Guruh talabasi: muqimjonova muslimaxon o‘nli kasrni to‘G‘ri kasr ko‘rinishda ifodalash. Reja


O‘nli kasrlarni oddiy kasr ko‘rinishida ifodalash



Yüklə 31,88 Kb.
səhifə2/3
tarix10.03.2023
ölçüsü31,88 Kb.
#102223
1   2   3
O‘NLI KASRNI TO‘G‘RI KASR KO‘RINISHDA IFODALASH.

O‘nli kasrlarni oddiy kasr ko‘rinishida ifodalash
1. Metrlarda ifodalang: 35 dm; 76 dm; 4 dm; 36 cm; 14 dm, 23 dm
2. Do‘kondan 1 kg 500 g pishloq va undan 300 g kam sariyog‘ xarid qilindi. Do‘kondan hammasi bo‘lib qancha mahsulot xarid qilingan?
3. Oddiy kаsr ko‘rinishida yozing: 0,3; 0,7; 0,1; 1,7; 4,2; 7,6
4. To‘g‘ri to‘rtburchak 10 ta teng bo‘lakka bo‘linib, uning 3 ta bo‘lagi bo‘yaldi. To‘rtburchakning nechta bo‘lagi va qancha qismi bo‘yalmay qoldi? Javobni oddiy va o‘nli kasr ko‘rinishida yozing.
5. Yarim soat necha minut? Necha sekund? Chorak soat-chi?
6. Oddiy kаsr ko‘rinishida yozing: 0,2; 0,5; 0,1; 4,6; 9,8; 5,7
7. Somsaxonada 10 kg undan 450 ta somsa pishirildi. 25 kg undan nechta somsa tayyorlash mumkin? Ikki usulda yeching.
8. O‘nli kasr ko‘rinishida yozing: Nol butun o‘ndan sakkiz; besh butun o‘ndan ikki; o‘n olti butun o‘ndan besh; nol butun o‘ndan uch.
9. 2 yil 4 oy + 4 yil 5 oy 1yil 6 oy – 1 yil 5 oy 7 yil 5 oy – 6 yil 5 oy
3 yil 10 oy + 5 yil 2 oy
10. Uch dugona: Aziza, Laziza va Hafiza bir yilda, bahor, yoz va kuzda tug‘ilish gan. Aziza Lazizadan katta emas, Hafiza Aziza dan katta emas. Qaysi qiz qaysi faslda tug‘ilgan?
11. Oddiy kasr ko‘rinishida yozing: a) surati 3 maxraji 4 b) maxraji 10 surati 9 d) surati 7 maxraji 3 e) maxraji 12 surati 5
12. 36 cm ni metrda ifodalab, o‘nli kasr ko‘rinishida yozing. Yechish: 1 cm = 0,01 m, demak, 36 cm = 0,36 m.
Javob: 36 cm = 0,36 m.
13. 45 cm; 56 cm; 76 cm; 84 cm ni metrlarda ifodalang.
14. Kasrlarni o‘qing va maxrajini aytib, oddiy kasr ko‘rinishida yozing: 0,34; 0,5; 0,17; 0,26; 0,04; 4,48.
Namuna: 0,34 – nol butun yuzdan o‘ttiz to‘rt: 34 /100
O‘nli kasrlarni taqqoslash va tartiblash O‘nli sanoq sistemasida hаr bir хоnа birliklаri o‘zidаn оldingi хоnа birliklаridаn 10 mаrtа kichikdir. O‘nli kаsrlаrning ham verguldаn keyingi 1-хоnаsi birlаr хоnаsidаn 10 mаrtа kichik, verguldаn keyingi 2-хоnаsi esa birlаr хоnаsidаn 100 mаrtа kichikdir. O‘nli kasrlarni taqqoslash sonlarni taqqoslash kabi amalga oshiriladi. Mаsаlаn, 3,28 o‘nli kаsr 3,38 dan kichik.
1. Ikkita kasrni sonlar o‘qida taqqoslang va kattasini ko‘rsating. 0,8 va 0,7; 0,3 va 0,1; 1,47 va 1,48; 0,9va 0,8; 0,8 va 0,8
2. Yulduzchalar o‘rniga qanday raqamlar qo‘yilsa, tengsizlik to‘g‘ri bo‘ladi? 0,*6 > 0,77 2,*1 < 2,41 0,7 < 0,7* 5,8* > 5,86 2,53 < 2,*3 0,1* > 0,15
3. 6,76 va 6,81 sonlari orasida joylashgan maxraji 100 bo‘lgan o‘nli kasrlarni yozing.
4. O‘nli kasr ko‘rinishida yozing: 71/ 10; 492 /100; 348/10; 18/100;
19 /100
5. Yulduzchalar o‘rniga qanday raqamlar qo‘yilsa, tenglik va tengsizliklar to‘g‘ri bo‘ladi? 56,* = 56,4 7,5* < 7,53 2.34 > 2,*4 120,* ≤ 120,4 26,* ≥ 26,7 9,57 ≤ 9,5*
6. To‘g‘ri kasrlarni o‘nli kasr ko‘rinishida yozing: 7 /10; 9 /100; 36 /100; 1/10; 9 /10.
7. Do‘konga 310 ta zog‘ora baliq va 370 ta xonbaliq keltirildi. Har kuni 150 tadan baliq sotilsa, 3 kundan keyin nechta baliq qoladi?
8. O‘nli kasrlarni oddiy kasr ko‘rinishida ifodalang: 4,4; 0,7; 0,58; 33,08; 0,09; 6,02
9. Quyidagi sonlarning qaysi biri 6 dan katta va 7 dan kichik? 6,7; 7,2; 5,9; 6,2; 6,17; 7,01; 6,99; 5,82
10. Ikkita o‘nli kasr orasida joylashgan barcha natural sonlarni o‘sish tartibida yozing. a) 0,5 va 6,3; b) 4,1 va 8,9; d) 0,15 va 0,89
11. Sonlar o‘qida quyidagi sonlarga mos nuqtalarni belgilang: a) 0,2; 0,9; 1,1; 1,7 b) 3,3; 3,7; 4,3; 4,8
12. Polizdan jami 240 kg sholg‘om, bodring va sabzi olindi. Bodring sholg‘omdan 2 marta, sabzidan esa 3 marta kam olingan bo‘lsa, har bir sabzavotdan qanchadan olingan?
13. Tenglik to‘g‘ri bo‘lishi uchun yulduzcha o‘rniga o‘nli kasr yozing: 1 mm = * cm 1 mm = * dm 1 dm = * m 1 cm = * dm 1 cm = * m
14. O‘nli kasrni o‘qing va o‘sish tartibida joylashtiring: 0,8 0,03 1,47 0,45 7,45 0,38 3,81

Yüklə 31,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə