Hindistonning dastlabki madaniyat markazlari


Hinduiylikning paydo bo‘lishi



Yüklə 96 Kb.
səhifə3/4
tarix15.04.2023
ölçüsü96 Kb.
#105738
1   2   3   4
Hindistonning dastlabki madaniyat markazlari

Hinduiylikning paydo bo‘lishi
Hinduiylik (Induizm) murakkab din bo‘lib, u ijtimoiy tashkilot, turli dinlar qorishmasidir. U kastachilik asosiga qurilgan. Braxmanlik bilan buddaviylik o‘rtasida kasta ta’limoti bo‘yicha kurashni ifodalovchi hinduiylik dini shakllandi. Bu dinga Hindiston aholisining 83% e’tiqod qilib, uning asosiy sharti Hindistondagi kasta tizimini qabul qilishdir. Hinduiylikda besh qoida va aqida tan olingan.

  1. Vedalarning muqaddasligi;

  2. Guru (pir, ustoz) ning tan olinishi;

  3. Muqaddas joylarga ziyoratga borish;

  4. Sanskrit muqaddas til ekanligi;

  5. Sigirning muqaddas ekanligi tan olingan.

Hinduiylikda braxmanlar asosiy o‘rin egallab, kengroq “Mahobxorat” muqaddas yozuvlar qatoriga qo‘shilgan. Braxmanlar eski aqidalar zamon talabiga javob bermasligini ko‘rgach, yangi qonun -qoidalarga xos turli oqimlarni yuzaga keltirib, buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. Hinduiylik braxmanlikdan farq qilib unda “Mahobxorat” va boshqa she’riy matnlar sanskrit tilidan zamonaviy hind tiliga tarjima qilinib, asl matni bilan bir xil hisoblangan. Hinduiylikda braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan yoki ayollardan bo‘lishi mumkin.
Hinduiylikda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, Shiva xudolari asosiy bo‘lib, Braxma ularning eng kattasi, dunyoni yaratgan xudosi. Shunga qaramay, hinduiylikda asosan Vishnu va Shivaga topinadilar. Hinduiylik ikki asosiy oqimga bo‘linadi:

  1. Shivaga sig‘inuvchilar oqimi.

  2. Vishnuga sig‘inuvchilar oqimi.

Shiva –kambag‘allar xudosidir. U Rigvedaning birinchi nusxalarida Pudra nomi bilan zikr etilgan. U Ishana, Shivara, Maxadeva (Buyuk xudo) nomlari bilan ham ataladi. Shivaizm Hindistonda 13 ga yaqin asosiy oqimlari mavjud. Bu oqimlar tridandina, smart, dandi, lingachilar, yoglar maktra, shakta va boshqa oqimlar bo‘lib, xalq orasida Shivaning bir ming sakkizta nomi mavjud.
Vishnu. Hozir Hindistonda birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi ilohdir. Rigvedada u quyosh xudosi – birinchi darajali xudo hisoblanib, ibodat paytida uni Savitar Roxita, Surya, Audita nomlari bilan ataydilar. U “Krishna bilan qo‘shilib yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon deb tan olinadi”.
“Mahobxorat” va “Ramayana” dostonlarida “Avatara” – insonning Vishnuga qo‘shilib ketishi haqida so‘z yuritiladi. Vishnu ba’zida to‘rtqo‘lli qilib tasvirlanadi. Vishnu hech qachon inson va hayvonni qurbonlik qilishlarini talab qilmagan.
Krishna murakkab obraz bo‘lib u haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq, osmon, quyosh bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida ta’riflanadi.
Vishnuizm bayramlari turli-tuman bo‘lib, ular bir necha kunlarga cho‘zilib ketadi. Ular duolar o‘qish, ta’zim bajo keltirish, ommaviy diniy marosimlarda qatnashish, hadya, qurbonliklar atash, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi hovuzlarda cho‘milish kabilar bo‘lgan. Bu marosimlar faqat ruhoniylar boshchiligida bajariladi. Sigir muqaddas hayvon hisoblanganligi uchun u xudolar qatorida e’zozlanadi. U keyinchalik “tirik but”ga aylanib, Shivaning ma’budlik o‘rnini to‘ldirdi. Vishnuizmda muqaddas hayvon maymun bo‘lib Rigvedada “Vrishakani (erkak maymun) timsolida Xanumanning timsolini ko‘rishimiz mumkin”,-degan rivoyat keltirilgan. Maymun Ram (Ramayana dostonidagi odam-xudo) ning ittifoqchisi maymun –xudo Xanumanning vakili sifatida ulug‘lanadi.
Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb e’tiqod qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy, ramziy sohalaridagi tizimi murakkablashib ketadi. Xalq ommasi doirasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga sig‘inish davom etmoqda.




Yüklə 96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə