Haydarova kamolaxon zokirjon qizi arduino muhitida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/36
tarix24.12.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#158469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Haydarova MD

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. 
Ilmiy ishning nazariy ahamiyati shundan iboratki, Arduino platformasi 
hamda ushbu qurilmadan foydalanish sohalari haqidagi nazariy ma’lumotlar 
asosida “Robototexnika” kursiga oida uslubiy ko`rsatma va Arduino dasturlash 
tiliga asoslangan TinkerCAD web-platformasidan foydalanish uchun video-o`quv 
kurslari ishlab chiqilgan. 
Pedagogik tajriba Qoqon davlat pedagogika instituti Fizika-matematika
fakultetii “Informatika o`qitish metodikasi” yo`nalishi guruhlarida tajriba-sinov 
tashkil qilindi. Bu guruhlarda darslar ikki xil metodika asosida o`tkazildi. 4-kurs 
401-402 guruhlarda “Robototexnika” fanidan tajriba-sinov va nazorat guruhlari 
tanlab olindi.
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi: 
Dissertatsiyada tanlanma 
kuzatuv, statistik tahlil, T-sxemasi, Klaster metodlaridan foydalanilgan.
Ish tuzilmasining tavsifi. 
Ushbu magistrlik disertatsiya ishi kirish, 3 ta bob, 
8 ta bo`lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovadan iborat. Ishning 
umumiy hajmi 86 betni tashkil etadi.
 


10 
I BOB. TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISH. 
ROBOTLAR VA ULARNI BOSHQARISH USULLARI 
1.1.
 
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. Robotlar va ularni 
boshqarish usullari. 
Zamonaviy dunyoda biz hamma joyda turli xil turdagi mashinalar va 
mexanizmlar bilan o`ralganmiz, ammo robotlar ular orasida juda kamdan-kam 
uchraydigan mehmonlardir. Va bu ajablanarli emas, chunki bu birliklarning 
boshqalardan asosiy farqi bu hali ham yaratuvchilarning o`zlari tomonidan to`liq 
tushunilmagan aql. Zamonaviy robotlar sun'iy gumanoidlardan ilmiy fantastika 
romanlari va filmlaridan hali ham uzoqroq bo`lsa ham, ular yildan yilga 
takomillashmoqda. 
Inson, hayotida uchraydigan barcha sohalarda qiyinchilik va to`siqlarga duch 
kelishi tabiiy hol. XIX asr boshlarida qadar sanoat, ishlab chiqarish va qishloq 
ho`jaligidan tortib tibbiyot sohasigacha bo`lgan ishlarning barchasi inson qo`li 
tomonidan bajarilar, natijada esa bir qancha muammolar vujudga kelar edi. 1495 
yilda Leonardo da Vinchi mexanik ritsarning loyihasini yaratdi
2
. 1898 yilda 
Serbiyalik Nikola Tesla radio orqali boshqariladigan kemani sinovdan o`tkazdi, 
shundan so`ng butun dunyo bo`ylab robotlardan foydalanish sohalari borgan sari 
kengayib bormoqda.
Shu 
maqsadda 
1930-yillarda 
Genri 
Ford 
tomonidan 
dastlabki 
boshqariladigan manipulyator mexanizmlari ishlab chiqilgan. 
Maqsadi mahsulot ishlab chiqarish bo`lgan har qanday soha o`z vazifasini 
bajarishi uchun turli xil texnik jarayonlardan foydalanadi. Texnologik jarayon – bu 
muammolar, vaziyatlar yoki ehtimollarni hal qilish uchun zarur bo`lgan 
mahsulotlar, vositalar yoki texnologiyalarni yaratishga qaratilgan vazifalar 
to`plamidir
3
.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish asta sekin rivojlanib, mustaqil 
inson aralashuvisiz ish bajara oladigan qurilmalar ham yaratildi. Natijada robotlar 
tushunchasi keng tarqaldi. 
2
Valensiya xalqaro universiteti (2020). Texnologik jarayon nima va uning bosqichlari qanday? universidadviu.com. 
3
X.N. Nazarov “Robotatexnik tizimlar va komplekslar” Toshkent-2016. B.46 


11 
AKT, elektronika, mexanika va muhandislik, bular faqat robototexnika 
sohalarida birlashtiriladigan ma’lum fanlardir. Robototexnikaning asosiy maqsadi 
- bu avtomatik ravishda ishlaydigan va odamlar uchun qiyin yoki imkonsiz ishlarni 
bajaradigan avtomatlashgan qurilmalarni yasash hisoblanadi. Hozirgi vaqtda 
robototexnika bir qancha sohalarda rivojlangan bo`lib, bularga tibbiyot, xarbiy, 
ta’lim va boshqa ko`plab jamiyat uchun kerak bo`ladigan sohalarni misol qilib 
keltirishimiz mumkin. Bunday robotlar bilan juda aniqlik talab qiladigan
murakkab jarrohlik operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Inson 
qadami yeta olmaydigan joylarda tadqiqot ishlarini olib borish, hayot uchun havfli 
hududlarni nazorat qilish va shunga o`xshash murakkab vazifalarni ham bajarish 
imkoniyati mavjud. Buning ahamiyatlisi shundaki ushbu vazifalarni robotlar 
aniqlik va tezlik bilan bajaradi. Shunday qilib, robotlar yordamida inson bajara 
olmaydigan mavjud xavfni bartaraf qila olish mumkin.
Robotlar manipulyatorlar deb ataladigan mashinalar sinfiga kiradi. 
Manipulyatorlar – ko`p qavatlardan iborat mexanizm bo`lib, odam jismoniy 
harakatlarini taqlid qilishga mo`ljallangan 
Robot
(chexcha: 
robota
— “mehnat”) — sunʼiy mexanik qurilma
4

«Robot» so`zi birinchi marotaba 1920-yilda chex 
yozuvchisi Karel Chapekning «RUR» (Rossum universal 
robotlari) pyesasida ishlatilgan. Robot tushunchasi keng 
doiradagi turli sistemalar va qurilmalar bilan bog‘liq.
Robotni insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar 
(kuchli radiatsiya, yuqori temperatura va boshqalar)da, odam borishi qiyin boʻlgan 
obyektlarda (suv ostida, kosmosda) kishi funksiyasini qisman yoki toʻla bajaruvchi 
mashina deb ham atashimiz mumkin. Robot, boshqa tomondan, mashina ob'ektlar 
bilan o`zaro aloqa qilishi va ma'lum bir tarzda odam yoki hayvon xatti-
harakatlarini taqlid qilish uchun dasturlashtirilishi mumkin.
Elektronika, mexanika, muhandislik va IT: bu fanlar faqat robototexnika 
sohalarida birlashadigan fanlardir. Robototexnikaning asosiy maqsadi - bu 
4
“Introduction to Robotics. Mechanics and Control” Third Edition. John J. Craig Pearson Education Ltd., London-
2013. B.23 


12 
avtomatik ravishda ishlaydigan va odamlar uchun qiyin yoki imkonsiz ishlarni 
bajaradigan qurilma(loyiha)larni qurish. 
Hozirgi vaqtda tibbiyot sohasida yaratilgan robotlar aniqlik talab qiladigan 
juda murakkab jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etmoqda. Shunday qilib, robotlar 
yordamida inson tomonidan qilinadigan xavfni yo`q qilish mumkin.
Robotlarning 3 turi mavjud:
- dastur asosida ishlaydigan robot - monipulyatorlar,
- odam tomonidan boshqariladigan
- sunʼiy intellektli robot
Ish bajarish turiga qarab: Robot manipulyatorlar, axborot uzatuvchi Robot, 
turli harakatlarni bajaruvchi Robot va boshqalarga boʻlinadi
5

Robotning turli xil avtomatik tizimlar va qurilmalardan asosiy farqi, unda 
odam harakatlariga o`xshash harakatlar qila oladigan organning, ya’ni mexanik 
qo`llar (manipulyatorlar) ning borligi va u yordamida robot tashqi muhitga ta’sir 
qilish imkoniyati borligidir. Robot odam o`rniga turli xil manipulyatsiyalarni qila 
oladigan mashina – avtomatdir. 
Robototexnik tizim deb, shunday texnikaviy tizimga aytila- diki, unda 
energiya, massa va axborotlar bilan bog‘liq o`zgartirishlar va aloqalar sanoat 
robotlaridan foydalanilgan holda aks etadi. 
Sanoat robotlari tomonidan, o`rnini bosa oladigan funksiyalari va ular bajara 
oladigan operatsiyalarga ko`ra robotlashtirilgan texnologik majmua va 
robotlashtirilgan ishlab chiqarish majmualari farqlanadi. 
Bitta sanoat roboti o`zaro harakatda bo`ladigan, bir yoki bir nechta texnologik 
jihozlardan hamda majmua ichidagi ishning to`la avtomatik siklini va boshqa 
ishlab chiqarishlarning kirish va chiqish oqimlari bilan aloqalarni ta’minlovchi, 
yordamchi jihozlar yig’indisidan iborat ishlab chiqarish vositalarining avtonom 
harakat qiluvchi to`plamiga, robotlashtirilgan texnologik majmua deyiladi. 
Robotlar texnikasining asosiy 2 yoʻnalishi mavjud: sanoatda ishlatiladigan 
va favqulodda (ekstremal) sharoitda ishlatiladigan robotlar texnikasi. Sanoatda 
5
PIC Robotics A Beginner’s Guide to Robotics Projects Using the PICmicro John Iovine McGrawHill New York-
2010. B.12-54 


13 
ishlatiladigan Robot, Mas, Robotmanipulyatorda “mexanik qoʻllari“ va tashqi 
boshqarish pulti yoki oʻziga oʻrnatilgan dasturli boshqarish qurilmasi, EHM 
(kompyuter) boʻladi. Operator qoʻllarining harakatini bevosita yoki televizor 
ekranidan kuzatib boshqaradi. Koʻpincha Robot avtomatik boshqarish tizimi bilan 
jihozlanadi. Robotmanipulyatorlar, asosan, kishi salomatligi uchun xavfli boʻlgan 
(ekstremal) sharoitlarda qoʻllaniladi. Robotlar jarayonlarni avtomatlashtirishning 
eng samarali vositasi hisoblanadi.
Sanoat texnik jarayoni
6
– ishlab chiqarish muhiti uchun ishlatiladigan texnik 
jarayon ketma-ket tashkil etiladigan va ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarishga 
olib keladigan vazifalar va protseduralar guruhidan iborat. Xom ashyo yoki 
materiallar texnik ishlab chiqarish jarayonida tovar yoki mahsulotga aylantirilib
keyinchalik iste'mol yoki foydalanishga tayyorlanadi. Buning uchun sanoat turli 
xildagi texnologiyalarga, malakali mehnatga va ommaviy ishlab chiqarishni 
takomillashtirish uchun ma'lum usullarga ega bo`lgan murakkab mashinalardan 
foydalanadi. Bunday mashinalarni esa sanoat robotlari deb ataymiz. Hozirgi 
vaqtgacha sanoat robotining umumiy qabul qilin- gan ta’rifi yo`q. Turli 
mamlakatlarda sanoat robotining har xil ta’riflari taklif qilingan. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə