Haqiqiy lider kim?



Yüklə 8,88 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü8,88 Kb.
#161259
Haqiqiy lider kim


"Haqiqiy lider kim?"
Reja:
I. Kirish.Lider aslida kim?
II. Asosiy qism.
1.Liderlik o’qitilmaydi, uzoq yillar davomida o’rganiladi.
2.Ilm- boshqaruvchilikning asosi.
III. Xulosa.
1.Haqiqiy lider – haqiqiy inson.
Insoniyat paydo bo'lgandan buyon, liderlik qobiliyati rivojlana boshlagan. Buning dastlabki ko’rinishi ibtidoiy jamoa tuzumidan, ibtidoiy to‘da guruhiga, ibtidoiy to‘da guruhidan esa urug‘ shakliga o‘tishi orqali namoyon bo’ladi. Ammo, guruhda kim yetaklovchi bo‘lishi davrga, vaziyatga, ijtimoiy muhitga bog‘liq . Dastlabki urug‘ jamoalari ayol kishi, ya’ni ona atrofida jipslasha boshlagan. Ancha keyinroq, xo'jalik yuritish shakllari takomillashgani sayin jamoadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o‘ta boshladi, endi u urug‘ga sardor bo‘lib qoldi. Biroq hozirchi ? Aslida hozirgi kunda haqiqiy lider kim? Lider so‘zi inglizcha so'z bo‘lib, leader- "yetaklovchi" , " boshlovchi " degan ma'noni anglatadi. Liderlik- umumiy bir ishni bajarishda boshqalarning yordami va harakatini birlashtiruvchi ijtimoiy ta'sir jarayoni hisoblanib, avvalo shaxsning o‘ziga, so'ngra o'zgalarga bera oladigan ta'sirida ko'rinadigan fazilatlar majmuasidir.
Lider insonda tushuntira olish, kuzatuvchanlik, nutq madaniyati, tashkilotchilik, to‘g‘ri muomala qila olish, oldindan ko‘ra bilish, insonlarni tushuna olish kabi qobiliyatlar bo'lishi kerak. Misol uchun, kema kapitanida liderlik qobiliyati bo‘lishi darkor. Chunki, kemaning taqdiri va barchani to‘g‘ri yo'nalishda olib ketish kapitanning qo'lidadir. Qolaversa, liderlarda notiqlik san'ati, favqulodda tezkor qaror qabul qilish , har qanday holatda ham jamoani qiyinchiliklardan olib chiqib keta olish qobiliyati bo‘lishi shart. Shundagina, u haqiqiy lider bo‘la oladi.
Tanangda og‘riq his qilyapsanmi? Demak, tiriksan. O'zgalarning og‘rig‘ini his qilyapsanmi, demak, insonsan. Jamiyat og‘rig‘ini his qilyapsanmi, demak, dahosan deb bejizga aytishmagan, faylasuflar. Haqiqatdan ham o'zgalarning og‘rig‘ini, jamiyatning og‘rig‘ini his qilayotgan insonlarda liderlik qobiliyati mujassam bo‘ladi. Misol qilib jadidlarni keltirish mumkin. Jadidlar-yangilikka intiluvchi taraqqiyparvarlar bo‘lgan. Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari, Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa maʼrifat tarqatish, Turkiston muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash kabilar bo‘lgan. Aslida, ular ham o‘z davrining haqiqiy liderlari edi. Chindan ham lider bo‘lish uchun direktor yoki menejer bo‘lish shart emas. Haqiqiy bilim egalari, qoida va chegaralarni belgilay oladigan odamlar va eng asosiysi jamoani ergashtirgan holda bergan va'dalari ustidan chiqa olishdadir. Negaki, va’dada turmaslik- ishonchni yo'qotish demakdir.
Bir guruh olimlar ajoyib bir tajriba o'tkazib ko'ribdi. Bir yaxshi jihozlangan ,stol-stullari bor xonaga ko'zi yumuq bir insonni kiritib qancha vaqtda xonadan chiqa olishini kuzata boshlabdi. Yigirma daqiqa o'tgach xonadan chiqa olishga muyassar bo‘libdi. So‘ng ko‘zi yumuq odamga, ko'zi yumuq odamni ergashtirib xonadan qancha vaqtdan chiqishini kuzatibdi. Bu qirq daqiqaga cho‘zilibdi. So‘ng ko'zi ochiq odamni, ko'zi yumuq odamga ergashtiribdi. Bu holatda ham qirq besh daqiqadan kam bo‘lmabdi. Eng so'nggida ko'zi ochiq insonni xonaga qo‘yib qancha vaqtda xonadan chiqishini hisoblabdi. Bu esa bir daqiqa ham davom etmabdi. Bu tadqiqot xulosasi esa ko'zi ochiq insonlar bilimli, har tomonlama komil inson darajasiga erishgan bo‘lsa jamiyatda liderlar kerak emasligini anglatadi. Ko'zi yopiq insonlar esa ilmsiz, hech ish qo‘lidan kelmaydigan, o‘zi uchun ham kelajagi uchun ham umuman harakat qilmaydigan shaxslardir.Shunday ekan bizning jamiyatimizga liderlar kerak. Chunki bizning jamiyatning yuz foizini "ko'zi ochiq insonlar" tashkil qilmaydi. "
Agar sizning harakatlaringiz boshqalarni ko‘proq orzu qilishga, ko‘proq o'rganishga va o‘z ustida ishlashga ilhomlantirsa , u holda siz lidersiz "- deb aytadi Jon Kuinsi Adams. Chindan ham o'zida liderlik qobiliyatini ko'ra bilgan inson jamiyatda o‘z o'rni topa oladi. Misol uchun, hozirgi zamon lideri sifatida o‘z oilamda dadamni ko'ra olganman. Ular ishda ham, oilada ham liderlik qobiliyatiga egalar. Eng muhimi ularda o‘ziga nisbatan ishonch, insonlarga g'amxo'rlik qilish, ularni tushuna olish, har qanday vaziyatda ham har bir muammoga yechim topa olish qobiliyati bor. Mana shunday insonlar hurmatga ham sazovor bo‘la oladi. Haqiqiy lider aslida kim degan savolga bir insonni misol qilib ko'rsatish mumkin emas. Chunki har bir davrning, har bir jamiyatning bir emas minglab liderlari bo‘lgan va bo'lmoqda... Masalan, Saodat asrining haqiqiy liderlari payg'ambarlar, o‘tgan asrniki jadidlar, hozirgi zamon liderlari esa prezidentimiz, jonkuyar ustozlar, fidoyi shifokorlar, jasur chegarachilar va albatta komil inson darajasiga erishishga tinmay harakat qilayotgan insonlar…
Yüklə 8,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə