Odissey” va “Alpomish” dostonlaridagi o’xshash va farqli syujet motivlarini qiyosiy tahlil qilish «Odissey» va «Alpomish»



Yüklə 2,39 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü2,39 Kb.
#133127
Odissey” va “Alpomish” dostonlaridagi o’xshash va farqli syujet -fayllar.org


Odissey” va “Alpomish” dostonlaridagi o’xshash va farqli syujet motivlarini qiyosiy tahlil qilish «Odissey» va

Odissey” va “Alpomish” dostonlaridagi o’xshash va farqli syujet motivlarini qiyosiy tahlil qilish



«Odissey» va «Alpomish» dostonlari syujet jihatidan bir-biriga yaqin ko’rinsa-da, lekin asardagi qahramonlar bir-birlaridan farq qiladi. Ushbu dostonlari o’rtasidagi o’xshashlik syujet va badiiy tasvir vositalarida ko’rinadi. Ikkala asarning syujeti tomonidan o’xshashlik haqida gapiradigan bo’lsak, «Odissey» dostoni 24 qo’shiqdan iborat bo’lib, bundan tashqari mazkur “Odissey” dostonidagi qahramonlar taqdiri ham «Alpomish»ga hamohangligining guvohi bo’lamiz. Ayniqsa, ikkala dostonning ko’zga yaqqol tashlanadigan o’xshash syujeti Odissey ham, Alpomish ham jangga ketgan, uzoq vaqt vataniga qaytib kelmaganligidir. Dostonni o’qir ekanmiz, Alpomish yetti yil Qalmoq elida zindonda yotganligi, Odissey esa urushdan so’ng yana o’n yil dengiz to’foni natijasida sarson-sargardonlikda yurganligi namunasida ham ko'rishimiz mumkin. Har ikki dostondagi asosiy o’xshashlik – bu ko’p yillar yurtidan uzoqda yashagan qahramonlarning o’z xotinlari to’yiga yetib kelishidir. Ikki dostonning qiyosiy tahlilini qahramonlar taqdiri timsolida solishtiradigan bo’lsak, «Odissey» va «Alpomish»da Barchinoy va Penelopaning o’z sevgisiga bo’lgan sadoqati, ularni erlarining qaytib kelishiga bo’lgan ishonchi va shu sababdan ham shartlar qo’yishib, daqiqalarini kechiktira boshlashlashlari kabi o’xshash syujetlarda ko’rinadi . Har ikki asarda ham bir xil shart ya’ni kamondan o’q otish, musobaqada esa ularning o’ldi deb hisoblangan, boshqa bir qiyofadagi erlari g’olib kelishi va so’ngra o’zlarini tanishtirishi ham qiyosiy tahlilga yaqqol misol bo’la oladi. Bu yerda kamondan o’q otish voqeasi qahramonlar taqdirida hal qiluvchi detal bo’lib, ikki dostondagi syujet yaqinligining asl sababini ochib beruvchi vosita ham hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, xalq dostonlariga asos bo‘lgan syujetlarning qiyosiy tahlili bu durdonalarni tushunishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.
http://fayllar.org
Yüklə 2,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə