Hamroyev Jaloliddin Kalit so’zlar



Yüklə 19,92 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü19,92 Kb.
#112353
Amir Temur davlatining xalqaro munosabatlar tarixidagi o‘rni[1]


Termiz Davlat Universtiteti, Tarix fakulteti talabasi
Hamroyev Jaloliddin

Kalit so’zlar. Amir Temur, diplomatiya, Temuriylar davlati, Samarqand,
Fransiya qiroli Karl VI, Genrix III.


Anotatsiya. Tarixdan yaxshi ma’lumki Amir Temur o'zining Temur Tuzuklari
asarida " Davlat mashvaratini to'qqiz ulushini aqil va bir ulushini qilish bilan
boshqardim" - deb ta’kidlab o'tgandek. Temurning hukmronlik davrlarida asosan
davlatni rivojlantirish uchun diplomatik va savdo-sotiq aloqalaridan foydalangan.
Davlat poytaxtini Samarqand shahriga ko'chirgandan so'ng ushbu shaharni shu
darajada yuksaltirishga e'tibor berdiki diplomatik aloqalar uchun kelgan elchilarning
asosiy qismi ham aynan shu shaharda kutib olinardi. Maqolada Amir Temur davrida
diplomatik munosabatlar haqida to'xtalib o'tilgan.

Amir Temur saroyida elchilarni qabul qilish marosimlari O‘rta Osiyo hududida ming yilliklar davomida hukm surib kelgan daplatchilik tizimi mavjud bo‘lganligi, davlatchilikning o‘ziga xos barcha xususiyatlari, shu jumladan tashqi siyosati, diplomatik aloqalari, elchiliklar bordi-keldilari uzluksiz davom etib kelganligi hozirgi vaqtda hech kimda shubha uyg‘otmaydi, albatta. Davlatlararo munosabatlarni mustahkamlash, hukmdorlarning o‘zaro muloqotlarini barqaror etish bilan ishonch hosil qilish, mamlakatlarning ichki va tashqi holatidan xabardor bo‘lish, ikki o‘rtada hamjihatlik o‘rnatish orqali fuqarolarning tinchligi va osoyishini barqaror etish va boshqa xil muammolarni bartaraf qilish - elchilik aloqalarining asosiy maqsadlari hisoblangan. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun, o‘z hukumatining siyosati va niyatlarini tushuntirish va unga ishontira olish uchun elchilarning shaxsiyatiga


katta ahamiyat berilgan va ular eng yetuk insonlar orasidan tanlanganlar. Davrning dono va zukko zotlari hukmdorlar uchun bu borada qo‘llanmalar yozib, chet ellarga yuborilajak elchilarni tanlash,tayyorlash va ularning faoliyati tamoyillari va me'yorlarini belgilab berganlar. Bu haqda yuqorida to‘xtab o‘tilli. Manbalardan shu narsa ma'lum bo‘ladiki, O‘rta Osiyo davlatlarida elchilarni qabul qilish tartib-qoidalari qadim zamonlardanoq hukmdorlarning diqqat-e'tiborida bo‘lib kelgan va bu masalaga har vaqt jiddiy munosabatda bo‘lingan. Diplomatiyamiz tarixiga oid ko‘plab asarlarda uning yul-yo‘riklari atroflicha ta hlil etilgan. Yuqorida eslatilgan Nizomulmulkning XI asrda bitilgai "Siyosatnoma"sida bu haqda, jumladan quyidagilarni o‘qiymiz: "Agar atrof mamlakatlardan kelgan elchilar hukmdor saroyiga yetgunlaricha, garchi ularning kelishlari haqida hech qanday xabar olinmagan taqdirda ham ular etiborsiz qoldirilsa va zudlik bilan xabar yetkazilmasa - bu hol davlatdagi tartibqoidalarning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi tarzida baholanadi. Sarhadlardagi ma'murlarga uqtirib qo‘yilishi lozimki, ular elchilarga darhol ishonchli bir vakilni kuzatuvchi etib tayinlasinlar va bu vakil ularni ma'lum bir manzilga(shaharga) yetkazib qo‘ysin va u yerdagi ishonchli mulozimga topshirsin, tokim u ham elchilarni navbatlagi manzilgacha kuzatib borsin. Bu tartib elchilar hukmdor saroyiga yetgunlaricha davom etsin. Har bir to‘xtamda elchilarni ziyofat qilib, ularni xushfe'llik bilan kutish, keyingi manzilgacha zarur oziqovqatlar bilan ta'minlash lozim, chunki ularga nisbatan ko‘rsatilgan har bir yaxshilik yoki yomonlik qabilidagi xatti-harakatlarhukmdor tomonidan amalgaoshirilgan tadbir sifatida baholanishini unutmaslikdarkor"'. Amir Temur saroyida chet ellik elchilarni qabul qilish marosimi elchilar
chegaradan o‘tib, uning mulklari hududiga qadam qo‘yishlaridan boshlanar edi deyish mumkin. Mamlakat bo‘ylab shunday tartib o‘rnatilgan ediki, elchilar yo‘lidagi shahar va qishloqlarning hokimlari ularni kutib olar, aholi uylaridan gilamlar chiqarib joy solar, dasturxon yozib mehmonnavozlik ko‘rsatar, tunash uchun munosib joy berar va yo‘lida davom ettirish uchun ot-ulov bilan ta'minlashar edi. Bu yerning odati shunday, deb yozadi Ispapiya (Kastiliya) qiroli Genrix III ning Amir Temur saroyiga yuborganelchisi Rui Gonsales de Klavixo. Agarda Amir Temur kimniki biror yerga yuborsa, balki uning qoshiga kimdir kelayotgan bo‘lsa, shu tarzda kutib olishadi va har kuni yangi ot bilan ta'minlashadi, deb davom etadi elchi. Bu otlar aholi bor yerlarda ham, yo‘q yerlarda ham amirning buyrug‘iga ko‘ra tayyor turadi, ularga qaraydigan odamlar tayinlanadi. Aloqa tizimida o‘rnatilgan bunday muntazam tartib nafaqat elchilarga qulay sharoit yaratadi, balki AmirTemur bepoyon mulklarining har chekkasidan xabardor bo‘lib turadi. Ispaniya elchilari Amir Temur davlatidagi yo‘llarda o‘rnatilgan tartibintizomdan bahramand bo‘lib, Samarqandga yetib kelganlarida ular Samarqandga yaqin Guliston bog‘iga joylashtirilib, bir hafta davomida mehmondorchilikda dam oladilar. Ispaniya elchilari g‘oyat yuksak ehtirom va tantanabilan qabul qilinadi va amir bir necha bor Bog‘i chinor, Bog‘i nav, Bog‘i dilkusho va boshqa dargohlarda ular sharafiga ziyofatlar beradi, ular amirning nevaralari to‘ylariga taklif etiladilar, bu marosimlarda elchilarga sarupolar kiydiriladi, boshlaridan tangalar sochiladi, sovg‘alar beriladi va boshqa turfa xil e'tibor timsollari ko‘rsatiladi. Elchi xotiralarida mazkur marosimlarda erkaklar qatorida ayollar ham ishtirok etganligi, ularning o‘zlari ham u yokibu munosabat bilan ziyofatlar berganligi va ularga chet ellik elchilar ham taklifetilganligi haqida ma'lumotlar beriladi. Amir Temur saroyida chet ellik elchilarni kutib olish marosimida asosan amirning avlodlari, mirzalar, nevaralarining faol ishtiroki ko‘zga tashlanadi:elchilarni kutib oluvchilar ham, ularni amir huzuriga salomga olib keluvchilar ham, chet el hukmdorining maktubini qabul qilib olib, amirga topshiruvchilar ham amirning yaqinlari - mirzalar edilar. Elchi olib kelgan maktubni topshirish marosimi ham o‘ziga xos tarzda o‘tadi: nevaralardan biri uni baland ko‘tarib Amir Temur huzuriga boradi va elchilar amirga ta'zim qilganlaridan so‘ng maktub unga topshiriladi. U xatni olib o‘zi ochadi va hozir emas, yolg‘iz qolganda o‘qimoqchi ekanini bildiradi.Elchilar amirga ta'zim bajo keltirgach va savol-javoblar tugagach, mirzalarularni hukmdor o‘tirgan supaga olib borib, uning o‘ng tomoniga o‘tqazadilar. Amirning buyrug‘i bilan ular Xitoy elchisidan yuqori o‘tqaziladi. Bu kabi diplomatik marosimlarda aytilgan har bir so‘z va bosilgan har bir qadam o‘ziga xos ma'noga ega bo‘lib, shu o‘lkaning milliy qadriyatlari, urfodatlari va ichki hamda tashqi siyosatini namoyish etish uchun foydalanilgan. Elchilarning amirdan oldin qariya qoshiga, so‘ngra nevaralar oldiga salomga olib borilishida ham muayyan bir ma'no yotadi - birtarafdan, keksalarga hurmat va yoshlarga izzat bu o‘lkaning odati ekanligini namoyish qilsa, ikkinchi tarafdan, yosh avlodga - kelajak hukmdorlariga ham munosib hurmat ko‘rsatish lozimligi, davlatning davomiyligini e'tirof etish va shu bilan birga diplomatiyaning nozik qonun-qoidalarini ularga yoshligidan singdirib borish, chet elliklar bilan muloqotga tayorlash maqsadlari nazarda tutilgan bo‘lsa, ajab emas. Amir Temur buyrug‘i bilan Ispaniya elchilarining Xitoy elchisidan yuqori o‘tqazilishi misolida bu davlatning tashqi siyosatiyorqin ifoda topadi. Bu omil amir Temurning yangi-yangi davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishga katta ahamiyat berganini ko‘rsatsa, Xitoy bilan aloqalarning tarangligini ham namoyish etar edi. Demak, elchilarni qabul qilish marosimini davlatlararo aloqalarning xarakteri aks etgan oyna desa ham bo‘ladi.
XULOSA
Bundan olti yarim asr oldin yevrosiyo qit'asi markazida tartib o‘rnatish,beqarorlikni tugatish, tinch va xavfsiz rivojlanishasoslarini yaratish maqsadida ulkan bir davlat barpo etildi. Aniqrog‘i, 30 avlod oldin Amir Temur (o‘sha vaqtdagi beqaror dunyoda yagona va markazi muqaddas Samarqand shahri bo‘lgan) bu ulkan davlatni barpo etdi. U yurgizgan siyosatning muammo va yo‘nalishlari mohiyatan hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlarida ham ma'lum ma'noda saqlanib qolmoqda. O‘sha davr bilan biz yashab turgan hozirgi vaqt o‘rtasida farq unchalik ham ko‘p emas: qo‘shni mintaqa va davlatlarning bir qismi tahdid o‘chog‘idan barqaror va ishonchli qo‘shnilarga aylangan bo‘lsa, boshqalari aksincha, tahdid o‘chog‘i bo‘lib qoldi; uchinchilari esa o‘sha vaqtdagi kabi hozir ham xavf manbai bo‘lib turibdi; tahdidlar qutubi o‘rin almashgan, xolos. Amir Temur dunyo siyosiy xaritasini o‘zgartirgan sarkardalardan hisoblanadi. Qanday qilib?Birinchidan, u yevrosiyo markazini «qora tuynuk»dan (tarq alib ketgan Ching izxon avlodlari imperiyasi o‘rnida), betartib makondan, «barchani urushi barchaga qarshi urushdan» tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot zonasiga aylantirdi; Ikkinchidan, u buni tarixan juda qisqa muddatda amalga oshirdi: Amir Temurning hayoti (1336-1405) Angliya bilan Fransiya o‘rtasida bo‘lgan Yuz yillik urushning (1337-1453) yarmiga teng bo‘ldi, imperiyasini esa bir yarim avlod umri davomida – 1370-1400 yillar orasida yaratdi va mustahkamladi; Uchinchidan, u barcha yov kuch markazlarini o‘z imperiyasining periferiyalari–Shimoliy, Janubiy va G‘arbiy Osiyogabo‘ysindirdi. To‘rtinchidan, yevropa davlatlari Amir Temur bilan ittifoq tuzishga harakat qilishdi. Angliya ham, Fransiya ham Usmoniylar imperiyasigaBoyazidga qarshi uni o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qildi. XIV asr oxiri XV asr boshlarida Amir Temur davlati qit'adagi yagona real buyuk davlat deb tan olindi. Biroq uning zamondoshlari qanday qilib yigirma yil ichida yo‘q joyda shunday ulkan davlat paydo bo‘lishi sababini tushunmagan bo‘lsa ham kerak. yevrosiyo imperiyasining amal qilish mexanizmlari va uning doimiy g‘alabalari sababini o‘sha zamondosh undan ham kam fahimlagan bo‘lsa ajab emas. Xalqaro munosabatlarda Amir Temur davlatining rolini ko‘rib chiqar ekanmiz, davlat, davlatchilik mohiyatida muayyan bir makon va jamiyatda mavjud turli imkoniyatlarni shu yerlik xalq manfaati yo‘lida yuzaga chiqaruvchi tashkilotchilik yotganini eslatib o‘tish g‘oyatda muhimdir. Shunday qilib, Amir Temur davrida o‘zbek davlatchiligi tarixida eng yorqin sahifalar bitildi. Mazkur yillarda davlatimizning, umuman o‘zbek xalqining ichki va tashqi siyosatidagi imkonlari, salohiyati to‘la-to‘kis namoyon bo‘ldi. Mamlakatimiz jahonning siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylandi. Davlatimiz kuch-qudratiga yevropadan Xitoyga qadar ulkan hududdagi davlatlar tan berdi. Shu bilan birga, ming afsuski, XVI asrdashayboniylar va kelgusida hokimyatni boshqargan sulolalar ushbu muvaffaqiyatlar va davlatchilikdagi taraqqiyot darajasini saqlab qololmadilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va maruzalari
1.2. Karimov I. A. Tarixiy xotiasiz kelajak yo‘q. –T.: «Sharq», 1999.
1.3. Karimov I. A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma'naviyat»,2008.
II. Kitoblar va maxsus adabiyotlar
2.1. Xayrullaev M.M. "O‘zbek diplomatiyasi tarixidan". –Tosh., 2003
2.2. Nizomiddii Shomiy. Zafarioma. T., O‘zbskiston, 1996.
2.3. Amir Temur jahon tarixida. Ilmiy guruh rahbari N. Habibullaev. –T.:Sharq, 1996.
2.4. Bo‘riev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo. –T.:
O‘zbekiston, 1997.
2.5. Lyus'en Keren. Amir Temur saltanati. Fransuz tilidan B. Ermatov tarjimasi. –T.: Ma'naviyat, 1999.
2.6. Mo‘minov I. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli. – T.: Fan, 1968.
2.7. Xolbekov M. Amir Temurning yevropa qirollari bilan yozishmalari. – Samarqand, 1996
2.8. Amir Temur va Ulug‘bek zamondoshlari xotirasida. B. Ahmedovning ilmiy tahriri ostida. –T.: O‘qituvchi, 1996.
2.9. Giyasaddin Ali. Drevnik poxoda Timura i Indiyu. –M.: Izdatel'stvo
vostochnoy literaturы, 1958.
2.10. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi (Ajoib al-Maqdur fi tarixi Taymur(Temur tarixida taqdir ajoyibotlari)). I-II kitoblar. Arab tilidan U. Uvatov tarjimasi. –T.: Mehnat, 1992. 2.11. Rui Gonsales de Klavixo. Drevnik puteshestviya v Samarkand ko dvoru Timura (1403-1406). Perevod so staroispanskogo I. S. Mirokovoy. –M. Nauka, 1990
2.12. Temur Tuzuklari (o‘zbek, ingliz, fransuz t.). Forschadan A. Sog‘uniy va H. Karomatov tarjimasi. Ingliz tiliga M. Devi tarjimasi. Fransuz tiliga L. Langle
tarjimasi. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1996
2.13. Komaroff L. The epigraphy of Timurid coinage: Some preliminary remarks. // American Numismatic Society Museum Notes, vol. 31, 1986, pp. 207-232.
2.14. Hinz W. Herat, eine timuridische Haupstadt, Graz, 1977.
2.15. Togan A. Z. V. Buyuk turk hukumdari Sahruh / Istanbul Universiteti, Edeliat Fakuitesi. Turk Dili-ve Edeliat Degrisi III, 1949, pp. 520-538.
Yüklə 19,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə