Hayot faoliyati xavfsizligi


Avariya va fojiali hodisalarning keltirib chiqaradigan omillar



Yüklə 144,44 Kb.
səhifə13/15
tarix22.03.2024
ölçüsü144,44 Kb.
#183416
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
mustaqil ish2

5. Avariya va fojiali hodisalarning keltirib chiqaradigan omillar

Avariya va falokatlar hohlagan paytda turli xil sharoitlarda, masalan, temir yo‘l, avtomobil, suv yo‘li, aviatsiya transportlarida sodir bo‘lishi mumkin:




  1. temir yo‘l transportida avariya va fojia bo‘lishining asosiy sababi, yo‘llarning to‘g‘ri bo‘lmasligi, harakatlanuvchi tarkibning kamchilikka ega bo‘lishi, ya’ni boshqarishda texnik nosozliklarning mavjudligi (signal bo‘lmasligi va boshq.) yurish qoidalarini buzilishi va boshqa sabablardir.

Bundan tashqari temir yo‘llarda avariyalar: poezdlarning izdan chiqib ketishi, bir-biri bilan to‘qnashishi, yong‘in chiqishi va vagonlarda olib ketilayotgan portlovchi moddalarning portlashi bilan ham sodir bo‘ladi. Yana temir yo‘l transportlarida avariya va fojialar tabiiy ofatlar natijasida ham bo‘lishi mumkin.


Masalan, 1988 yil 4-iyunda Arzamas-1 stantsiyasida Gorkiydan Qozog‘istonga olib ketilayotgan yuk poezdining 3ta vagonida portlash yuz berib, natijada 2 ta lokomotiv, 11ta vagon, 250 m temir yo‘li va unga yaqin bo‘lgan inshoatlar talofat ko‘rgan. Bu voqeadan keyin tezlikda qutqarish ishlari olib borilib, vagonlar ag‘darilib bosib qolingan joylardan odamlar olib chiqilgan va ularga darhol tibbiy yordam ko‘rsatilgan. So‘ngra avariya-texnik, yong‘inga qarshi kurash bo‘linmalari o‘z vazifalarini bajarishga kiishganlar. Ko‘rinadiki, fuqaro muhofazasi tizimlarning harakati tufayli avariya oqibatlari tezlik bilan tugatilgan va odamlarni halokati ham moddiy zarar qiymati anchagina kamaytirildi.
Temir yo‘l transportida bo‘ladigan avariyalar oqibatini tugatish tartibi, talofat ko‘rganlar soniga, ularni holatiga, talofot ko‘rgan transport hajmiga, olib ketayotgan yuk tavsifiga, joyning relefiga, ob-havo sharoitiga, kunning vaqtiga va boshqa omillarga qarab olib boriladi. Shuning uchun favqulodda vaziyat tavsifiga qarab fuqarolar muhofazasi tizimlari o‘z yo‘nalishlarini olib boradilar.



  1. Yüklə 144,44 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə