Halqali chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi. Belbog‘sizlar kenja tipi. Ko‘p tuklilar sinfi: tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi va hayot kechirishi. Ko‘p tuklilarning xilma-xilligi va ahamiyati



Yüklə 6,54 Mb.
səhifə10/13
tarix11.04.2023
ölçüsü6,54 Mb.
#105035
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
ҲАЛҚАЛИ ЧУВАЛЧАНГЛАР ТИПИ.

1. Nayidomorfalar (Naidomorpha) turkimi turlari asosan chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Qizil chuvalchang (Tubifex) organik qoldiqlar bilan ifloslangan ko‘lmak va sekin oqadigan suv havzalarida ko‘p uchraydi. Stylaria va Aeolosoma plankton holda, enxitreidlar (Enchytraeus) tuproqda hayot kechiradi.
2. Yomg‘ir chuvalchanglari (Lumbricomorpha) turkumi vakillari chuchuk suv havzalari va ayniqsa, tuproqda keng tarqalgan. Tanasi uzunligi bir necha sm dan (Eisena) ayrim tropik turlari (Megascolicidaye) 2,5 m gacha yetadi. O‘rta Osiyoda yomg‘ir chuvalchanglari turkumining 20 dan ortiq turlari uchraydi. Sug‘oriladigan yerlarda Nicodrilus caliginosus turi keng tarqalgan. Chuchuk suv qisqichbaqasimonlarida qisqichbaqa zulugi (Branchiobdella) chuvalchangi parazitlik qiladi.

Ayrim tropik turlari (Megascolicidaye) 2,5 m gacha yetadi.

Yomg‘ir chuvalchanglari in qazib, tuproqni yumshatadi, g‘ovak qiladi, tuproqqa suv shimilishi va havo kirishini osonlashtiradi. Shuning uchun ham ko‘pgina o‘simliklar ildizi chuvalchanglar qazigan inlar orqali o‘sadi. Chuvalchanglar tuproqni ichagidan o‘tkazib, uni donador qiladi. Donador tuproq namlik va oziq moddalarni o‘zida yaxshi saqlaydi. Agar 1m2 da 50-100 ta yomg‘ir chuvalchangi bo‘lsa, ular yil davomida 1 ga maydonda 10-30 tonnadan ortiq tuproqni ichagidan o‘tkazishi mumkin. Chuvalchanglar ichagidan o‘tgan chirindiga boy donador tuproq koprolit dеyiladi. Koprolitlar tuproqni donador qilib, unumdorligini oshiradi. Bundan tashqari, chuvalchanglar tuproq hayvonlari va qushlar uchun oziq bo‘ladi. Tropik hududlar tuprog‘ida yashaydigan gigant yomg‘ir chuvalchanglari uzunligi 2,5 mеtrga yеtadi.


Turli xil organik qoldiqlar bilan ifloslangan ko‘lmak va sеkin oqadigan suvlar tubidagi loyda qizil chuvalchanglar yashaydi. Ular tanasining loydan chiqib turgan kеyingi qismini tеbratib, suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Suvda yashovchi kamtuklilar o‘z ichagidan loyni o‘rkazib oziqlanishi tufayli suv havzalarining tozalanishiga yordam bеradi. Kamtuklilar suv hayvonlari uchun oziq bo‘ladi. Qizil chuvalchang akvarium baliqlariga oziq, eyzеniya chuvalchangi biologik gumus olish maqsadida ko‘paytiriladi.



Yüklə 6,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə