Haydarova kamolaxon zokirjon qizi arduino muhitida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish


III BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA TAHLIL



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/36
tarix24.12.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#158469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Haydarova MD

III BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA TAHLIL 
QILISH ................................................................................................................... 72 
2.4. 
Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish ............................................................ 72 
2.5. 
Tajriba-sinov ishlarining tahlili .................................................................. 74 
XULOSA ................................................................................................................ 80 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI ........................................ 83 
ILOVALAR ........................................................................................................... 86 
 

 



KIRISH 
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. 
Texnika asri talablariga javob beradigan kadrlarni shakllantirish uchun yurtimizda 
keng ko`lamli ishlar olib borilmoqda. O`zbekiston Respublikasi hukumati 
tomonidan texnika, texnologiya sohasidagi ilmiy va amaliy ishlarni rivojlantirish 
to`g’risida ko`plab qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilingan. Ushbu meyoriy 
hujjatlar asosida esa ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, 
robot texnikasini yaratish va amaliyotga tadbiq etish ishlarini rivojlantirish uchun 
keng imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilmoqda. 2020 yil 6 oktyabr kungi PQ-
4851 sonli “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada 
takomilashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan 
integratsiya qilish chora-tadbirlari to`g’risida” gi Prezident qarori buning yaqqol 
dalilidir. Shu maqsadda 2021-2022 o`quv yili davomida Respublika hududida jami 
82 ta, birgina Farg’ona viloyatida esa 8 ta informatika va axborot texnologiyalarini 
chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashgan maktablar ochilishi rejalashtirilgan. 
Keying 3 yil davomida bunday maktablar 205 tagacha yetkazilishi ko`zda tutilgan
1

Ish faoliyati yo`lga qo`yilgan bunday maktablarda axborot texnologiyalari fani 
chuqurlashtirib o`qitib kelinmoqda.
Tovar va hizmatlarni ishlab chiqarishni avtomatlashuvi – ushbu tushuncha 
jahon bozorida “manufacturing” deb ataladi. Hozirgi kunda xalqaro suniy 
intelektni ishlab chiqarish bozor hajmi 2020 yilda 51.08 milliard dollardan 2021 yil 
92.5 milliar dollarga yetgan, va 2028 yilda bu ko`rsatkich 641.30 millard dollar 
bo`lishi ko`zda tutilmoqda. Vaholanki 2021 yildagi O`zbekistonning yalpi ichki 
mahsulot qiymati 63.6 milliard dollarga teng bo`ldi. Micrasoft kompaniyasining 
2019 yildagi umumiy ishlab chiqarishning 15% i suniy intellekt samaradorligiga 
to`g’ri keladi. 2020 yilda bu ko`rsatkich 31 % ga yetgan. Shu kungacha Xitoy 
kompaniyalari mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun suniy intellekt qurilmalarini 
rivojlantirish maqsadida 150 milliard dollar pul sarf qilgan. Bu 2030 yilga borib 
1
O’zbekiston Respublikasining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada 
takomilashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-
tadbirlari to’g’risida”. PQ-4851 son 6.10.2020.



Xitoy kompaniyalarining avtomatlashuv darajasini dunyoda yetakchi o`ringa 
chiqaradi. Hozirgi kunda Singapur va Tailand hukumatlari o`z kompaniyalarini 
avtomatlashtirish bo`yicha katta loyihalar uchun investitsiyalar jalb etmoqda. 
Bundan tashqari bu sohaga Buyuk Britaniya 1.3 milliard dollar sarmoya kiritdi. 
Ushbu ma’lumotlarga nazar tashlar ekanmiz, robototexnika sohasi hozirgi kunda 
yetakchi sohalarga aylanayotganini ko`rishimiz mumkin. Ushbu sohani mukammal 
darajada o`qitish va malakali kadrlarni yetishtirish esa har bir davlat oldidagi 
muhim fazifalardan biridir. 
Butun dunyodagi robototexnika sohasini o`qitish bo`yicha yetakchi bo`lgan 
davlatlar beshtaligiga Shvetsiya, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Korea va Daniya 
davlatlarining ketma-ketligi kiradi. Bizga ma’lumki bu davlatlar rivojlangan 
davlatlar qatorida kuchli 10 talikdan o`rin egallagan. Buning asosiy sababi, ushbu 
davlatlarning zamonaviy ta’lim dasturlarida robototexnika kursi yetakchi o`rinlarni 
egallaganidir. Jahon statistika ma’lumotlariga nazar tashlasak, barcha rivojlangan 
mamlakatlarning boshlang’ich ta’lim tizimida robototexnika kurslari fan sifatida 
kiritilgan va ularga alohida e’tibor qaratiladi. Hatto Yaponiya davlatida bu soha 
maktabgacha ta’lim tizimi (bog’cha)dan boshlab o`rgatiladi. Shu sababli jahon 
mehnat bozorida Yaponiyaning muhandis-mutahassislariga talab tobora oshib 
bormoqda. Demak robototexnikani maktabda fan sifatida o`rganish zaruriy 
ehtiyojga aylanib ulgurgan. Bundan tashqari robototexnika darslari maktab 
o`quvchilariga tanqidiy fikrlashni, dunyoviy tasavvurni rivojlantirishni, turli 
darajadagi murakkab muammolarni hal qilishda ijodiy yondashishni,hamda 
jamoada ishlash ko`nikmalarini egallashga yordam beradi. Robototexnika darslari 
amaliy faoliyatni taqozo etgani tufayli, maktab moddiy-texnik bazasini shu 
yo`nalishdagi asbob-uskunalar bilan jihozlash muammosi ko`ndalang bo`lishi 
tabiiy. Chunki robototexnika uskunalari va jihozlarining kamyobligi va qimmatligi 
bor gap. Nafaqat ta’limda, balki sanoatda tajribada qo`llanilmagan har qanday 
mahsulotni tavakkal tarzda ishlab chiqarish kelajakda qimmatga tushishi mumkin. 
Bunday masalalarni simulink dasturlari hal qilishi mumkin. Virtual laboratoriya 



ko`rinishiga ega ushbu dasturlar ta’lim tizimida muhim hisoblanib, soha 
o`rganuvchilariga qulay imkoniyatlar yaratib beradi. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə