Gumanitar fanlar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə54/127
tarix17.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#85563
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127
Yosh Psixologiyasi (jismoniy madaniyat va Musiqa

His-tuyg'ular-kishi shaxsining ancha yorqin ko'rinishlaridan biri bo'lib, u bilish jarayonlari va xulq-atvor hamda faoliyatni irodaviy boshqarish bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Shaxs o'zi bilib olayotgan va bajarayotgan narsaga uning barqaror munosabati his-tuyg'ularning mazmunini tashkil etadi. Shaxsni ta'riflash degani ko'p jihatdan muayyan konkret kishi umuman nimani sevadi, nimani yomon ko'radi, nimadan nafratlanadi, nima bilan faxrlanadi, nimadan xursand bo'ladi, nega uyaladi, nimaga havas qiladi va hokazolar degan ma'noni anglatadi. Individning barqaror his-tuyg'ulari predmeti, ularning jadalligi, kechinmalarning xususiyati va hissiyotlari, affektlar, kuchli hayajonlanish holatlari va kayfiyatlari shaklida tez-tez namoyon bo'lishi kuzatuvchi ko'z o'ngida kishining hissiy dunyosini, uning his-tuyg'ularini va shu asnoda uning individualligini namoyon etadi. Aynan shuning uchun ham hissiy jarayonlarni tahlil qilish vaqtida o'tkinchi holatlarni o'rganishdan kishi shaxsini belgilaydigan barqaror his- tuyg'ularga o'tish lozim.

Odamlar tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarni bilib oladilar hamda o'zlarining shaxsiy ehtiyojlarini va ular mansub bo'lgan jamiyat ehtiyojlarini qondirish jarayonida uni qayta o'zgartirishga qaratilgan faoliyatda ularga nisbatan his-tuyg'uni boshdan kechiradilar. Kishining faoliyati-xususiy vazifalar ham etilayotgan boshqa bir amaldan kelib chiqadigan bitta va birgalikda bog'langan sistemadir. Harakatlar istalgan, kishi qilayotganiga o'xshash maqsad kabi tafakkur etiladigan yoki ifodalanadigan natijani olishga qaratilgan bo'ladi. Bu reja ish jarayonida bir qator tafakkur va tasavvurlar tarzida kengayadi hamda kuchi, tezligi, ko'lami, muvofiqligi, aniqligi bo'yicha belgilangan harakatlar yordamida amalga oshiriladi, hayotga tadbiq etiladi. Alohida harakatlarni tashkil etadigan harakatlarni bajarish va nimani, qanday va qay tarzda qilish kerakligini ko'rsatadigan fikriy operasiyalar amalga oshirilayotgan paytda predmetga ham, qurollarga ham, mehnat jarayonining o'ziga ham diqqat jamlanadi, kuchaytiriladi. Shu bilan birga harakat jarayonida u yoki bu his-tuyg'ular boshdan kechiriladi: to'sqinlik va qiyinchilikdan qoniqmaslik va tashvish tortish hamda sezilayotgan kamchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etishdan qanoat hosil qilish, mehnat ko'tarinkiligi va charchaganligi, shuningdek mehnatning o'zidan quvonch tuyg'usi.

Shaxs o`zi bilib olayotgan va bajarayotgan narsalarga uning barqaror munosabati his-tuyg`ularinng mazmunini tashkil etadi. Individ-barqaror his- tuyg`ulari prеdmеti, uning afzalligi, kеchinmalarining xususiyati va hissiyotlari, affеktlar, kuchli hayajonlanish holatlari va kayfiyatlari shaqlida tеz-tеz namoyon bo`lishi kuzatuvchi ko`z o`ngida kishining hissiy dunyosini, uning his-tuyg`ularini va shu asnoda uning individualligini namoyon etadi.

His-tuyg`ular (tor ma'noda olganda) kishi shaxsining yo`naltirilganligida mujassamlashgan barqaror ehtiyojlari ob'еktiga nisbatan uning munosabatini aks ettiradi. Shu sababli his-tuyg`ular barqarorligi bilan, ular sub'еktning hayoti soatlar va kunlar bilan emas, balki oylar va yillar vositasida o`lchanadigan darajada davomiyligi bilan bеlgilanadi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə