H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev


Kolloid eritmalarning rangi



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə20/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

Kolloid eritmalarning rangi. Ko’pchilik colloid sistemalar agar yorug’lik
nuri qismlarining tanlanib yutilish hodisasi bilan (yoki fluoressensiya hodisasi 
bilan) difraksiya hodisasining birga qo’shilganda, colloid eritmada biror rang hosil
bo’ladi. Kolloid eritmalar (ayniqsa, metall zollari) oq rangga, spektrning barcha 
tuslariga nihoyat timqora tusga ega bo’lishi mumkin. Zollarning o’tayotgan
yorug’likdagi rangi disperslik darajasiga, zarrachalarning kimyoviy tabiati va
shakliga bog’liq holda o’zgaradi. Ayni modda zollari qanday usul bilan
tayyrlanganligiga qarab, boshqa-boshqa ranglarga ega bo’lishi mumkin (bu hodisa 


polixromiya deb ataladi), chunki bunda zolning disperslik darajasi katta
ahamiyatga ega. 
Masalan, disperslik darajasi yuqori bo’lgan oltin zollarning rangi ko’pincha
qizil va to’q sariq bo’ladi; disperslik darajasi past bo’lgan oltin zollari-binafsha va 



42


ko’k tuslidir. Disperslik darajasi ortuvchi bilan zolning rangi ayni kolloid eritmani
hosilqilgan dispers faza moddasining bug’ holatdagi rangiga yaqinlashadi. I-
jadvalda kumush zollarining disperslik darajasi va rangi ko’rsatilgan.

I-jadval 
Kumush zolining disperslik darajasiga ko’ra rangi 
Zarrachaning o’lchami, nm hisobida 
Zolning rangi
79

To’q sariq


90

Qizil
110

Ko’k-binafsha
160

Ko’k
Metall zollarining o’tayotgan yorug’likdagi rangi yutilgan nurning to’lqin 


uzunligiga ham bog’liq. Masalan, oltinning yuqori dispers zoli orqali yorug’lik


nuri o’tganda zol to’lqin uzunliklari 550-510 nm bo’lgan yashil nurlarnigina 
yutadi. Shuning uchun zol qizil tusga kirib turadi, chunki yashil rang uchun
qo’shimcha rang qizildir. Oltinning dispers darajasi past bo’lgan zollari orqali 
yorug’lik nuri o’tganda zol to’lqin uzunligi 585-575 nm bo’lgan sariq nurlarni
yutadi; sariq rang uchun qo’shimcha rang ko’k rang bo’lganligidan, bu zol ko’k 
ranglidir. Agar oltin zolining disperslik darajasi nihoyatda yuqori bo’lsa, u to’lqin
uzunliklari 480-450 nm bo’lgan ko’k nurni yutadi. Shu sababli bunday zol sariq 
tusda bo’ladi.

Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə