O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat univеrsitеti axborot tеxnologiyalari va kompyutеr injiniringi fakultеti axborot tеxnologiyalari kafеdrasi kurs ishi



Yüklə 41,06 Kb.
səhifə1/6
tarix19.12.2023
ölçüsü41,06 Kb.
#150355
  1   2   3   4   5   6
Axborot tеxnologiyalari kafеdrasi kurs ishi «dasturlash tillari»-fayllar.org


Axborot tеxnologiyalari kafеdrasi kurs ishi «dasturlash tillari» fanidan kurs ishi mavzu: Python dasturlash tilida ro'yxatlar bilan ishlash. List

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTЕR
INJINIRINGI FAKULTЕTI
AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI KAFЕDRASI


KURS ISHI

«DASTURLASH TILLARI»
fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Python dasturlash tilida ro'yxatlar bilan ishlash.List,
Tuple


Talaba: Oxunjonov Iskandar
Guruh: IOM-413
Ilmiy rahbar: Axmadaliyev B


Andijon 2022
Reja:

KIRISH
1. Ro‘yxatlar va ularning umumiy ko‘rinishi.
2. Ma’lumot to’plamlari va turlari
3. List() va tuple() funksiyalarining vazifasi
4.XULOSA
5.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil yanvar oyida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusidan uchinchi tashabbusida aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora – tadbirlariga oid dasturi doirasida 2019 – 2020 yillarda tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’ektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash ko‘zda tutilmoqda. Hozirgi jadal rivojlanish va turli jarayonlarni avtomatlashtirish hamda robotlashtirish davrida dasturlashni bilish va uni o‘z ish jarayonida ishlata olish texnik va pedagogik yo‘nalishda ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalar uchun juda muhim deb hisoblanadi. Bu zamonaviy mutahassislar uchun eng zaruriy talablardan biridir. Sababi hozirgi kunda informatika turli-tuman sohalarda muvaffaqiyatli ravishda qo‘llanilishi mumkinligini hech kim ham rad eta olmaydi. Huddi shuning uchun ham, o‘quv - qo‘llanmaning asosiy maqsadi – o’quvchi talabalarga Python dasturlash tili misolida hisoblash texnikasi vositalarini ishlatish bo‘yicha bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni imkon darajasida singdirishdir. Amaliy maqsadlarda dasturlash tilining imkoniyatlarini ko‘rsatish matematika va ilmiy sohalarga oid bir qancha misol va masalalarni Python dasturiy tilidan foydalanib yechish misolida aniq va ravshan qilib ko‘rsatib o‘tiladi. Shunday qilib, o‘quv - qo‘llanma o‘quvchi talabalar uchun dasturlash tili vositasida turli xildagi amaliy masalalarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon yaratadi. O‘quv - qo‘llanmani o‘qish va undagi materiallarni o‘rganish uchun dasturlash tajribasi bo‘lishi talab etilmaydi va undan endigina dasturchi bo‘lishni orzu qilganlar ham bemalol foydalanishlari mumkin. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ushbu o‘quv - qo‘llanmada zamonaviy Python dasturlash tili imkoniyatlari boshlang‘ich o‘rganuvchilar, ya’ni maktab o‘quvchilari, talabalar va mustaqil o‘rganuvchilar tushunishi uchun nihoyatda yengil, tushunarli, kerakli izohlar bilan va sodda xalq tilda izhor qilingan. Python dasturlash tili samarador yuqori darajadagi ma’lumotlar tuzilmasini hamda oddiy, ammo samarador bo‘lgan ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Undan tashqari, bu til o‘rganish uchun oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonli dasturlash tillari jumlasiga kiradi va shu bilan birgalikda unda dasturlash jarayoni juda ham oddiy amalga oshiriladi. Python dasturlash tilining rasmiy sayti – www.python.org bo‘lib, uning muallifi Niderlandiyadagi Matematika va informatika ilmiy adqiqot institutida ishlagan Gvido van Rossum deb hisoblanadi. Pythonning o‘ziga xosligi esa uning oddiyligi, o‘rganishga osonligi, sodda sintaksisga egaligi va dasturlash jarayonini boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minotga egaligidir. Undan tashqari, o‘z dasturingizni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishingizga hech qanday hojat qolmaydi. Bu dasturlash tili ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi va u interpretatsiya qilinadigan tillar jumlasiga mansub. Bulardan tashqari, Python dasturlash tili imkoniyatlari kengayishga moyil bo‘lgan dasturiy til hisoblanadi. Agar siz dasturingizning biror-bir joyini tezroq ishlashini xoxlasangiz, o‘sha qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib, keyin shu qismni Python kodingiz orqali ishga tushirsangiz (chaqirsangiz) bo‘ladi. Bundan tashqari, Python juda ham ko‘p, foydali hamda xilma-xil dasturlar kutubxonalarga egaligi ham juda muhimdir. Python dasturlash tili sodda va o‘qilishi oddiy bo‘lgan dasturlash tili bo‘lib u inglizcha so‘zlarni qo‘llaydi va u PERL va PHP ga tillariga o‘xshab ketadi. Python interaktiv dasturlash tili bo‘lib, ob’ektga yo‘naltirilgan tillar jumlasiga kiradi, ya’ni, Python ob’ektga yo’naltirish uslubini yoki dasturiy texnikasini qo‘llabquvvatlaydi. Python boshlovchi dasturchilar tilidir, ya’ni u boshlang‘ich dasturchilar uchun ajoyib til bo‘lib, oddiy matnni ishlashdan tortib, veb-brauzerlaridagi o‘yinlarga qadar keng ko‘lamdagi ilovalarni ishlab chiqishni qo‘llab quvvatlaydi. Python ning buyruqlari va sintaksisi ABC, Modula-3, C, C++, Algol-68, SmallTalk va Unix shell kabi boshqa ko‘plab tillardan va skript tillaridan olingan. Python mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Xuddi Perl kabi, Python dagi manbaa kodi GNU General Public License (GPL) ostida mavjud. Python dasturlash tili boshqa tillarga nisbatan o‘rganish ancha oson va shu bilan birga imkoniyatlari boy bo‘lgan til hisoblanadi. Ya’ni, til o‘rganishni boshlovchilar uni osonlik bilan o‘rganishlari mumkin, shu bilan bu til yordamida ancha-muncha jiddiy amaliy loyihalarni ham amalga oshirish mumkin. Python haqida quyidagi uchta xulosaga kelish mumkin: 1. Python dasturlash tilining keng miqyosda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uch asosiy soha bor: veb-dasturlash (backend – vebserver uchun ilovalar yozish), sun’iy intellekt masalalari, kompyuterda foydalanuvchi juda ko‘p marta bajaradigan mayda ishlar (elektron xatlarni jo’natish, fayllarni izlash va bosmalash, elektron jadvaldan biror-bir ma’lumotlarni ajratib olish va xakozolar). 2. Python o‘rganish ancha oson bo‘lgan dasturiy tildir. Agar tabiiy tillar bilan o‘xshatish qiladigan bo‘lsak, biror-bir tilda fikrni yetkazish uchun ma’lum vaqt so‘zlarni, tilning grammatikasi o‘rganish kerak bo‘ladi. Qandaydir minimal bilim shakllangandan so‘ng, asta-sekin inson o‘z fikrini ifoda eta boshlaydi. Dasturlash tillari bilan ham holat xuddi shunday. Biror dasturlash tilida amaliy foyda keltiradigan dastur yozishni boshlash uchun ma’lum bilimlar majmuini egallash kerak, shundan so‘nggina dasturlashni boshlash mumkin. Boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda, Python da amaliy ahamiyatga ega dasturlarni ishlab chiqishga ancha ertaroq, hali tilning katta qismini o‘rganmasdan turib ham kirishish mumkin. 3. Python interpretatsiya qilinadigan dasturiy til. Dasturlash tillarini interpretatsiya qilinadigan va kompilyatsiya qilinadigan dasturlash tillariga bo‘lishadi. Aniqroq aytganda, agar dasturlash tilidagi dasturni bajarish interpretatsiya orqali amalga oshirilsa, bunday tillar interpretatsiya qilanadigan til deyiladi. Agar dasturlash tilidagi dasturni bajarish uchun uni avval mashina tiliga o‘tkazish talab qilinsa, bunday tillar kompilyatsiya qilinadigan tillar deyiladi. Aslini olganda, kompyuter uchun yozilgan har qanday dastur interpretatsiya qilinadi. Chunki mashina kodlaridagi dastur kompyuterning miyasi bo‘lgan protsessor tomonidan interpretatsiya qilinadi. Interpretatsiya qilinadigan tillarda yozilgan dasturlar uchun maxsus – interpretator dastur mavjud. Bu interpretator dastur kodlarini bajarilishini ta’minlab beradi. Bu o‘quv - qo‘llanma dasturlashni o‘rganuvchilar hamda ilmiy yoki amaliy maqsadlarni amalga oshirish uchun bu dasturlash tilini o‘rganishi kerak bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi - Sizga Python tilida dasturlashning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatishdan iboratdir. Dasturlash tilini o‘rganish uchun eng asosiy amal – kitobda berilgan barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida, tushungan holda va 6 aniq bajarishdir. Chunki, har qanday soha bo‘yicha chuqur bilim faqatgina amaliyot orqali puxta egallanadi. PYTHON – dasturlash tili bo‘yicha o‘zbek tilidagi adabiyotlar yetarli darajada emasligi, ko‘pgina foydalanuvchilarning ushbu tilda dastur tuzishlariga to‘sqinlik qilmoqda. Shu sababli, keng doiradagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan, tushunarli tilda yozilgan o‘quv qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Python dasturlash tilini yaratilishi 1990-yil boshlaridan boshlangan. O‘sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI institute xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABCtili Basic tili o‘rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o‘rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o‘zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g‘oyalarini o‘zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko‘plab xususiyatlarini o‘ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o‘zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996- yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O‘sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o‘zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas). Til tezda ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan foydalanuvchilar soni ko‘paydi. Boshida bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD(Obyektga Yo‘naltirilgan Dasturlash) vositalari paydo bo‘ldi. Bir qancha vaqt o‘tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko‘chib o‘tdi. Uni NRI korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o‘sha yerda ishladi va korparatsiya shug‘ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo‘sh ish vaqtlarida tilni interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 versiyasi paydo bo‘lguncha davom etdi. Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani proektlarini yaratishga ketardi bu esa unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini rivojlantirishga vaqti qolmayotgandi. Shunda u o‘ziga tilni rivojlantirishga imkoniyat yaratib bera oladigan homiy izladi va uni o‘sha paytlarda endi tashkil etilgan BeOpen firmasi qo‘llab quvvatladi. U CNRI dan ketdi, lekin shartnomaga 8 binoan u Python 1.6 versiyasini chiqarib berishga majbur edi. BeOpen da esa u Python 2.0 versiyani chiqardi. 2.0 versiyasi bu oldinga qo‘yilgan katta qadamlardan edi. Bu versiyada eng asosiysi til va interpretatorni rivojlanish jarayoni ochiq ravishda bo‘ldi. Shunday qilib 1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan bo‘lsa, 2.0 versiyasi 2000- yil, 3.0 versiyasi esa 2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda uchinchi versiyasi keng qo‘llaniladi. Python dasturlash tili imkoniyatlari Python – bu o‘rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma‘lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.
Pythonning o‘ziga xosligi
1. Oddiy, o‘rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minot.
2. Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotiraniboshqarishni hisobga olish shart emas.
3. Ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi. 4.Interpretatsiya qilinadigan til.
5. Kengayishga moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo'ladi.
6.Juda ham ko'p xilma-xil kutubxonalarga ega.
7.xml/html fayllar bilan ishlash
8.http so`rovlari bilan ishlash
9. GUI(grafik interfeys)
10.Veb saytlarni yaratish
11.FTP bilan ishlash
12. Rasmli audio video fayllar bilan ishlash
13.Robot texnikada
14.Matematik va ilmiy hisoblashlarni dasturlash Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo‘q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan dasturlash tillari orasida eng yaxshisidir.

Yüklə 41,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə