H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə14/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

Tayanch iboralar 
Yuqori

molekulyar


modda.

Monomer.


Polimer. 

Polimerlanish.


Polidisperslik. Eruvchanlik. Yuqori molekulyar elektrolitlar. 


Savol va topshiriqlar 
1. Yuqori molekulyar birikmalar deganda nimani tushunasiz? 
2. Yuqori molekulyar birikmalarning umumiy tavsifi nimalardan iborat?
3. Yuqori molekulyar birikmalarning eritmalari haqida tushuncha bering? 
4. Yuqori molekulyar birikmalarning eritmalariga qaysi faktorlar ta’sir
etadi?

5. Yuqori molekulyar elektrolitlar haqida nima bilasiz? Misollar keltiring.


6. Oqsillarning eritmalariga elektrolitlar qanday ta’sir etadi? 
7. Sistemaning izoelektrik holati nimadan iborat?

Adabiyotlar 
1. Axmedov K.S., Raximov X.R. Kolloid ximiya. – Toshkent. – 
O’zbekiston. – 1992. 156-160 betlar.
2. Askarov M., Yoriyev O.M., Yodgorov N. Polimerlar fizikasi va ximiyasi. 
- Toshkent. – O’qituvchi. – 1993. – 20 T - 212 bet.
3. Фридрихсберг Д. А. Курс коллоидной химии. – Л: - Химия.-1984.-с. 
294-303.
4. Р.А.Хмельницкий. Физическая и коллоидная химия. - М: - Высшая 
школа.-1988.-с.105-108.

V-VI-ma’ruzalar. 

KOLLOID ERITMALARNING MOLEKULYAR-KINETIK 

XOSSALARI 
Reja

1. Kolloid eritmalarning molekulyar-kinetik


xossalari haqida umumiy ma’lumot. 
2. Kolloid eritmalarda Broun harakati.
3. Kolloidlarning diffuziyasi. 



29


4. Kolloid eritmalarda osmotik bosim.
5. Sedimentatsiya. 
6. Sedimentatsion analiz.
Barcha kolloid sistemalar (eritmalar) geterogen va dispers sistemalar bo’lib, 
ulardagi dispers fazaning zarrachalari mikroskopda ko’rinmaydi. Kolloid
eritmalarning ba’zi xossalari haqiqiy eritmalar xossalariga o’xshaydi va bu 
xossalar erigan modda tabiati qanday bo’lishidan qat’iy nazar, eritmaning hajm
(yoki massa) birligida bo’lgan zarrachalar (molekula va ionlar) miqdoriga bog’liq 
bo’ladi. Bu xossalar eritmalarning kolligativ xossalari deb ataladi. Ular jumlasiga
eritmalardagi bo’ladigan diffuziya va osmos hodisalari, eritmada toza erituvchi 
bug’ bosimining pasayish hamda qaynash temperaturasining ko’tarilish hodisalari
kiradi. Shu bilan birga kolloid sistemalarda kolloid zarrachalarning tartibsiz 
harakatini bevosita kuzatish mumkinligi ham aniqlandi.
Dispers sistemalarning optik xossalarini o’rganish natijasida kolloidlarning 
tuzilishi, kolloid zarrachalarning o’lchamlari, ularning shakli va kolloid eritma
konsentratsiyasiga oid masalalar yoritib boradi. Ayniqsa kolloidlarning optik 
xossalari bilan ularning molekulyar-kinetik xossalarini birgalikda tekshirish ajoyib
samaralarga olib keladi. 
Yorug’lik to’lqinlari dispers sistemalar orqali o’tganda yorug’lik qaytishi,
yutilishi, zarrachalar ta’sirida yoyilib ketishi mumkin.Yorug’likning dispers 
zarrachalar sirtidan qaytish hodisasi geometrik optika qonunlariga muvofiq
ravishda sodir bo’ladi. Faqat dispers faza zarrachalari ayni yorug’likning to’lqin 
uzunligidan katta bo’lgan hollardagina yorug’lik dispers fazadan qayta oladi.
Kolloid sistemalarda dispers faza zarrachalarining o’lchami to’lqin uzunligidan 
kichik bo’ladi va yorug’likning yoyilish hodisasi kuzatiladi.
Kolloid sistemalarda zarrachalarning o’z-o’zidan harakat qilishni 
molekulyar-kinetik nazariyasi tekshiradi. Kolloid sistemalarning molekulyar-
kinetik hodisalardan eng muhimlari qatoriga kolloid zarrachalarning broun 
harakati, diffuziyalanishi, ularning osmotik bosimi va sedimentatsiya hodisalari
kiradi. Sedimentatsiya hodisasi ko’proq dag’al dispers sistemalarda uchraydi. 



30



Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə