Hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 59,45 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü59,45 Kb.
#166471
  1   2   3   4

MAZU: “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANINING ILMIY FAN SIFATIDA JAMIYATDAGI O‘RNI


Reja:
Kirish.

  1. Hayot faoliyati xavfsizligi” fanning rivojlanish bosqichlari.

  2. Hayot faoliyat xavfsizligi” fanining maqsadi va vazifalari.

  3. Hayot faoliyati xavfsizligi” fanning ilmiy fan sifatida jamiyatdagi o‘rni.

Xulosa

KIRISH

Mustaqillik sharofati bilan inson manfaati, uning qadr-qimmati va sihat-salomatligiga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan buyon Prezidentimiz olib borayotgan siyosat, huquqiy demokratik davlat qurish yo‘lidagi sa’y-harakatlari tufayli mamlakatimiz aholisining turmush tarzi, madaniy va ma’naviy hayot darajasi kundan kunga taraqqiy etib bormoqda.


Xalqimiz yangi ming yillikning dastlabki 10-yilligiga qadam qo‘ydi. Bu esa eng avvalo yangicha fikrlash, yangicha yashash sharoitiga o‘tish demakdir. Ushbu sharoitda “inson-tabiat-jamiyat” o‘rtasidagi muvozanatni saqlash faqat qonun ustuvorligi va keng ko‘lamli izlanishlar asosida amalga oshirishi mumkin.
«Jamiyat fuqarolarning huquklari va erkinliklarini himoya qilishni taminlangandagina u chinakam fuqarolik jamiyatiga aylanadi. Kishi o‘z huquqlarini aniq va ravshan bilishi, ulardan foydalana olishi, o‘z huquqi va erkinliklarini himoya qila olishi lozim. Buning uchun avvalo mamlakatimiz aholisining huquqiy madaniyatini oshirish zarur bo‘ladi»[1].
Barcha fuqarolarning huquqiy me’yorlarga rioya etishi, qonun talablarini bajarishi, qonunga itoatkorligi, demokratik fuqarolik jamiyatda huquqiy madaniyatning yuqori darajasini ko‘rsatadi.
Biz o‘z haq-huquqlarini taniydigan, kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni paytda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz zarur. Eng muhimi, barcha rivojlangan huquqiy demokratik davlatlar qatori qonun asosida yashashni o‘rganishimiz zarur. SHunday ekan inson mehnatini qonunlar doirasida muhofaza qilishni o‘rganish har bir insonning hayotda mustaqil o‘z o‘rnini egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. SHu sababdan ham mehnatni muhofaza qilish qo‘yidagicha ta’riflanadi: bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
Insoniyat o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida kishilik jamiyatining turli bosqichlarini bosib o‘tdi. SHulardan har qaysi tuzumdagi mehnat sharoitini tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning barchasida ham insonlar uchun mehnat sharoitida yuzaga keladigan ko‘pgina muammolarni sanab o‘tishimiz mumkin. Masalan, ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarining xususiyat jihatidan bir-biriga to‘g‘ri kelmaganligi sababli bir tuzumdan ikkinchisiga o‘tib kelindi. Bunday tuzumlarning rivojlanishi, bir-biriga o‘tishi juda murakkab kechganligidan tarix guvohlik beradi.
Har bir jamiyatda ko‘plab olimlar, davlat arboblari o‘z davriga mos ravishda mehnat muhofazasiga doir asarlar, kitoblar bitishgan. Bu borada buyuk vatandoshlarimiz bo‘lmish Forobiy, Al-Beruniy, Ibn-Sino, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur kabi qator allomalarni shular qatorida sanab o‘tishimiz mumkin.
Fan va texnika rivoji bilan mehnatga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi. Ular turlicha toifalarga bo‘lindi. Dunyo mamlakatlarining har birida mehnat muhofazasiga doir qonun va hujjatlar o‘ziga mos ravishda ishlab chiqildi. Respublikamizning Konstitutsiyasida xam ushbu masala puxta ishlab chiqilgan va uning haqiqiy ko‘rinishi qo‘yidagicha qabul qilingan qonunlarda o‘z ifodasini topgan:
-1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi;
- 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to‘g‘risidagi»;
- 1993 yil 6 mayda esa O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi» qonuni qabul qilingan. Undagi boblarda asosan O‘zbekiston Respublikasida barcha sohalarda ishlayotgan xodimlarga yaxshi mehnat sharoitini yaratish maqsadida mehnatni muhofaza kilish to‘g‘risida barcha me’yoriy hujjatlar bayon qilingan. Ushbu qonunda mehnatni muhofaza qilishga doir quyidagi huquqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan:
a) mehnatni muhofaza qilinishini ta’minlash:
- mehnat muhofazasining me’yorini ta’minlash;
-korxonalarda mehnatning sog‘lomlik va xavfsizlik sharoitlarini ta’minlash;
b) ishlovchilarning mehnatni muhofaza qilishga doir huquqlarini ro‘yobga chiqarishdagi kafolatlar;
v) mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik.



Yüklə 59,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə