ishlangan. O’zbekiston olimpiya harakati Xalqaro olimpiya harakatining tarkibiy qismi bo’lib, uning maqsadi olimpiya harakati printsiplarini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga kumaklashish, sport sohasida halqaro hamkorlikni mustahkamlash, Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro olimpiya qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishdan iboratdir.
O’zbekiston olimpiya harakati O’zbekiston olimpiya ko’mitasi – respublika nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan boshqariladi, ushbu qo’mita o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Xalqaro olimpiya ko’mitasining Olimpiya xartiyasiga hamda o’z ustaviga muvofiq amalga oshiradi. Davlat O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasiga o’z ustavida belgilangan maqsadlarini amalga oshirishiga har tomonlama ko’maklashgan holda O’zbekiston olimpiya harakatini tan oladi va qo’llab-quvvatlaydi.
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Milliy olimpiya qo’mitalari assotsiatsiyasi – ANOKning teng huquqli a’zosidir.

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi tarkibi quyidagilardan iborat: O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi prezidenti, bosh kotibi, vitse-prezidentlari va a’zolaridan; Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan milliy sport federatsiyalari vakillaridan; Sportning olimpiya turlari bo’lmagan hamda milliy sport federatsiyalari vakillaridan; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport tashkilotlari vakillaridan; Olimpiya o’yinlari ishtirokchilari bo’lgan sportchilar vakillaridan hamda boshqa alohida shaxslardan iboratdir.

O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining rahbar organlari: Bosh assambleya, Ijroya qo’mita, Ijroiya qo’mita hisoblanadi. Bosh assambleyalar oralig’ida O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi faoliyatiga Ijroya qo’mita rahbarlik qiladi. O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining doimiy komissiyalari mavjud: Atletlar komissiyasi; Ayollar va sport komissiyasi; Sport va atrof-muhit komissiyasi. O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi huzurida Olimpiya akademiyasi tashkil etilgan.

O'zbekiston Respublikasi MOQ prezidenti etib O.Nazirov saylandi. U bir vaqtda respublika Davlat sport qo'mitasining raisi ham edi. Bu XOQ xartiyasi va O'zbekiston Respublikasi MOQ nizomiga to'g'ri kelmas edi. Shunday bo'lsada, respublika sharoiti va moddiy-texnik hamda moliyaviy ta'minlashning ba'zi bir sabablariga ko'ra rahbarlik ishlari davom etdi. Avval MOQ vitseprezidenti bo'lgan S.Ro'ziyev keyinchalik (1994) MOQ Prezidenti etib saylandi. Bu esa xartiya va nizom talablariga to'la asoslandi. Nizomga ko'ra MOQ faoliyatini yurituvchi ijroqo'm, a'zolari, Olimpiya akademiyasi va boshqa tuzilmalar tashkil etildi.



Respublika MOQ o'zining Kongresslari va boshqa rasmiy yig'ilishlarida eng muhim masalalarni muhokama qilmoqda. Bunda rejalarini tasdiqlash, ijrolar natijalarini eshitish, xalqaro Olimpiya harakatida ishtirok etish, olimpiya g'oyalarini keng yoyish eng muhimi sportchilami Osiyo, jahon chempionatlari, xalqaro turnirlar va olimpiya o'yinlariga tayyorlash bilan bog'liq masalalarni doimiy ravishda muhokama qilib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi MOQning ichki tuzilishi va asosiy maqsad hamda vazifalari.
Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə