Mavzu: O’quvchilarga ta'lim berishda pedagogik qobiliyatining ahamiyati Reja


O’qituvchining kommunikativ madaniyati



Yüklə 27,97 Kb.
səhifə3/5
tarix12.04.2023
ölçüsü27,97 Kb.
#105279
1   2   3   4   5
o\'quvchilarga ta\'lim berishda pedagogik qobiliyatining ahamiyati

3.O’qituvchining kommunikativ madaniyati
O’qituvchining kommunikativ qobiliyati- o’qituvchining fikr almashuv bilan bog’liq xususiyatidir.O’qituvchining kommunikativ qobiliyati o’qituvchi va o’quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik o’rniniongli intizom egallashi bilan harakterlanadi.
Kommunikativ qobiliyat yo’nalishlari-o’quvchilarni ishontirish, o’quvchilar onggiga ta’sir etish, o’zgalarga taqlid qilish yo’nalishlariga bo’linadi.
O’quvchilarni ishontirish- o’quvchilar onggiga qaratilgan bo’lib, o’qituvchi fikr-muloxazalarini ta’sirchan nutq orqali o’qusvchining bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, xatti –harakatiga ta’sir etadi va uni qisman o’zgartiradi.ishontirish ta’sir ko’rsatishning asosiy vositasi va usulidir.
O’quvchilar onggiga ta’sir- o’zaro fikr almashish jarayonitda shakllanadigan murakkab psixologik xususiyat bo’lib, o’qituvchi kommunikativ qobiliyatining universalomili hisoblanadi.
Taqlid qilish-shaxsnineg psixik xususiyati bo’lib, o’zi sevgan biror bir inson harakatiga , namunasiga amal qilishidir.
Pedagogik ta’sir ko’rsatish usullariga -talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri kiradi.
Ta’sir ko’rsatishda o’qituvchi amal qiladigan qoidalar
Tarbiyaning aniq maqsadga yo’naltirilganligi
Tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog’liq hodisa ekanligi
Shaxs xususiyatlarini inorbatga olish
Shaxsga nisbatan hurmatda va talabchan bo’lish
Tarbiyaviy ishni izchil, muntazam olib borish.
So’z bilan og’zaki ta’sir ko’rsatishda xushmuomalalik mezonlari
O’quvchilarga og’zaki ta’sir qilishda shirinsuxanlik va insoniylik tuyg’ularini namoyish qilish
So’z bilan ta’sir qilish bosqichlarida hissiy osoyishtalikning namoyon bo’lishi
O’zaro fikr almashishga doir sifatlar, ko’nikmalar va malakalarnimavjudligi
O’quvchilovarni bilim olishga bo’lgan ishtiyoqlarini kuchaytirish
Mustaqil fikr yuritish, o’z fikrini erkin bayon eta olish, insoniy qadr qimmat tuyg’usini shakllantirish.
O’qituvchining kommunikativ qobiliyati eng oldingi o’rindagi ta’sir qilish vositasi ham hisoblanadi.
Nutq bu og’zaki kommunikatsiya, ya’ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so’zlar og’zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So’zlar eshittirib yo ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo’yilishi yoki kar-soqov kishilarda biron - bir mohiyatga ega bo’lgan imo - ishoralar bilan almashtirilishi (buni harf barmoqlar harakati bilan ifoda etiladigan daktilologiya va imo-ishorali nutq deb ataladi) mumkin.
Quyidagi nutq turlari farq qilinadi; yozma va og’zaki nutq, o’z navbatida og’zaki nutq dialogik va monologik nutqlarga ajratiladi.
Og’zaki nutqning eng sodda turi dialog, ya’ni allaqanday masalalarni birgalikda muhokama qilayotgan va hal etilayotgan hamsuhbatlar tomonidan olib boriladigan suhbat hisoblanadi.
Gaplashayotganlarning bir-birlariga lukmalarni, suhbatdoshdan keyin iboralarni va ayrim so’zlarni takrorlash, savollar hamda qo’shimchalar berish, izoh berish, faqat so’zlashayotganlar tushunadigan shamalar qilish turli xil yordamchi so’zlar va undovlar so’zlashuv nutqi uchun xos xususiyatdir. Bu nutqning o’ziga xos xususiyatlari ko’p jihatdan ham suhbatlarning hamjihatligi darajasiga, ularning o’zaro munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Aksariyat hamma joyda ham pedagog oilaviy muhitdagi dialogni hech qachon sinfda o’quvchilar bilan munosabatda bo’lgani kabi olib bormaydi. So’zlashuv chog’ida hissiy hayajonlanish darajasi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Hayratlangan, quvongan, qo’rqqan jahli chiqqan kishi xotirjam holatidagi kabi gapirmaydi, o’zgacha ohangdagina gapirib qolmasdan, balki ko’pincha boshqa so’zlarni iboralarni ishlatadi.
Og’zaki nutqning ikkinchi bir turi monolog nutq bo’lib, uni bitta kishi boshqasiga yoki uni tinglayotgan ko’plab kishilarga qarata gapiradi: bunga o’qituvchining hikoyasi, o’quvchining kengaytirilgan javobi ma’ruza va shu
kabilar kiradi. Monologik nutq tuzilishi jihatidan juda ham murakkab bo’lib, fikrning tugallanganligini, grammatik qoidalarga ancha qat’iy amal qilinishini, monolog aytayotgan kishining bayon etmoqchi bo’lgan fikrda qat’iy mantiq diapogik va izchillik bo’lishini taqozo etadi. Monologik nutqni egallash nutqqa nisbatan katta kiyinchiliklar tug’diradi, uning kengaytirilgan shakllari antogenezida (yuzaga kela boshlaganidan takomillashuviga qadar) kechikibroq rivojlanadi, o’quvchilarda bu nutqni shakllantirish maxsus vazifa hisoblanadi va pedagoglar uni ta’limning qator yillari mobaynida bajarishlariga to’g’ri keladi.
Qiynalmasdan, bemalol suhbatlasha oladigan, lekin oldindan yozilgan matndan foydalanmasdan monologik harakterga ega bo’lgan og’zaki axborot (ma’ruza, keng ma’ruzalar va shu kabilar) bilan chiqishga qiynaladigan katta yoshli odamlar ham uchrab turish tasodifiy hol emas. Ko’pincha bu o’qituvchilarning o’quvchilarda monologik nutqni shakllantirish ishiga yetarli e’tibor bermaganliklari oqibati hisoblanadi.
Yozma nutq insoniyat tarixida og’zaki nutqdan ancha keyin paydo bo’ldi. U bir-birlaridan makon va zamon bilan ajralib turuvchi odamlar o’rtasida munosabat qilish ehtiyojining natijasi sifatida paydo bo’ldi va fikr shartli sxematik suratlar yordamida ifoda etiladigan paytlardagi piktografiya yordamida ifoda etilayotgan hozirgi zamon yozuviga qadar rivojlandi.
Yozuv tufayli odamlar to’plagan tajribani avloddan-avlodga eng yaxshi tarzda yetkazish imkoni tug’ildi.
Negaki og’zaki nutq yordamida o’tkazilgan taqdirda u buzilishi, o’zgarib va hatto usiz yo’qolib ketish mumkin edi. Yozma nutq foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirilishida, badiiy timsollarni yetkazishda muhim rol o’ynaydi.
Nutqsiz kommunikatsiya vositalari bamisoli o’ziga xos his-tuyg’u tili bo’lib, so’z bilan ifodalanadigan til kabi u ham ijtmoiy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi va turli milliy madaniyatlarda bir-birlariga o’xshamasligi mumkin.
Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarda turlicha vositalar tanlanadi. Jumladan, bolalar yig’idan ko’pincha katta yoshdagilarga ta’sir qilish va ularga o’z istaklari hamda kayfiyatini yetkazish vositasi sifatida foydalanadilar.
Og’zaki kommunikatsiya ta’sirini kuchaytirishda munosabatga kirishuv- chilarning fazoda joylashuvi muhim ahamiyatga egadir.
Nutqsiz kommunikatsiyada qo’llanilayotgan vositalarning axborotni so’z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.
Ayni paytda nutqsiz kommunikatsiya - imo - ishora pantomimika, nutqning ohangidagi rang - baranglik ham rivojlanishi mumkin.
Bo’lajak o’qituvchilar faqat nazariy bilimlarni egallash bilan chegara- lanmasdan amaliy malaka va ko’nikmalarni ham egallash zarur, ya’ni bular pedagogik, psixologik bilimlar asosida o’quvchilarni ilmiy bilim, malaka va ko’nikmalar bilan dars bera bilish, tarbiyaviy ishlarni rejalashtira bilish, o’quvchilarning jamoa, usullarini tanlay bilish, o’quvchilarni individual, jamoa ishlarini tashkil qila olish, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni uyushtira bilish
va ularga rahbarlik qilish, ota-onalar, jamoatchilik o’rtasidagi ishlarga rahbarlik qila olish, sport, sayohat va boshqa tarbiyaviy malaka va ko’nikmalarni olib borishlaridan iboratdir.
So’z mahoratli o’qituvchining egallashi lozim bo’lgan bilim malaka ko’nikmalari ustida ekan, o’qituvchining kommunikativ ko’nikmalari haqida to’xtalishimiz va mohiyati haqida fikr yuritishimiz maqsadga muvofiq va muhim ahamiyatga egadir.
Mahoratli o’qituvchining kommunikativ ko’nikmasi - bu o’qituvchilik kasbiga ilk tayyorgarlik ko’ra boshlagan davrdan, umuman hayotda odamlardagi o’z fikrini ifoda etish usullarini bilish, o’zida mana shu xislatlarni namoyon qila olishdir.
O’qituvchidagi kommunikativ ko’nikmalar bular oldindan o’qituvchining og’zaki va yozma nutq, imo - ishora orqali fikr ifoda etishni bilish va kishilarni ifoda etayotgan fikrini to’g’ri anglay olishdir.
Yuzni o’qish san’ati - boshqa kasblar singari o’qituvchilikka ham xos bo’lgan sifatlardan biridir.
Yuzni o’qish, ya’ni biror shaxsning o’z fikrini namoyon (ya’ni og’zaki va yozma holatda) qilmaganda uning yuz tuzilishi, yuzidagi a’zolarning ba’zi bir harakatlaridan anglash, tushuna olishdir. YUzni o’qish avvalo psixologik jihatdan idrok, diqqat va kuzatuvchanlikka bog’liqdir. Insonlarning xursandligini uning yuzidagi ko’rinib turgan tetiklik, xushchaqchaqlikdan anglashimiz yoki xafalikni esa yuzlarning mayus tortganligi, ko’zlarning toliqib ko’rinishdan bilishimiz mumkin.
O’zgalar holatini tushuna olish o’qituvchi uchun muhimdir. Sababi u qanday holat, sharoitda o’sgan o’quvchilarga dars berayotganligini bilish lozimdir. O’qituvchilarning yurish-turishi, o’tirishi, harakatidan ularning qay holatda yurganliklarini bilish mumkin.
O’zini namoyon qila olish - bu bir qiyin yoki narsa orqali emas, balki bilim, malaka, ko’nikma, odob - axloq muomala, nutq, munosabat orqali o’zini namoyon qila olishdir.
Nutq insonning ongida paydo bo’lgan fikrning nutq tovushlariga til yordamida ko’chishidir. Nutq ta’sirli yoki ta’sirsiz, to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishi mumkin.
Nutq orqali kishi holatini tushunish - kishilar o’z nutqlarida o’zlarida kechayotgan jarayonni namoyon qiladilar. SHu holatni tushunishdir.
Monoton nutq bolani zeriktiradi, noaniq intonatsiya esa yaxshi o’zaro yaqin suhbatning uyushtirilgandan baland ton bolalarda ishonchsizligini kelitirib chiqaradi.
Tovush odamlarda tabiatan beriladi, ammo bu esa juda ham ko’p uchraydi. hamda yaxshi tovush maxsus mashqlarsiz yillar o’tgan sari buziladi, o’zgaradi.
Pedagogik nutq quyidagilarni ta’minlab berishi mumkin:
pedagog va o’quvchilar orasida o’zaro ta’sir etish va muloqotning natijaliligini;

faoliyat motivlarini, tushunchalarni to’g’rilash va shakllantirish maqsadida o’quvchi, bolalar tafakkuriga, his - tuyg’ulariga ijobiy ta’sir etish kerak;ta’lim berish jarayonida bilimlarni to’liq tushuntirish va mustahkamlash, o’zlashtirib olish;


o’quvchilarning amaliy va o’quv faoliyatini samarali tashkil etish.
O’qituvchi nutqining o’ziga xosligi - o’quvchilarga yo’nalganligi bilan
bog’liqdir. Kuzatuvchan o’qituvchi mavzuni tushuntirishda o’quvchilarga qanday ta’sir etishni hisobga olgan holda ish yuritadi.
O’qituvchi nutqiga qo’yiladigan talablar, quyidagilardan iborat funksiyalar bilan belgilanadi. Asosiy funksiyalardan biri bu bilimlarni to’liq uzatishni ta’minlab berish. Yangi bilim berishda o’qituvchi o’z nutqi orqali faqatgina yangi bilimlarni berib qolmasdan, balki his-tuyg’ulariga ham ta’sir etishi kerak.
Boshqa funksiyalaridan biri bu o’quvchilarni o’quv faoliyatining samarador- ligini ta’minlab berish.
Pedagogik kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, o’qitishning muvaffaqiyatlariga asosan o’qitishning muvaffaqiyatlariga asosan, o’qitishning muloqotga kirilishida uchraydigan pedagogik nizolarni keltirib chiqarmaslik, xato va kamchiliklarga yo’l qo’ymaslikdir.
Bu xato va kamchiliklar bolalarni to’g’ri, tushuna olmaslikdan nutqni to’g’ri tuza olmaslikdan, muomalada hammani bir nazar bilan ko’ra olmaslikdan kelib chiqadi. Ularni oldini olish yo’llari turli xildir. Buning uchun eng avvalo, o’quvchilarni fanga qiziqtirish shart. O’qituvchi o’z shogirdlaridan doimo hech bo’lmaganda bir necha pog’ona yuqori turishi kerak, aks holda bolalar oldida uning obro’si bo’lmaydi, chunki kutilmagan savollarga o’qituvchi javob beraolmasdan qolish mumkin. Holbuki, bola sezgir bo’ladi va juda tez fursatda o’qituvchining kamchiliklarini bilib oladi. O’qituvchilar oldida yo’qotilgan obro’ni tiklash juda qiyin hatto ba’zi vaqtlarda mumkin ham emas. Yosh avlod tarbiyalash murakkab va olijanob vazifa bo’lishi bilan birga ayni zamonda u g’oyat darajada murakkab, mas’uliyatli ishdir. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish uchun, eng avvalo, o’qituvchi o’z ishining ustasi bo’lishi, bolalarni sevishi, mas’uliyatlarini, burchlarini, xulqlarini anglab yetishlari lozim. Xulosa qilib, aytganda mustaqil O’zbekistonimizda o’zining pedagogik faoliyatini olib borayotgan har bir o’qituvchi o’z ustida tinmay ishlashi, doimiy izlanishda bo’lishi, o’zidan oldingi pedagoglarning ilg’or tajribalari bilan doimiy tanishib borishi va shu yo’llar bilan o’z mahoratining tizimlarini kengaytirishi lozimdir.



Yüklə 27,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə