Lorem ipsum dolor sit amet


II-bob. Asosiy qism. II.1. Ósimliklar hayotida nafas olishning ahamiyati



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#137610
1   2   3   4
Sanjar ppt

II-bob. Asosiy qism. II.1. Ósimliklar hayotida nafas olishning ahamiyati


Nafas olish muhim fiziologik jarayon boʻlib, barcha tirik organizmlarga xos xususiyatdir. Bunda uglevodlar muhim ahamiyatga ega. Biroq uglevodlarning tirik organizmlarda bajaradigan vazifasi faqat ularga energiya etkazib berish bilan yakunlanmaydi. Ularning parchalanishida bir qator oraliq birikmalar hosil bo'ladi. Bu birikmalar o'simliklar tanasida uchraydigan boshqa organik moddalarning (yog'lar, aminokislotalar va boshqalar) asosini tashkil etadi. Demak, o'simlik tanasidagi organik moddalarning turli xilligida nafas olishning ahamiyati katta.

Nafas olish koeffitsenti


O'simliklarning nafas olish jarayonida ajralib chiqqan karbonat angidridning yutilgan kislorodga bo'lgan nisbatiga-nafas olish koeffitsienti deyiladi. (NK): Biologik oksidlanish jarayonida uglevodlardan tashqari boshqa organik moddalar (yog'lar, yog' kislotalari, oqsillar va boshqalar) ham ishtirok etishi mumkin. Shuniig uchun nafas olish jarayonida ishtirok etadigan organik modda turiga qarab nafas olish koeffitsientining darajasi ham har xil bo'ladi. Nafas olish jarayonida uglevodlar ishlatilsa, koeffitsient birga teng bo'ladi:
C6H12O6 + 6O2 = 6CO2 + 6H2O+ energiya

A.N.Baxning peroksid nazariyasi


1897 yilda A.N.Bax biologik oksidlanishning peroksid nazariyasini ishlab chiqdi. Unga ko'ra, atmosferadagi molekulyar kislorod inert holatda bo'lib, organik moddalari oksidlay olmaydi Buning uchun uning tarkibidagi qo'sh bog'ning bittasi uzilishi va faol holatga o'tishi zarur: Kislorod oson oksidlanuvchi modda (A) bilan birikib, qo'sh bog'dan bittasi uziladi va peroksid (AO2) hosil qiladi: A.N.Baxning fikricha, akseptor (A) bilan birlashib faol holatga o'tgan kislorod boshqa moddani (V) ham oksidlantirishi mumkin:Natijada akseptor vazifasini bajaruvchi oksidlanuvchi modda (A) yana osonlik bilan ajralib qoladi.

II.2. Uglevodlar dissimilatsiyasining asosiy yóllari


Glikolizning asosini tashkil qiluvchi reaksiyalarni shartli ravishda Uchta bosqichga bólish mumkin.
I. Tayyorgarlik bosqichi. Bu geksozaning fosforirlanishi va uning parchalanishi natijasida ikkita fosfouchlikga aylanishidir.
II. Birinchi substratli fosforirlanish. Bu 3 fosfoglitserinal degiddan boshlanib 3-fosfoglitserin-kislotasining hosil bólishi bilan tugaydi. Aldegidning kislotagacha oksidlanishi jarayoni energiya ajralishi bilan boradi. Ushbu jarayonda har bir fosfouchlik hisobiga bir mol ATF sintezlanadi.
III. Ikkinchi substratli fosforirlanish. Bunda 3-fosfoglitserinkislotasi ichki molekulyar oksidlanish hisobiga bir molekula fosfatni ATF sintezi uchun beradi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə