Lorem ipsum dolor sit amet


Glikoliz jarayonining energetikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#137610
1   2   3   4
Sanjar ppt

Glikoliz jarayonining energetikasi


Yuqorida aytib o'tilganidek glikoliz jarayonida bir mol glukozadan ikki mol pirouzum kislotasi hosil bóladi. Shuning bilan birgalikda glikolizda 4 mol ATF va 2 mol NAD-H2 hosil bóladi. Ammo glikoliz jarayonining birinchi bosqichida 2 mol ATF geksozaning fosforirlanishiga sarf bóladi.
Binobarin, glikolizning substratli fosforlanishi jarayonining toza energetik balansi 2 mol ATF moddasining hosil bólishidir.
Bundan tashqari glikolizning ikkinchi bosqichida fosfouchlikning har bir molekulasi hisobiga bir molekuladan NADH qaytariladi. Mitoxondriylarning nafas olish zanjirida O2 ishtirokida har bir molekula 3 mol ATF sintezlanadi.

Glikolizning hujayradagi vazifasi


Aerob sharoitda glikoliz quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
1) nafas olish substratlari bilan Krebs sikli orasidagi bog‘liqlikni ta’minlaydi;
2) hujayraning energetik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan, har bir molekula glukoza molekulasi hisobiga (anaerob sharoitda parchalanishi natijasida) 2 mol ATF va 2 mol NADF sintezlanadi;
3) hujayradagi sintez jarayonlari uchun har xil intermediantlar hosil bólishiga, masalan, lignin va fenol birikmalaming biosintezi uchun zarur bo‘lgan fosfoenolpiruvat hosil bólishiga yordam beradi;
4) xloroplastlarda glikolitik reaksiyalar natijasida NADFH birikmasiga bog'liq bo'lmagan ATF biosintezi uchun sharoit yaratadi; bundan tashqari xloroplastlarda zaxiralangan kraxmal metabolik jarayonlar natijasida 3 fosfor birikmalariga aylanib xloroplastlarda tashiladi.
II.2.1-rasm. Glikoliz reaksiyasining sxemasi (В.В .Kuznetsov, G.A.Dmitriyeva bo'yicha, 2004): I-geksokinaza, 2-fosfoglukoizomeraza, 3-fosfofruktokinaza, 4-aldolaza, 5-glltseraldegid-3-fosfatdegidrogenaza, 6-fosfoglitseralkinaza, 7—fosfoglitseralmutaza, 8-enolaza, 9—piruyatkinaza.

II.3. Nafas olish ekologiyasi


Nafas olish o'simliklaming turiga, yoshiga va yashash muhitiga bog‘liqdir. Yosh organizmlarda nafas olish kuchli bo‘ladi. Ontogenezning oxirida esa nafas olish jadalligi pasayib boradi. Tinim holatdagi urug'larda nafas olish jadalligi juda past bo'ladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə