H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə18/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

sedimentatsion analiz usulidan ham foydalaniladi. Odatda diametri 10
-6
m va 

undan katta zarrachalar sedimentatsiyaga uchraydi. Sedimentatsion analiz turli


usullar bilan amalga oshiriladi. Chunonchi: 
1. Harakatsiz suyuqlik ichida zarrachalarning cho’kish tezligini o’lchash;
2. Suspenziyani chayqatib yuborib, harakatdagi suyuqlik ichida dispers 
fazani fraksiyalar shaklida ketma-ket cho’ktirish;
3. Suypenziyani zarrachalarini havo oqimi ta’sirida bir-biridan ajratish; 
4. Markazdan qochiruvchi kuch yordamida (sentrifuga maydonida) dispers
faza zarrachalarini cho’ktirish. 
Bu aytib o’tilgan to’rttala usuldan birinchisi (dispers zarrachalarni harakatsiz
suyuqlikdan cho’ktirish) keng qo’llaniladi. Qancha modda cho’kkanligi tortish 
(og’irlikni o’lchash) yo’li bilan aniqlanadi.
Sedimentatsion analizda N.A.Figurovskiyning sedimentatsion tarozisidan 
foydalaniladi (.-rasm). Bu asbob 1936 yilda bu olim tomonidan tavsiya etilgan:
kvarsdan yasalgan (yoki shisha) shayn (tayoqcha) (1) bir tomonidan metall
shtativga o’rnatiladi; uning ikkinchi uchida ilmoqchasi bo’lib, unga shisha ip (2) va
tarozi pallachasi (3) ilinadi; pallacha dispers sistema (suyuqlik) tushirilgan bo’ladi. 
Cho’kkan moddaning ma’lum qismi pallachaga tushadi. Buning natijasida pallacha
massasi o’zgaradi; shaynning vaziyati ham o’zgaradi. Uning o’zgarishini 
mikroskop yordamida aniq bilib olish mumkin. Shaynning o’zgarishidan
foydalanib, pallachaga tushgan cho’kma massasi hisoblab topiladi.Sedimentatsion 



37


analiz natijalarini grafik usulida ham ifodalash mumkin. Buning uchun absissalar
o’qiga zarrachalar radiusi o’lchamlari, ordinatalar o’qiga esa fraksiyada 
zarrachalarning foiz miqdori qo’yib chiqiladi (.-rasm).
.-rasm. Zarrachalarning o’lchamlar bo’yicha taqsimlanishi.
Rasm yordamida zarrachalarning foiz miqdorini aniqlash uchun shu 
rasmdagi shtrixlangan maydonini chiziqning barcha maydoni nisbatiga olish kerak
va chiqqan sonni 100 ga ko’paytirish lozim. 

Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə