Halqali chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi. Belbog‘sizlar kenja tipi. Ko‘p tuklilar sinfi: tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi va hayot kechirishi. Ko‘p tuklilarning xilma-xilligi va ahamiyati



Yüklə 6,54 Mb.
səhifə12/13
tarix11.04.2023
ölçüsü6,54 Mb.
#105035
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
ҲАЛҚАЛИ ЧУВАЛЧАНГЛАР ТИПИ.

1. Qadimgi zuluklar (Archihirudinea) kenja sinfi vakillari tanasining oldingi 5 ta halqasida parapodiylar qoldig'i - qillar saqlanib qolgan. Selom va qon tomirlari bo‘ladi. Bitta turkumi (qildor zuluklar-Acanthobdellida) va ikkita turi ma'lum. Acanthobdella peledina shimoliy o‘lkalar va Sibir ko‘llarida, Acanthobdella ivanovi turi esa Kamchatka ko‘llaridagi baliqlarda parazitlik qiladi.



92-rasm. Zuluklar: A,B-tibbiyot zulugi (orqa va qorin tomondan ko‘rinishi), D-klepsina zulugi, E-soxta pillali zuluk, F-baliq zulugi.



2. Haqiqiy zuluklar (Euhirudinea) kenja sinfi vakillari terisida qillar bo‘lmaydi. Selomi reduksiyaga uchragan. Qon aylanish sistemasi to‘liq yoki qisman reduksiyaga uchragan, 2 ta turkumi bor.
1. Xartumli zuluklar (Rhynchobdellida) turkumi vakillari erkin yashaydi, asosan baliqlarda parazitlik qiladi. Muskulli xartumi bo‘lishi bilan boshqa zuluklardan farq qiladi. Xartumini og'zidan chiqarib o‘ljasini tutib oladi.
Ayrim xartumli zuluklar baliqlarga jiddiy zarar yetkazadi. Baliq zulugi (Piscicola geometra) karpsimonlar qonini so‘rib, yosh baliqlarga katta ziyon keltiradi. Ba'zi turlari issiqqonli hayvonlarda (masalan, qushlarda) parazitlik qiladi. Ayrim xartumli zuluklar nasl to‘g'risida g'amxo‘rlik qiladi. Erkin yashovchi yirtqich zuluk (Glossiphonia mentaria) tuxumdan chiqqan naslini qorin tomonida olib yuradi. Bu zuluk chuchuk suv havzalarida keng tarqalgan, qo‘ng'ir-ko‘kish rangli, kattaligi 3 sm ga yaqin, har xil mollyuskalarni tutib yeydi.

90-rasm. Zuluklar: A,B-tibbiyot zulugi (orqa va qorin tomondan ko‘rinishi), D-klepsina zulugi, E-soxta pillali zuluk,
F-baliq zulugi.
2. Jag'li zuluklar (Gnathobdella) turkumi vakillari og'iz bo‘shlig'ida uchta maxsus valigi-jag'lari bor. Jag'lari ko‘pincha xitin tishchalar bilan qoplangan. Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis) Ukraina va Kavkazda uchraydi. Bu zulukni tromb hosil bo‘lishi bilan bog'liq qon tomirlari kasalliklari: gipertoniya, sklerozning boshlang'ich davrlari, insultning oldini olish va boshqa kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Zulukning so‘lak bezlaridan qimmatbaho dorivor modda girudin olinadi. Qon so‘rayotgan zulukka qon ichki organlardan oqib kelishi tufayli kasal odamning ahvoli yaxshilanishi qadimdan ma'lum. Tibbiyot zulugi maxsus zavodlarda ko‘paytiriladi.
Soxta pillali, ya'ni soxta ot zulugi (Haemopis sanguisuga) juda keng tarqalgan. O‘rta Osiyo va boshqa hududlarning tiniq suvli ko‘l va soylarda uchraydi. Soxta ot zulugining jag'lari kuchsiz rivojlangan. Yirtqich hayot kechiradi, chuvalchanglar va mollyuskalar qonini so‘rib oziqlanadi.
Ayrim zuluklar odamlarda ham parazitlik qiladi. Markaziy Osiyoda (Toshkent, Samarqand, Ashxobod afrofida) uchraydigan Turkiston zulugi (Limnatis turkestanica) suv bilan odamning halqumiga o‘tib qolganida parazitlik qilishi mumkin. Quruqlikda yashovchi Seylon zulugi (Haemodipsa ceylonica) Shrilanka va Zond arxepilagi tropik о'rmonlarida tarqalgan. Sutemizuvchi hayvonlar va odamlar qonini so‘radi.

Yüklə 6,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə