Mavzu: O’quvchilarga ta'lim berishda pedagogik qobiliyatining ahamiyati Reja



Yüklə 27,97 Kb.
səhifə4/5
tarix12.04.2023
ölçüsü27,97 Kb.
#105279
1   2   3   4   5
o\'quvchilarga ta\'lim berishda pedagogik qobiliyatining ahamiyati

4.Pedagogik boshqaruv mahorati

Dars jarayonida o’quvchilar bilish faoliyatini boshqarish bir necha omillarga bog’liq. Ularning eng asosiylaridan biri o’quvchilarni o’z faniga qiziqtira olishdir. Olimlar ta’kidlaganidek, faqat qiziqishgina psixik jarayonlar va ularning idrok, diqqat, xotira, tafakkur va iroda kabi funksiyalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.


Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchining bilishga oid qiziqishlari ko’p qirrali qiyofalarda namoyon bo’ladi: o’quvchini harakatchan va qiziquvchanligi, o’quvchining ayrim o’quv faoliyatiga shuningdek, umuman o’qishga bo’lgan motivlari, o’quvchi shaxsining o’ziga xos belgilari va uning yo’nalishini qaror topishi ana shular jumlasidandir.
O’quvchi yosh davriga xos tabiiy faolligi, biror bir aqliy qiziqish bilan qamrab olinmasa, uni qaysi tomon boshlab ketishini oldindan aytish qiyin. SHuning uchun ham K.D.Ushinskiy «zo’rlash va majburlashga asoslangan o’qitish» o’quvchining aqliy rivojlanishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmasligini alohida ta’kidlab o’tgan edi. SHuni ta’kidlash lozimki, qiziqishlar va motivlar o’quvchilar o’quv faoliyatlarining shakllanish darajasiga qarab shaxsning shakllantiruvchi (o’quvchining nazariy fikri, o’qish faoliyatini o’quvchi shaxsi uchun ahamiyati) dastlabki omillar bilan o’zaro murakkab munosabatlarda namoyon bo’ladi.
O’quvchilarning o’qishga (bilishga) bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish shartlari qanday? Mohir o’qituvchi ularni darsda o’quvchilarda shakllantirish uchun nima qilishi kerak? O’quv faoliyatini faollashtirish va o’qishga bo’lgan qiziqishlarni doimo rivojlantirib borish uchun nima qilish kerak?
Mohir o’qituvchi o’quvchilarda o’qishga bo’lgan qiziqishlarni shakllantirish va doimo rivojlantirib borish uchun quyidagilarga amal qilishi muhimdir: O’quv- chilarni bilishga intilishini, fanga umuman olganda aqliy mehnatga qiziqishlarini rivojlantirish o’quv jarayonini shunday tashkil etilishini ta’minlaydiki, unda o’quvchi faol harakat qiladi, mustaqil izlanish va yangi omillarni «kashf etish» ga, muammoli vaziyatlarni o’zi hal etishga intiladi. O’quv faoliyati boshqa faoliyatlar kabi faqat turlicha bo’lgandagina, qiziqarli bo’ladi. Bir xil usulda axborot berish va bir xil usuldagi harakatlar tez orada zerikishni vujudga keltiradi. Fanga bo’lgan qiziqishni shakllantirishda bu fanni va uning ayrim qismlarini o’rganishning zarurligi, muhimligi va maqsadga muvofiqligini o’quvchilarga anglatish juda zarurdir. O’tilayotgan material oldingi material bilan qanchalik ko’proq bog’lab tushuntirilsa, u o’quvchilarga shunchalik qiziqarliroq tuyuladi. O’quv materialini o’quvchilarni qiziqtiradigan narsalar bilan bog’lab tushuntirish ham, ularni darsga qiziqtirishda muhim rol o’ynaydi. O’rtacha qiyinlikdagi o’quv materiali ham o’quvchilarda qiziqish uyg’otmaydi. O’quv materiali bir oz qiyinroq, lekin o’quvchilar kuchi yetadigan bo’lishi kerak. O’quvchilar bajargan ishlarni tez-tez tekshirish ham ularni fanga bo’lgan qiziqishini uyg’otadi. O’quv materialining aniqligi, hissiyotga boyligi, o’qituvchining zavqlanib gapirishi ham o’quvchiga, uni fanga bo’lgan qiziqishini ortishiga juda katta ta’sir ko’rsatadi.

Yuqoridagi ta’riflarda pedagogik boshqaruv mahoratining qaysi jihati yaqqol ko’zga tashlanadi? Pedagogik boshqaruv mahorati o’qituvchilar tomonidan o’qitish metodlarini tanlashga alohida e’tibor beradilar. O’quvchilarning frontal, differensiyalashgan va yakka tartibdagi faoliyatlarining umumiy jihatlari ko’proq bo’lsa-da, ularni tashkil etish o’qituvchidan o’ziga xos ijodiy yondashishni talab qiladi. O’quvchilik faoliyatining obyektini tarkibi va o’ziga xosligi uning har bir aniq vaziyatga ijodiy yondashishini taqozo qiladi. Agar butun sinf, guruh va alohida shaxsga nisbatan bir xil metod bilan ta’sir ko’rsatilar ekan, unda tarbiyasi ham, ijodiy yondashish ham barbod bo’ladi.


Ayrim hollarda o’qishga qiziqtiruvchi metodlardan, boshqa hollarda esa burch va javobgarlikni his etishni rag’batlantiruvchi metodlarga ko’proq e’tibor berish tavsiya etiladi. Tajribali o’qituvchilar o’tilayotgan mavzuni xalq xo’jaligi masalalarini hal etishdagi ahamiyatiga oid qiziqarli misollar keltiradilar, didaktik o’yinlardan, o’quvchilar faolligini rag’batlantiruvchi turli usullardan foydala-
nadilar. Lekin o’quvchi faoliyatida hamma narsani ravshan va qiziqarli holda tasavvur etish qiyin. SHuning uchun ham o’qituvchi o’quvchilarda paydo bo’la- digan qiyinchiliklarni yengish uchun o’ziga iroda va qat’iylikni ham tarkib topshirishi zarur.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun avvalo ta’lim va tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o’z o’quvchilarini turli o’quv faoliyatiga jalb qiladi. Bu bilan o’quvchilarda muayyan bilim, ko’nikma, malakalar va xulqni shakllantiradi.
Lekin aynan bir xil metod bilan ishlagan turli o’qituvchilarning erishgan natijalari ham turlicha bo’lishi aniqlangan. Buning ustiga, sinovdan o’tkazilgan metodlardan foydalangan bo’lsalarda, ayrim o’qituvchilar, hatto eng quyi darajadagi o’zlashtirish natijalariga ham erisha olmaganlar. Bunday o’qituvchilar: «Hamma narsani metodik tavsiya asosida bajardim, nima uchun bolalar mavqey solish, qaysarlikni va dars tayyorlamaslikni yana davom ettirmoqdalar?» - deb hayron bo’ladilar. Gap shundaki, o’quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda o’qituvchi tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta’sir ko’rsatadi.
Pedagog faoliyatining boshqaruv mahorati uning shaxsi, harakteri, o’quvchilar bilan muomalasiga ham ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Odatda bularning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Lekin tajribali pedagog uning xatti-harakati o’quvchilarga qanday ta’sir ko’rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Bunday o’qituvchilarning ilhombaxsh muammolaridan o’quvchilarda o’qishga intilish o’zlarida yanada yaxshiroq o’qishni uddalay olishiga ishonch hissi paydo bo’ladi. Bu holda ta’lim va tarbiya metodlari pedagog shaxsida mujassamlangan sifatlarni amalga oshirish va undan o’quvchiga axloqiy fazilatlarni o’tkazish vositasiga aylanadi. SHuning uchun ham, pedagogik mahoratni o’qituvchi shaxsi sifatlarining majmui sifatida qarab, uni o’qituvchi yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lishi bilan bog’liq bo’lishini e’tirof etish lozim.
Pedagogik muloqot haqida tushuncha. Muloqotga qo’yiladigan talablar
Muloqot –yunoncha suxbatlashuv, shaxslararo suxbat , o’zaro fikr almashuv ma’nolarini anglatib, ikki va undan ortiq kishilarning so’zlashuvida paydo bo’ladi.
Pedagogikada muloqot- O’qituvchi va o’quvchilar jamoasining o’zaro ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib, uning mohiyati , o’zaro fikr almashish ta’limiy, tarbiyaviy ta’sir o’tkazishida , o’zaro bir birlarini tushunishlariga erishishlarida namoyon bo’ladi.
Pedagogik muloqot- o’qituvchining o’quvchilarga ta’sir o’tkazishi asosida o’zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashgan faoliyatini bajarishdir Pedagogik muloqot xususiyatlari
Muloqot –o’qituvchining pedagogik faoliyatidagi eng muhim kasbiy kurol hisoblanadi
Muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega


Yüklə 27,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə