Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Yozma dalillarning aslini taqdim etish



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə27/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121
Fuqarolik Javob 74

87-modda. Yozma dalillarning aslini taqdim etish
Qoida tariqasida, yozma dalillarning asli yoki tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi taqdim etiladi. Agar hujjatning ko‘chirma nusxasi taqdim etilgan bo‘lsa, sud zarur hollarda, uning aslini taqdim etishni talab qilishga haqli. Agar ko‘rib chiqilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi taalluqli bo‘lsa, undan tasdiqlangan ko‘chirma nusxa taqdim etilishi mumkin.


  1. Birinchi instansiya sudining ajrimlari ajrimini chiqarish. Ajrimning mazmuni.

271-modda. Sud ajrimini chiqarish
Ajrimlar sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) ushbu Kodeksning 19, 250 va 252-moddalarida belgilangan tartibda chiqariladi va ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Murakkab bo‘lmagan masalalarni hal etishda sud o‘z joyida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilishi bilan darhol o‘qib eshittiriladi.
272-modda. Ajrimning mazmuni
Sud ajrimida quyidagilar ko‘rsatiladi:1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;2) sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi;3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek soliq to‘lovchi qarzdor yuridik shaxsning identifikatsiya raqami;
4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati;5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar;6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi;7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.Sud tomonidan o‘z joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va 6-bandlarida sanab o‘tilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.Ajrimning yozuvidagi xatolar va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolar ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatiladi.


  1. Birinchi instansiya sudining apellatsiya shikoyatini (protestini) olganidan keyingi harakatlari.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə