H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə6/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

2-rasm. Oddiy dializator 
Tagi hayvon pufagi yoki kollodiy pardadan iborat idishga tozalanishi kerak
bo’lgan kolloid eritma solinadi.So’hgra bu idish suv solingan boshqa idishga 
tushiriladi. Idishdagi suv vaqti-vaqti bilan aralashtirilib turiladi. Hayvon pufagi
yoki kollodiy parda devorlarida juda mayda teshiklar bo’ladi. Bu teshiklardan 



14


molekula yoki ionlar o’ta biladi, lekin kolloid eritmaning zarrachalari o’ta
bilmaydi. Kolloid eritmadagi elektrolitlar suvda diffuzlanib, parda orqali kolloid 
eritmadan chiqib ketaveradi. Suvni almashtirish yo’li bilan kolloid eritmani
istalgan darajada tozalash mumkin.


2. Ul’trafil’trlash. Kolloid eritmani teshiklarining o’lchami kolloid zarracha
o’lchamlaridan kichik bo’lgan fil’trlardan foydalanib ham elektrolitlardan tozalash 
mumkin. Bu usul elektrofil’trlash deyiladi. Ul’trafil’tr voronkasimon idish bo’lib,
uning keng tomoniga kollodiydan tayyorlangan membrana o’rnatiladi. Fil’trlashni 
tezlatish uchun voronkaning tor qismi vakuum nasosga ulanadi. Tegishli
membrana ishlatib, kollodiy eritmani elektrolitlardan va bir zolni ikkinchi zoldan 
ajratish mumkin. Buning uchun membrana teshiklarining diametri bir zol
zarrachalaridan katta, ikkinchi zol zarrachalaridan kichik bo’lishi kerak. 


3. Elektrodializ. Kolloid eritmalarni tozalashda eng muhim usul –
elektrodializ. Dializ elektr toki yordamida tezlatiladi. Ikki membrana oralig’iga 
elektrolitlardan tozalanishi kerak bo’lgan kolloid eritma solinadi. Idishning bir
chekkasiga anod, ikkinchisiga katod o’rnatiladi. Idish orqali elektr toki 
o’tkazilganda musbat ionlar katodga, manfiy ionlar esa anod tomon harakat qiladi.
Ular membranadan o’tib, idishning elektrodlar tushirilgan qismlariga yig’ila 
boshlaydi. Tozalangan zol esa ikki membrana o’rtadagi qismiga qoladi.

Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə