Lorem ipsum dolor sit amet



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#137610
  1   2   3   4
Sanjar ppt

UrDU Tabiiy va qishloq xójaligi fanlar fakulteti biologiya sirtqi yónalishi 203-guruh talabasi Allamberganov Sanjarning ósimliklar fiziologiyasi fanidan KURS ISHI


MUNDARIJA
Kirish.
I-bob. Adabiyotlar sharhi.
II-bob. Asosiy qism.
II.1. Ósimliklar hayotida nafas olishning ahamiyati
II.2. Uglevodlar dissimilatsiyasining asosiy yóllari
II.3. Nafas olish ekologiyasi
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH


Nafas olish muhim fiziologik jarayon bo'lib, barcha tirik organizmlarga xos xususiyatdir. Bunda uglevodlar muhim ahamiyatga ega. Biroq uglevodlarning tirik organizmlarda bajaradigan vazifasi faqat ularga energiya etkazib berish bilan yakunlanmaydi. Ularning parchalanishida bir qator oraliq birikmalar hosil boladi. Bu birikmalar ósimliklar tanasida uchraydigan boshqa organik moddalarning (yoglar, aminokislotalar va boshqalar) asosini tashkil etadi.
Fotosintez jarayonida hosil bo'lgan shakarlar va boshqa organik moddalar o'simlik hujayralarining asosiy oziqa moddalari hisoblanadi. Bu organik moddalar tarkibida ko'p miqdorda kimyoviy energiya to'planib, nafas olish jarayonida ajralib chiqadi va hujayradagi barcha sintetik reaksiyalarni energiya bilan taminlaydi. O'simliklar hujayralarida boradigan oksidativ reaksiyalar organik moddalarning kislorod ishtirokida anorganik moddalarga (CO2 va H2O) parchalanishi va kimyoviy energiya ajralib chiqish jarayoni nafas olish deyiladi. Bu jarayonning shakliy tenglamasini quyidagicha ko'rsatish mumkin:
C6H1206+6O2 = 6CO2 + 6H2O+ energiya (2875kDJ mol).

I-bob. Adabiyotlar sharhi


Nafas olish jarayonida kislorodning o'rni haqidagi ilmiy ta'limotni birinchi bor A.L. Lavuaze (1773-1778) tomonidan yaratilgandir.
Nafas olish jarayoni ko‘plab olimlarni qiziqtirgani uchun ularning ilmiy yo‘nalishlarining asosini tashkil qiladi. Ushbu olimlarga biz A.N. Bax, B.l. Palladin, O. Barburg va boshqalarni misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
A.N. Bax kislorodni faollovchi moddalarni oksigenazalar deb atadi.
Olmon biokimyogari O.G.Barburg (1921) va angliyalik biokimyogar D.Keylin lar (1925) fikricha hujayralarda O2 yutilishiga yordam beruvchi sitoxromoksidaza fermenti va sitoxromlar mavjuddir.
A.L. Lavuaze
I.P.Borodin
Olmon tabiatshunos olimi G.Viland ham bioiogik oksidlanish bu vodorodni ajratib olishdan iborat degan.
G.A. Krebs (1937) migratsiyalanuvchi kaptarlar muskuli misolida ikki va uch karbon kislotalarining oksidlanib CO2 moddasigacha aylanishi jarayonlarining ketma ketligini va ushbu jarayonning limon kislotasi hosil bo‘lishi bilan borishi hamda uning vodorodni tortib olinishi natijasida bo‘lishini ko‘rsatgan.
Glioksilat sikli G.L. Kamberg va G.A. Krebs (1957) tomonidan tuban organizmlar, ya’ni bakteriyalar va zamburug‘lar misolida kashf etilgan.
I.P.Borodin (1876) o‘simliklar ustida qator tajribalar o‘tkazib bargli o‘simliklarda nafas olish jarayoni jadalligi birinchi navbatda ularning yorug'likda to‘plagan uglevodlar miqdoriga bog'liq ekanligini isbotlagan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə