Mavzu: O’quvchilarga ta'lim berishda pedagogik qobiliyatining ahamiyati Reja


Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi



Yüklə 27,97 Kb.
səhifə2/5
tarix12.04.2023
ölçüsü27,97 Kb.
#105279
1   2   3   4   5
o\'quvchilarga ta\'lim berishda pedagogik qobiliyatining ahamiyati

2. Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi

Pedagogik faoliyatning samarali bo’lishi pedagogik mahoratga erishish uchun o’qituvchida quyidagi qobiliyat turlari mavjud bo’lmog’i va tarbiyalab yetishtirilmog’i lozim. Bilish qobiliyati, kuzatuvchanlik qobiliyati, nutq qobiliyati, tashkilotchilik qobiliyati, obro’ orttira olish qobiliyati, to’g’ri muomala qilish qobiliyati, kelajakni ko’ra bilish qobiliyati, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati. Bu pedagogik qobiliyatlar shaxsning aqliy tomonini ham, emotsional - irodaviy tomonini ham harakterlab beradi. Bu sifatlarning hammasi bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib, bir-biriga ta’sir etadi va bir butunlikni hosil qiladi.


Tushuntira olish qobiliyati - o’qituvchining o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, material yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berish, o’quvchilarda mustaqil ravishda faol qiziqish uyg’otish qobiliyatidir.

O’qituvchi zarur hollarda o’quv materialini o’zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o’quvchilarga yetkaza olishi darkor.


O’qituvchi o’quvchining mustaqil fikrlashini rag’batlantira oladi. Lekin ayrim hollarda shunday fikrlarni uchratamiz: «o’qituvchi opamiz hech narsaga yaramas edilar, yo’l-yo’lakay biror narsani mutlaqo tushuntirib bera olmasdilar.»
O’quvchilar ruhiyatini hisobga olib borish bu qobiliyatlarga asos qilib olinadi. Qobiliyatli pedagog o’quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo’yganliklarini tasavvur etadi. Ko’pchilik o’qituvchilarga, ayniqsa tajribasi katta o’qituvchilarga, o’quv materiali oddiy tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigandek tuyulmaydi.
Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zini o’quvchining o’rniga qo’ya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo’lgan narsaning o’quvchilarga tushunarsiz va mavhum bir narsa bo’lishi mumkin ekanligiga asoslanib ish tutadi. SHuning uchun u bayon etishni harakter va shaklini alohida o’ylab chiqadi hamda rejalashtiradi. Qobiliyatli o’qituvchi materialni bayon etish jarayonida turli o’quvchilarning tushuntirilayotgan materialni qanday o’zlashtirayotganlarini qator belgilar asosida to’g’ri aniqlab oladi va zarurat tug’ilgan hollarda bayon qilish usulini o’zgartiradi. SHuningdek qobiliyatli o’qituvchi o’quvchilarning saboqni o’zlashtirib olishlari uchun zamin tayyorlab, ularning dam olishdan ishga o’tishlari bo’shashish, lanjlik, loqaydliklariga barham berish uchun minimal darajada vaqt ajratish zaruratini hisobga oladi. U tegishli vaziyat yuzaga kelmagunga qadar ish boshlamaydi. Masa­lan, darsning haddan tashqari zo’riqish bilan va kuchli boshlanishi o’quvchilarda muhofaza qiluvchi tormozlanish deb atalmish holatiga sabab bo’ladi, miya faoliyati tormozlanadi va o’qituvchining so’zlari yetarli darajada idrok qilinmaydi.
Kuzatuvchanlik qobiliyati o’quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati o’quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog’liq bo’lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Qobiliyatli o’qituvchi uncha katta bo’lmagan tashqi ko’rinishlar asosida o’quvchining ichki holatidagi juda arzimagan o’zgarishlarini ham fahmlab oladi. O’quvchilarning ba’zan shunday gaplarini eshitamiz: «qaramayotganga o’xshaydi- yu, hamma narsani ko’rib turadi», «o’qituvchimiz biror o’quvchining xafa bo’lganini yoki dars tayyorlamaganligini ko’zidan biladi».
Nutq qobiliyati - nutq yordamida shuningdek imo-ishora vositasida o’z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. Bu o’qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O’qituvchining nutqi darsda hamisha o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. O’qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotgan, o’quvchining javobini tahlil qilayotgan, ma’qullayotgan yoki qoralayotgan bo’lsa ham uning nutqi hamisha o’zining ichki kuchi, ishonchi, o’zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi.
Fikrlar ifodasi o’quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo’ladi. O’qituv- chining bayoni o’quvchilar fikri va diqqatini yuqori darajada faollashtirishga qaratiladi. O’qituvchi o’quvchilar oldiga savollar qo’yib, ularni asta-sekin to’g’ri javob berishga olib boradi, o’quvchining diqqatini ishga soluvchi hamda fikrini faollashtiruvchi so’z va iboralar qo’llaniladi. O’qituvchi o’zundan uzoq jumlalar, murakkab so’z birikmalari, murakkab iboralarni qo’llashdan qochadi. O’rinli yumor, hazil, yengilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi, uni o’quvchilar yaxshi qabul qiladilar. O’qituvchining nutqi aniq, jonli obrazli, talaffuzi jihatidan erkin ifodali, hic-hayajonli bo’lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchra- masligi lozim. Bir xildagi cho’ziq zeriktiradigan nutq o’quvchilarni tez charcha- tadi, ularni lanj, loqayd qilib qo’yadi. Ayrimlar tez, ayrimlar sekin gapirishga moyil bo’ladilar. O’quvchilarning o’zlashtirishlari uchun o’rtacha, jonli nutq yaxshi natija beradi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o’quvchilar asabini buzadi, toliqtirib qo’yadi.
Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan o’quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarini hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan o’z ishini to’g’ri uyushganligini nazarda tutadi. O’z ishini tashkil etish deganda ishni to’g’ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o’qituvchilarda vaqtni o’ziga xos his etish ishlanmasini vaqtga qarab to’g’ri taqsimlay olish, belgilangan muddatda ulgurish xususiyati hosil bo’ladi. Dars davomida, kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari uchrab turadi. Ammo tajribali o’qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o’zgartira oladi.
Obro’ orttira olish qobiliyati - o’quvchilarga bevosita emosional irodaviy ta’sir ko’rsatish va shu asosda obro’ orttira olishdir. Obro’ faqat shu asosdagina emas, balki o’qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatligi va hoka- zolar asosida ham qozoniladi. Avtoritar qobiliyatlar o’qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamligi, qat’iyligi, talabchanligi va hokazolar) shuningdek o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini his etishga o’zini haq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni o’quvchilarga yetkaza olish kabilarga ham bog’liq. O’quvchilar qo’pollik qilmaydigan, qo’rqitmaydigan, to’g’ri talab qo’ya oladigan o’qituvchini hurmat qiladilar.
Kommunikativ qobilyat - to’g’ri muomala qila bilish qobiliyati. Bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtayi nazardan juda samarali o’zaro munosabat o’rnata bilish pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
Kelajakni ko’ra bilish qobiliyati - o’z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko’rishda, o’quvchining kelgusida qanday odam bo’lishi haqidagi tasavvur bilan bog’liq bo’lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarini taraqqiy etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga, odamga ishonish bilan bog’liq bo’ladi.
Diqqatni taqsimlash qobiliyati - o’qituvchi uchun diqqatning barcha xusu­siyatlari hajmi, kuchi, idora qilina olishi ham taraqqiy etgan bo’lishi muhimdir.

Yüklə 27,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə