Himoyaga ruxsat etildi


Zardushtiylik taʼlimotiga oid yondashuvlar tahlili



Yüklə 176 Kb.
səhifə4/6
tarix29.01.2023
ölçüsü176 Kb.
#99665
1   2   3   4   5   6
ddt oyisha tahrir

1.2. Zardushtiylik taʼlimotiga oid yondashuvlar tahlili
Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga nisbatan monoteitsik ta’limotdir. U behuda qon to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash , deb hisoblaydi.
Zardushtiylik dinida qo’riq yer ochib, uni bog’-u rog’ga aylantirgan odam xudoning rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi. Bunga ko’ra, insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo’lajak, har bir inson o‘lgandan so‘ng o‘zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko’p bo’lsa na xursandlik va na xafalik ko’rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig’inishi shart. 6
Zardushtiylik ta’limotida murdani tuproqqa koʻmish yoki kuydirishni ta’qiqlaydi. Bu oqim jonning oʻlmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va doʻzaxni ham eʼtirof etadi. Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. Zardushtlik ruhoniylari alohida tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Zardushtlik arshakiylar va sosoniylar podsholigi davrida hukmron dinga aylangan. Zardushtlik 13 yuzyillik davomida ajam mamlakatlarida asosiy din boʻlib kelgan. Arablar 7-asr oʻrtalari — 8-asr boshlarida Eron va Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin Islom dini hukmron dinga aylangach, zardushtiylar quvgʻin qilindilar. Zardushtiylar Hindiston va Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yazd va Gilon viloyatlarida ularning soni 100 mingdan, Hindistonning Maharashtra, Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni tashkil qiladi.
Avestoning “Yasht” qismida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmaydilar va uning taʼlimotini qabul qilmaydilar. Zardusht vatanni tark etib, qo'shni davlatga ketadi. Zardushtiylik rivojlangan ilohiyotga ega, ya'ni dunyoning tuzilishi va uning taqdiri haqidagi g'oyaga ega, ammo zaif dogmatik tizimga ega dindir. Bu har bir zardushtiy birinchi navbatda oqilona fikr yuritishi va dunyo taraqqiyotining zardushtiylik tarixi haqidagi qarashlariga muvofiq harakat qilishi kerakligi bilan izohlanadi.
“Avesto”dagi ta’limot bir tomondan, yerli qabila, elatlarni turli mahalliy ko'rinishdagi bid'at va xurofotlarta'siridan xalos bo'lishiga, ikkinchidan, mahalliy etnoslarning chuqur ildiz otib, mustahkamlanib, etnik shakllanishiga va uchinchidan, ishlab chiqarish jarayonining tobora kengayib, ijtimoiy munosabatlarning takomil-lashuvi jarayoniga sezilarli turtki berardi. Buning ustiga, «Avesto»da zardushtiylikning umumbashariy ahamiyati va mohiyatidan tashqari unda o'lkamizda ilk boshqaruv tizimining amal qilganligi to'g'risida ham qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Mamlakatni idora qilgan shaxs «Kavi» deb yuritilgan. Oqsoqollar kengashi - «varzanapoti», «Xanjamana», xalq yig'ilishi - v'yaxa deyilgan. Zardushtiylik yakkaxudolik g'oyasiga asoslansa-da, aslida ko'p xudolik elementlarini saqlab kolgan holda dualistik bo‘lib koldi. Bunga sabab Zardusht ta’limotining murakkabligi oqibatida uning umumiy nomi devi, dayva (osmon) bo'lgan turli xudolarga sig‘ingan otashparastlar tomonidan qiyinchilik bilan qabul etilganligidir. Zardushtiylik dayv dovlarni inkor etib, ularni abstrakt yagona xudo g‘oyasi bilan almashtirdi. Birok dunyo butkul yaxshi bo'lib qololmaydi. Ezgulik bilan yonma-yon turgan yovuzlik sabablarini, ijobiy hodisalar bilan bir qatorda sodir bo'layotgan salbiy holatlarni tushuntirish lozim edi. Bunday savollarga javoban, yomon misol tariqasida yovuz asoslar g‘oyasi kelib chiqdi. Yaxshilikka xizmat kiluvchi kishi bu misoldan xulosa chiqarishi kerak edi. Negaki, Axuramazda qudratli hisoblanadi. Uning qo’lidan yovuzlikni boshidanoq yo‘q qilish keladi, biroq u bunday qilmaydi. U insonga yovuzlik va ezgulik orasida tanlash imkonini beradi.Chunki e’tikod faqat inson o'z xudosiga, ezgulik g‘oyasiga oxirigacha vafodor bo’lsagina chin va haqiqiy sanaladi. Zardushtiylik dualizmida uning ikki asosi avval-boshdanoq bir-biriga zid bo'lib, ular orasida cheksiz kurash boradi. Bu kurashda ezgulik yovuzlik ustidan g‘alaba qiladi, aks holda dunyo yo’q bo‘lib ketardi. Axuramazdaning ezgulik asosining g'alabasi uning osmondagi navkarlari, yaʻni xudolar va boshka eʻzozlanadigan osmon ahlisiz amalga oshishi mumkin emasdi. Bular yuqorida aytilgan. Axuramazdaning olti emanasiyasi bo'lib, ular ameshaspenta (mangu yashovchilar) deb ataladi. Mitra- quyosh xudosi hisoblanadi. U - xudoga berilgan va’dalarning bajarilishi, ya’ni Mazdayasna dinida bo'lish qaroridan qaytmaslik ustidan qat’iy nazorat olib boradi. U keng yaylovlar, ezgu dunyoning cheksiz yerlari xvanirat egasi bo'lib, unda dinning ravnaq topishini ta’minlaydi. Manbaning turli ma'lumotlariga ko'ra, qadimda zargarlik, kulolchilik, to'quvchiiik, temirchilik singari hunarmandchilik turlari ham o'ziga xos tarzda rivojlangan. «Avesto»dagi bosh ma'buda - ezgulik, yorug'lik, yaxshilik, baxt-iqbol xudosi Ahura Mazda bilan yomonlik, yovuzlik, qorong'ulik, razolat timsoli - Ahriman o'rtasidagi doimiy murosasiz kurash g'oyasi zardushtiylik (otashparastlik) dinining asosiy mazmunmi tashkil qiladi. Zardusht payg'ambar sifatida Ahura Mazda tilidan vahiy qilingan muqaddas kalomlarni, nasihatlar va oyatlarni xalqqa, odamlarga yetkazishga da'vat etkuvchidir. Zero, Zardusht har bir masalada fikr yuritganda, Ahura Mazda nomini tilga oladi, unga murojaat etadi. Bir o'rinda u bunday xabar beradi: «Biz Ahura Mazdani ulug'laymiz, u chorvani, suvni va o'simlikni, yorug'likni va yerni yaratgan ... ». «Avesto»da moddiy dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Yer, suv, havoni bulg'ash, olovga tupirish eng og'ir gunoh sanaladi.7 “Avesto” avvalgi dinlarda rasm bo'lgan insonlarni qurbonlik qilishni qat'iyan man etadi va ularning daxlsizligini himoya qiladi. Zardushtiylar dinida ta'kidlanadiki, odamzod yashashga haqli bo'lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo'q. Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilgan bo'lib, u insonning baxt-u saodati ramzi sifatida ulug'langan. Shu bois, ajdodlarimizning ko'plab toLy-tomoshalari, xursandchilik marosimlari olov yoqish, lining atrofida keng davra qurish bilan bog'liq holda o'tkazilgan. Bu odatlarning ba'zilari hozirgacha ham saqlanib qolgan. Shaharlar, ahoii manzilgohlarining eng gavjum joylarida maxsus qurilgan otashkadalar bo'lib, ular doimo ziyoratchilar bilan to'la bo'lgan.
Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, doimiy farog'atli hayot inson uchun uzoq notanish hayoliy jannatda emasn balki insoniar yashaydigan shu tiriklik dunyosida bo'ladi. Bu maqsad, marraga yetish uchun esa odamlar juda ko'p murakkab va jiddiy sinovlardan o'tishlari lozimdir. Bu din izdoshlarining fikriy yondashuvining muhim jihati shundaki, Ahura Mazda tomonidan insonni yaratish nazariyasidir. Zardushtiylik muqaddas matnlariga muvofiq oliy xudo Ahura Mazda dastlab fravashi xalqining ajdodlari yashagan ma’naviy olamni yaratgan, so‘ngra moddiy olamni yaratgan. Har qanday zardushtiy uchun muhim fazilat halollik va adolatga intilishdir: ko‘pgina diniy matnlarda adolatli sudya Axura Mazdaga o‘xshaydi, deb aytiladi, nohaq sudya esa o‘z nomusini buzgan holda Angra Mainyu va uning yovuz jinlari devalar kabidir. Zardushtiylar o'zlarining halolligi bilan ajralib turishganligi sababli, o'rta asrlarda ko'plab savdogarlar ular bilan muomala qilishni afzal ko'rishgan.8
Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, yer va havo ulug’lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha pats, baland «sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning go’shtlarini qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e’tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og’zaki rivoyatdan yig’ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa «Videvdat» bo’limiga o’zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan.
Zardushtiylik Eronning qadimiy dualistik dini boʻlib, uning izdoshlari Axura Mazda (“Dono Rabbiy”) va uning samoviy lashkariga sigʻinib, Angra Mainyu (“Nafratli ruh”) va uning iblislari bilan kurashgan. minionlar - dunyo dinlarini o'rganishga akademik yondashuvda juda muhimdir. Venger maskili Aleksandr Kohut, o'zining boshqa ishlari qatorida, 11-asr Aruxning klassik Talmud lug'atini tahrir qildi va sezilarli darajada kengaytirdi, uni fors etimologiyasi bilan to'ldirdi. U zardushtiylik farishtashunosligi va demonologiyasiga qiziqib qolgan va u fors va yahudiy diniy tizimlari oʻrtasida bir nechta oʻxshashliklarni keltirib chiqargan.
VII asrda O’rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi.
XX asrda yahudiy olimlari zardushtiylikni qiyosiy nuqtai nazardan oʻrganishni davom ettirdilar, biroq ularning ishlarida avvalgi teologik dolzarblik sezilmadi. Xristian hamkasblari bilan birgalikda yahudiy olimlari ko'proq "ob'ektiv" kontekstda ishlay boshladilar va boshqa janglarga o'tdilar; ular teologik komponentsiz zardushtiylik bilan qiziqdilar. Shunga qaramay, endi, avvalgidek, akademik fil suyagi minorasida amalga oshirilgan bo'lsa ham, bunday tadqiqotlarning kengroq amaliy ahamiyatidan qochish mumkin emas. Har bir taqqoslashda hukm urug'lari bor; har qanday taqqoslash harakati portlovchi potentsialga ega. Eron Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e’tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960-yilda zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o’tkazildi. Keyingi kongresslar Bombeyda o’tkazildi.


Yüklə 176 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə