Harakatlanuvchi qurilmalar yasash



Yüklə 3,86 Mb.
tarix23.09.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#122933
3-sinf Texnologiya fanidan Harakatlanuvchi qurilmalar yasash dars ishlanma 1




Harakatlanuvchi qurilmalar yasash
Robototexnika mexanika, elektronika, kibernetika, informatika, mexatronika kabi fanlar yutuqlariga tayanadi. Ayrim robotlarning boshqaruv algoritmlarida sun’iy intellekt elementlaridan foydalaniladi. Robototexnikani o‘rganish jarayonida biz matematika, fizika, informatika kabi fanlar bilan yaqin aloqada bo‘lamiz.

ROBOTOTEXNIKA XX ASRDA PAYDO BO‘LSA-DA,
ULARNI YARATISH BORASIDAGI BIRINCHI URINISHLAR
MILODDAN AVVALGI 400-YILLARGA BORIB TAQALADI
Odamlar mexanik qushlar hamda hayvonlarni, hatto o‘zlariga o‘xshash odamlarni yaratishga harakat qilishgan.
• Insoniyat tarixida ilk robototexnika XII asrda yashab o‘tgan arab kashfiyotchisi Al-Jozir tomonidan yaratilgan deb taxmin qilinadi.
• U arfa, fleyta va childirma chalib, ommaviy tomoshalarda ishtirok etgan mexanik sozandalarni yaratganligi haqida dalillar saqlanib qolgan.
• XV–XVI asrlarda yashab o‘tgan dunyoga mashhur rassom Leonardo da Vinchi qo‘l va oyoqlarini harakatlantira oladigan, dubulg‘asi pardasini ko‘tara oladigan mexanik ritsar chizmalarini qoldirgan.
Robotlar turlari
Robotlarning asosiy turlarini quyidagilar tashkil etadi:
1) mobil (ko‘chma) robotlar – makonda mustaqil harakatlana oladigan robotlar;


Android robotlar – odam qiyofasidagi va odam kabi harakatlanadigan gumanoid robotlar yoki sintetik organizmlar.
Qo‘llanilish sohalari
Ta’lim
Robototexnika majmualari ta’lim sohasida juda ham mashhur. Ulardan o‘rta va oliy kasb-hunar ta’limi muassasalarida foydalanish AQSH hamda Yevropa ittifoqi ILERT yirik qo‘shma ta’lim dasturining asosi bo‘lgan “Loyihalar asosida ta’lim berish” tamoyilini amalga oshirish imkonini beradi.
Sanoat
Ishlab chiqarish sohasida robotlardan allaqachon muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. Robotlar takrorlanadigan, katta kuch talab qiladigan hamda xavfli ishlarni bajarishda insonning o‘rnini samarali egallab kelmoqda.
Qishloq xo‘jaligi
Qishloq xo‘jaligida ekinlarni avtomatlashtirilgan tartibda parvarish qilishni amalga oshiradigan robotlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Sabzavot yetishtirish bo‘yicha robotlashtirilgan issiqxonalar sinovdan o‘tkazilmoqda.
Tibbiyot
Robototexnikadan tayanch-harakat apparatlari funksiyasi buzilgan bemorlarga yordam beruvchi turli ekzoskletlar sifatida foydalanilmoqda. Shuningdek, odam organizmiga o‘rnatish uchun kichik robotchalar: kardiostimulyator, axborot kuzatuvchi kabilar ishlab chiqilmoqda.
Kosmonavtika
Kosmik kemalarda robot-manipulyatorlardan foydalaniladi. Masalan, “Orles” kuzatuv kosmik apparatida tasvirli plyonkani yerga yetkazuvchi kapsulaavtomatlar mavjud. Oy, Mars va boshqa sayyoralar sathida harakatlanuvchi apparatlarni harakatli robotlarning ajoyib namunalari sifatida qabul qilish mumkin.
Sport
Robotlar o‘rtasida futbol bo‘yicha birinchi jahon chempionati 1996-yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tgan.
Harbiy soha
Harbiy robotlarga akvatoriyani nazorat qiladigan suzuvchi robotlar, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni misol keltirish mumkin. Shuningdek, yetarlicha qurollangan va o‘zi nishonga oladigan robotlar ham shular jumlasiga kiradi.
Logistika
Robototexnikadan ombordagi tovarlarni joy-joyiga qo‘yish uchun foydalaniladi.
Robototexnika, robot, bevosita aloqa orqali boshqarish, teskari aloqa orqali boshqarish, mobil (ko‘chma) robot, turg‘un (statsionar) robot, manipulyator, mexanizm, avtomat, datchik, sun’iy intellekt, robototexnikaning 3 ta qonuni, robotning tuzilish sxemasi.
Boshqaruv prinsiplari
Eng oddiy usul – bu bevosita aloqa yordamida boshqaruv. Boshqaruvchi obyekt boshqariluvchi obyektga buyruq beradi va natijani kutmaydi. Buyruq bajarilgan yoki bajarilmaganligi noma’lumligicha qoladi. Tabiiyki, bunday boshqaruv bilan kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi.

Teskari aloqali boshqaruvda boshqaruvchi obyektdan boshqariluvchi obyektga buyruqlar kelib tushadi. Boshqariluvchi obyekt teskari aloqa bo‘yicha boshqaruvchi obyektga o‘zining holati haqida xabar beradi.

Mexanizm, avtomat, robot
Robot yasashga oid tayanch tushunchalarni ko‘rib chiqamiz:
• mexanizm – ish bajarishda odamga yordam beradigan qurilma, masalan, kurak, arava, dastak va h. k.;
• robot – mexanizm ishlashini ta’minlovchi mashina. Robot teskari aloqa va sun’iy intellekt elementlariga ega avtomat hisoblanadi. Mexanizm o‘z holicha hech qanday ish bajara olmaydi. Tizim samarali ishlashi uchun esa dastur talab qilinadi;
• dastur – o‘zida robot ishga tushishi uchun buyruq va ko‘rsatmalarni jamlagan paket;
• avtomat – dastur bo‘yicha ishni mustaqil bajaradigan qurilma.
Bir-biridan farq qiladigan ko‘plab robot va avtomatlashtirilgan tizimlar mavjud, lekin ularning tuzilish sxemasi deyarli bir xil. Robot tarkibiy qismlaridan biri dasturli kontroller bo‘lib, unda sun’iy intellekt elementlari mavjud.
Kontroller ijrochi elementlar – motor, ekran yoki dinamiklarga buyruq beradi. Ijrochi elementlar atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatga kirishadi, qandaydir tarzda atrof-muhitni yoki robotning atrof-muhitga nisbatan holatini o‘zgartiradi va bu haqda datchiklar (his qilish elementlari) xabar topadi. Ular axborotni kontrollerga uzatadi va sikl yopiladi. Butun operatsiyalar sikli katta tezlikda, sekundiga bir necha ming marta
takrorlanishi mumkin. Shu tariqa robotlar juda aniq va tartibli ravishda boshqariladi.






Sayilgohlarda foydalaniladigan qurilmalarni yasang.

G‘ildirakli qurilmalar yasash
G‘ildirak – bu har qanday modelni harakatga keltirishda asosiy vazifani bajaruvchi, ya’ni modellar harakatini ta’minlab beruvchi mexanizm. G‘ildirak doira shaklida bo‘lib, sirt yuzasida sirg‘almasligi uchun muayyan qalinlikdagi qoplama bilan qoplanadi.
G‘ildirak namunalari

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə