Hayvonot dunyosini muhofazasi


Tegishli chora - tadbirlar



Yüklə 19,32 Kb.
səhifə3/3
tarix09.03.2022
ölçüsü19,32 Kb.
#84400
1   2   3
Hayvonot dunyosini muhofazasi

Tegishli chora - tadbirlar ko’ rilganligi tufayli qayta tiklangan turlar. Ular haqidagi ma’lumotlar yashil rangli qog‘ozga bosiladi. 1966 yilda “Kizil kitob” ning birinchi va ikkinchi jildlari nashr etildi. I jild sutemizuvchi hayvonlarga bag’ishlanib, 236 tur va 292 kenja turni o’z ichiga oladi. Ulardan suv kalamushi, oq ayiq,, kung‘ir ayiq, (Tyanshan va Zakavkaze kenja turlari), Amur yo’lbarsi, ilvirs, qoplon, sirtlon, qizil bo’ri, zubr, qulon, Buxoro bug‘usi, shimol bug‘usi (YAngi yer kenja turi), Moral bug‘u, burama shoxli echki, jayron, menzbir sururi, Atlantika morji, Grenlandiya kiti, Janubiy Yaponiya kiti, tulenlardan monax va kuril tulenlarining nomlarini keltirish mumkin. “Kizil kitob” ning II jildiga 287 tur va 341 kenja tur kushlar kiritilgan. Ularning 8 turi bizning mamlakatimizda yashaydi. Bular Qizil oyok ibis, Qora turna, Ussuriya turnasi, Oq turna, Yaponiya turnasi, O’zoq, Sharq oq laylagi va boshqalar.

“Qizil kitob” ning 1971 yilda bosilgan III jildida, quruqlikda va suvda yashovchilardan 34 tur va kenja tur, sudralib yuruvchilarning 119 turi hamda kenja turlari haqida ma’lumotlar berilgan. Bu jildga O’rta Osiyoda hayot kechiradigan kulrang echki emar ham kiritilgan. Xalqaro “Qizil kitob” doim yangi ma’lumotlar bilan tuldirib boriladi. “Qizil kitob” ga kiritilgan jonivor qaysi mamlakat xududida hayot kechirsa, ularni saqlash uchun shu mamlakat butun insoniyat oldida ma’naviy javobgardir. Lekin,

Xalqaro “Qizil kitob” ga ayrim mamlakatlardagi noyob va yo‘qolish arofasidagi ba’zi turlar holi kiritilgan emas. Shu munosabat bilan ko’pgina malakatlar Xalqaro “Qizil kitob” namunasida o’zlarining milliy “Qizil kitob” larini yaratdilar yoki yaratmoqdalar. 1974 yil sobiq Ittifoqda “Qizil kitob” joriy etiladi.

O‘zbekiston faunasi 677 tur umurtqali hayvonlar (sutemizuvchilar-108, qushlar432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va baliqlar-77) va 32484 tur umurtqasiz hayvon turlaridan iborat. O‘zbekistonda turon yo‘lbarsi, qizil bo‘ri, gepard, yo‘l-yo‘l giena kabi turlar qirilib ketgan. Ustyurt qo‘yi, morxo‘r, ilvirs (qor barsi), buxoro bug‘usi, qoplon va boshqa ayrim turlar yo‘qolish arafasidadir. O‘zbekistonning «Qizil kitobi»ga hayvonlarning 184 turi kiritilgan.

Hayvonot olami tiklanadigan tabiiy resurslar guruhiga kiradi va qulay sharoitda tiklanish xususiyatiga ega. Lekin, qirib tugatilgan hayvon turlarini tiklash mumkin emas. Hayvonlar turlarining tarkibi va soni qadim zamondan buyon turli sabablarga ko’ra o’zgarib kelmoqda. Tabiiy sharoitning o’zgarishi ta’siri ostida ayrim turlarning qirilib ketishi va tarqalishining qisqarishi sodir bo’lgan. Lekin, tabiiy o’zgarish o’zoq, davom etadigan jarayon bo‘lib, u juda sekin boradi.

Bunday o’zgarishning xavfi katta emas. Ammo, inson ta’sirida turlar sonining o‘zgarishi va butunlay yoqolishi ancha tez ro’y beradi. Bu ta’sir qadim zamonlardan boshlangan, lekin fan-texnika taraqqiyoti natijasida ayniqsa kuchaydi. Inson xo’jalik faoliyatining ta’siridan ko’p hayvon turlarining soni qisqardi, ba’zilari esa butunlay yoqolib ketdi. Insonning hayvonot dunyosiga ta’siri bevosita hamda bilvosita yo‘llar bilan bo‘ladi. Insonning hayvonot dunyosiga bevosita ta’siri asosan go’sht, mo‘yna, yog‘ va boshqa mahsulotlar olish uchun hayvonlarni ov qilishdan iborat. Inson paleolit davrida olov va quro’l ishlatishni o’rgangandan buyon hayvonlarni ko’plab ovlab, ularga sezilarli darajada ta’sir ko’rsata boshladi. Lekin, yer yuzining turli joylarida insonning hayvonlarga ta’siri turli vaqtda va turli darajada ro’y beradi.

Ko‘pchilik organizmlar inson tomonidan to’g’ridan-to’g’ri qirish natijasida emas, balki ular hayot kechiradigan tabiiy komplekslarni — biogeotsenozlarni nobud qilish natijasida yoqolib ketmoqda. Har bir yo’q qilingan o’simlik turi bilan shu o’simlik hayotiga bog’liq bo’lgan kamida 5 ta umurtqasiz hayvon turi nobud bo’ladi. Fauna va floraning yarmi uchraydigan tropik o’rmonlarning 40 foizi yo‘q qilingan. Hozirgi paytda minutiga 20 ga maydonda o’rmon kesilmoqda. Agar, o’rmonlarni kesish shu tezlikda boradigan bo’lsa, XXI asr o’rtalariga kelib, tropik o’rmonlar yer yuzida mutlaqo qolmaydi, buning natijasida planetamizdagi hayvonlarning yarmidan ko’prog’i qirilib ketadi.

Ko’pchilik hayvon turlarining qirilishiga yangi maydonlarning o’zlashtirilishi: yerlarni xaydash, yangi sanoat kompleklarini barpo etish, yo‘llar kurish, shahar va qishloqlarning kengayishi va boshqalari sabab bo‘lmoqda. Qurilishning ko‘payishi, katta-katta maydonlarning qishloq xo’jaligi uchun o’zlashtirilishi, tog‘kon sanoatining rivojlanishi, daryolarda to‘g‘onlarning qurilishi, tuproq eroziyasi va boshqa sabablarga ko’ra 449 umurtqali hayvonlar turi yo’qolib ketish xavfi ostida turibdi. Ular orasida 127 ta baliq turi va 27 amfibiyalar turi (ularning 80 foizi)

yashash muhitining yomonlashuvi natijasida qirilish xavfi ostida, sutemizuvchilarning 158 turi (68 foizi), qushlarning 102 turi (58 foizi) va sudralib yuruvchilarning 40 turi (53 foizi) yo’qolish arafasida. Yashash sharoitining buzilishi natijasida qirilib ketish xavfi ostida turgan hoyvon turlarining eng ko’pi Shimoliy va Markaziy Amerikada - 103, Janubiy - Sharqiy Osiyoda - 42, Janubiy Amerikada - 30, Madagaskarda - 25, Karib dengizi orollarida - 23, Tinch okeani orollarida - 22, Hind okeanida - 18, Afrikada - 16 hayvon turilari aniqlangan. Turli makonlarda xaddan tashqari ko’p miqdorlarda ovlanish natijasida sudralib yuruvchilarning 47 turi, sut emizuvchilarning 121 turi, qushlarning 53 turi, amfibiyalarning 10 turi va baliqlarning 19 turi yer yuzidan yo’q bo‘lib ketish xavfi turilmoqda. Ayrim turlarning nobud bo‘lishiga shakllangan biotsenozlarga yaxshi o’rganmagan turlar qiritilishi sababdir. Bunga Avstraliya yerlariga qo’yib yuborilgan quyonlar va ularning ko’payishi sababli katta maydonlar cho’lga aylantirib yuborganligi yaqqol misoldir. Bunday misollarni boshqa qitalardan ham keltirish mumkin. Balxash ko‘liga qo’yib yuborilgan sudak baliqlari faqat shu ko’lda uchraydigan balxash olabug’a baligining kamayib ketishiga olib keldi. Muhitning ifloslanishi ham hayvonlar hayotiga salbiy ta’sir kursatdi. Ayniqsa, suvning ifloslanishi suv havzalaridagi hayvonlarning ekologik sharoitini yomonlashtirib, ba’zan ularning nobud bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Suv ifloslanishdan, ayniqsa, baliqlar katta zarar ko’rdi. Baliq bevosita zaharlanishdan tashqari kislorodning kamayib ketishidan ham zarar ko’radi. Ba’zan, baliqlar uchun xavfsiz bo‘lgan oz miqdordagi zaharlovchi moddalar baliqlarning ozuqasi hisoblangan umurtqasiz jonivorlarni o’ldiradi va baliqlar ozuqasiz qolib, nobud bo’ladilar.

Yer kurrasining chuchuk va sho‘r suvli havzalarida 20 mingdan ortiq baliq, turi ma’lum. O’rta Osiyo suv havzalarida 110 dan ziyod baliq turi uchraydi. Baliq turlarining ancha qismi ovchilik nuqtai nazaridan axhamiyatga ega, yuzlab baliq zotlari esa estetik maqsadlarda akvariumlarda ko’paytiriladi. Suv havzalarini zararli o’simliklardan tozalashda (masalan, oq amur), turli kasalliklar tarqatuvchi Hasharotlarning lichinkalarini va boshqa zararli hayvonlarni yo‘q, qilishda foydalaniladigan baliqlar mavjud. Baliqlar ko‘pgina mamlakatlarning xalqlari oziq-ovqat mahsuloti tarkibida katta o’rin tutadi. Turli mamlakatlar aholisining oksil bilan ta’minlanishida baliqlar salmogi 17 dan 83 foizga etadi. Dunyo bo’yicha baliq ovlash yer kurrasi aholisining soniga nisbatan tez o’sadi. Masalan,

1800 yilda ovlangan baliq kishi boshiga 1,5 kg ga to‘g‘ri kelgan bo’lsa, 1900 yili 2,6 kg dan, 1966 yilda dunyodagi har bir kishi boshiga 18 kg dan baliq ovlangan. Yer kurrasi bo’yicha ovlanadigan balig‘ning 90 foizi dunyo okeaniga va ochiq dengizlarga to’g’ri keladi. Ichki suv havzalarida baliq ovlash ko’p mamlakatlarda me’yoriga etgan va turg‘unlashgan yoki qisqargan. Dunyo okeanidan baliq va boshqa umurtkasiz hayvonlarni, ularning biologik mahsuldorligiga zarar etkazmasdan, har yili 800-900 mln. t. ovlash mumkin. Hozir esa buning 70 foizdan ortiqrogi ovlanadi. Buning ustiga suv havzalari ifloslanishidan hayvonlar mahsuldorligi pasaymoqda. Ayrim joylarda baliqlar zaharlangan, ovlashni ko’paytirish mumkin emas, ba’zi baliqlar yo‘qolish arofasida turibdi. Bularga Amudaryo lopatonoslari, Orol baxrisi, Orol sozan baligi, Sirdaryo lopatonosi va boshqalar kiradi. Suv havzalarining ifloslanishi baliqlardan tashqari suvda hayot kechiruvchi sutemizuvchilar va qushlarning kamayishga ham sabab bo‘ladi. Inson xo’jalik faoliyatining salbiy ta’siri natijasida, ya’ni muntazam ov qilish, baliqchilik va asosan hayvonlar yashash sharoitini yomonlashuvi ular miqdorining ham, shuningdek, turlari sonining ham kamayishiga olib keladi. Bu jarayon ayniqsa fan-texnika taraqqiyoti davrida tezlashadi. Yigirmanchi asrning 10 yilida

33 tur, oxirgi 50 yilda esa 40 tur batamom yo‘qolgan. Ayrim hayvon turlarining butunlay yo‘qolishi bilan birga, ba’zi tur vakillari keskin kamaygan, ular tarqalgan maydoni qisqargan, boshqa turlar esa ayrim o’lka va mamlakatlarda butunlay qirilib ketgan. Masalan, AQSHning Alabama shtatida ilonlarning 3 turi, Luiziana shtatida pestitsidlarni ko’plab qo’llash oqibatida baqalarning 4 turi yo‘qolgan. Shimoliy Amerikaning janubiy-g’arbiy qismida baliqlarning 7 turi butunlay qirilib ketgan. Kavkazda inson ta’sirida hayvonlarning 9 turi — sher, yovvoyi xukiz - TUR) qulon, sirtlon, kundo’z, bug‘u, yovvoyi ot, zubr, va yo’lbars, O’rta Osiyoda turon yo’lbarsi, tuvalok, batamom yo‘qolgan. Avstraliya, Afrika va Shimoliy Amerikada ayniqsa ko’p hayvon turlari qirilib bitgan.

Okeandagi ba’zi orollarning hayvonot dunyosi odamlar dastidan ayniqsa katta zarar ko’rgan. Masalan, Gavay orollarida qushlarning 26 turi yoki butun turlarning 60 foizi kirilib bitgan. Maskaran orollaridagi mahalliy qushlarning 28 turidan 24 tasi yoki 86 foizi yo‘qolgan. Hozirgi vaqtda 600 dan ortiq turli gurux turlari yo’qolish xavfi ostida. Hayvonlarning tabiiy miqdori kamayib borishi dunyoning barcha mamlakatlarida ko’zatilib, jaxonshumul muammoga aylanmoqda, lekin hayvon turlarining bunday yo‘qolib va kamayib borayotganiga ularni rejasiz, ko’payish imkonini hisobga olmagan xolda ov qilish, kimyoviy moddalarni noto’ri ishlatish, soz va buz yerlarni xaydash, o’rmonlarni kesish, suv havzalarini quritish kabilar sabab bo’lmoqda.




Nazorat savollari.


  1. Hayvonlarning biosfera va inson hayotidagi ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

  2. Yer yuzida nechta hayvon turlari mavjud?

  3. Insoning hayvonlarga qanday ta’sir shakllari mavjud?

  4. «Qizil kitob» va uning ahmiyati.

  5. O’zbekistonning hayvonlari va ulardan foydalanishning ekologik muammolari..

  6. O’z yashaydigan joyingizdagi noyob o’simlik va hayvon turlari bo’yicha malumotlarni tuplang va ularni muhofaza qilish tadbirlarini belgilang

Yüklə 19,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə