Mavzu: O’quvchilarga ta'lim berishda pedagogik qobiliyatining ahamiyati Reja



Yüklə 27,97 Kb.
səhifə1/5
tarix12.04.2023
ölçüsü27,97 Kb.
#105279
  1   2   3   4   5
o\'quvchilarga ta\'lim berishda pedagogik qobiliyatining ahamiyati


MAVZU: O’quvchilarga ta'lim berishda pedagogik qobiliyatining ahamiyati
Reja:



  1. Qobiliyat va pedagogik qobiliyat tushunchasi.

  2. Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi.

  3. O’qituvchining kommunikativ madaniyati.

  4. Pedagogik boshqaruv mahorati.


1. Qobiliyat va pedagogik qobiliyat tushunchasi
Qobiliyat - shaxsning individual psixik xususiyati bo’lib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart- sharoitini ifodalovchi individual psixologik sifatlar yig’indisidir. Qobiliyat insonni hayotiy faoliyati davomida shakllanadi. Taniqli olim Govard Gardner qobilyatlarni intellektlar to’plami deb ta’riflagan. Bizga ma’lumki, bilim bu ilmiy mutoalalar natijasidir Qobilyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatdir. Qobilyat bilim olish uchun shart-sharoit yaratadi. Tug’ma qobilyat zehn deb atalsada, iqtidor, iste’dod, donolik-insonning ijodiy faoliyati jarayonida erishiladigan qobilyatlarning rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobilyatlar shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo’lgan sifatlaridir.
Ijodkorlik bu sifat jihatidan yangi, orginal, takrorlanmas biror yangilikni paydo qiluvchi faoliyatdir. Ijodkorlik mahsuldor, evristik, kreativ turlarga bo’li- nadi. Mahsuldor ijodkorlikda har qanday muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi. evristik ijodkorlik jamiyatda ro’y berayotgan kasbiy faoliyatga oid yangiliklarni o’zlashtirishni anglatadi. Kreyativ ijodkorlik yangi nazariyalarni yaratadi. Qobiliyat umumiy (aqliy faollik, tanqidiylik, tahlil qilish, diqqatni jamlash, e’ti- borlilik), maxsus (tashkilotchilik, loyihalashtirish, matematik, ijodiy, badiiy, musiqiy) turlarga bo’linadi. Qobilyatning yuqori darajasi talant deb yuritiladi. Talant - biror faoliyatni muaffaqiyatli mustaqil va mukammal bajarishni ta’min- laydigan noyob qobiliyatlar birikmasidir.
Pedagogik qobiliyatning sifatlari: o’z kasbiga muhabbat, o’quvchilarni seva olish; mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi; pedagogik odobga ega bolishi; bolalar jamoasiga singib keta olishi; o’z mehnatiga ijodiy yondashishi; javobgarlikni his qilishi; tarbiyaviy bilimlarni egallaganligidan iborat.
Odamning qobiliyatlari bilim va ko’nikmalarni egallash uchun faqat imkoniyat hisoblanadi. Bu bilim va ko’nikmalar egallanadimi yoki yo’qmi, bularning hammasi, juda ko’p sharoitlarga bog’liqdir. Bolada namoyon bo’lgan musiqa qobiliyati uning musiqachi bo’lishiga kafil bo’la olmaydi. Bolaning musiqachi bo’lishi unga maxsus ta’lim berilishi, qatiylik, salomatligining yaxshi bo’lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa sharoitlar bo’lishi kerak. Bularsiz qobiliyat taraqqiy etmay, so’lib ketishi ham mumkin. O’quvchida hali zaruriy ko’nikma va malakalar sistemasi hamda mustahkam bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo’qligiga asoslanib, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo’q deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi bo’ladi. Bolalik paytida ma’lum qobiliyatlarning atrofdagilar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik shu qobiliyat tufayli shon-shuhrat topgan odamlar ko’p.
Qobiliyatlar faoliyatining muhim komponentlari bo’lishi bilim, malaka, ko’nikmalar bilan aynan bir narsa bo’lmasa-da, ular bir-birlari bilan bog’liqdir. Qobiliyatlar bilim, malaka, ko’nikmalarning o’zida ko’rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo’ladi, ya’ni boshqacha aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez va chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishingizda namoyon bo’ladi. Xuddi shu yerda yuzaga chiqadigan fikrlar bizga qobiliyatlar haqida gapirish huquqini beradi.
Demak, qobiliyatlar shaxsning (qobiliyatini) faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan bilim, ko’nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individual- psixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma’lum sifatlari yig’indisi odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oralig’ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, bu narsa bizga mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor deb xulosa chiqarishga asos bo’ladi. Agar boshqa bir odat bo’lgan shunday holatlarda faoliyat talablariga javob bera olmasa, unday paytda bu unga tegishli psixologik sifatlar boshqacha aytganda qobiliyatlar yo’q deb faraz qilishga asos bo’ladi. Bunday odam kerakli ko’nikma va bilimlarni umumiy egallab olmaydi degan xulosaga borilmaydi. Bularni egallash jarayoni cho’zilib ketadi, pedagogdan ko’p kuch va vaqt sarflashni talab qiladi.
Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichiga iste’dod deb ataladi. Iste’dod deb odamga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli mustaqil va orginal tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi. Iste’dod mahoratning dastlabki sharti bo’lib, lekin mahoratning o’zidan ancha uzoqdir. Mohir usta bo’lmoq uchun juda ko’p ishlash kerak. Iste’dod mehnatdan ozod qilmaydi, balki katta, ijodiy va zo’r mehnatni taqozo qiladi. Iste’dodli kishilar shubhasiz mehnat orqali olamga mashhur bo’lgan mahorat darajasiga erishganlar. Haqiqiy mahorat inson iste’dodining faoliyatida nomayon bo’lishidir.
Qobiliyatlar murakkab strukturaga ega bo’lgan psixik sifatlar yig’indisidan iboratdir. Qobiliyat sifatida namoyon bo’ladigan psixik sifatlar yig’indisining struktura natijasida konkret faoliyat talabi bilan belgilanadi va har xil turdagi faoliyatlar uchun turlicha bo’ladi, endi shulardan pedagogik qobiliyat va uning tuzilishini ko’rib chiqamiz.



Yüklə 27,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə