O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat univеrsitеti axborot tеxnologiyalari va kompyutеr injiniringi fakultеti axborot tеxnologiyalari kafеdrasi kurs ishi


Ro‘yxatlar va ularning umumiy ko‘rinishi



Yüklə 41,06 Kb.
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü41,06 Kb.
#150355
1   2   3   4   5   6
Axborot tеxnologiyalari kafеdrasi kurs ishi «dasturlash tillari»-fayllar.org

Ro‘yxatlar va ularning umumiy ko‘rinishi.
Bu qismda dasturdagi ma’lumot strukturalari bilan tanishishni 104 boshlaymiz. Dasturda ikki asosiy tur ma’lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda xotirada egallagan joyi o‘zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Dinamik ma'lumot tiplari dastur davomida o‘z hajmini, egallagan xotirasini o‘zgartirishi mumkin. Python dasturlash tilining imkoniyatlar kengligining yana bir xususiyati, o‘zgaruvchilarning dinamikligidir. Python dasturlash tilida har xil turdagi bir nechta ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlash imkoniyati mavjud. Bu imkoniyatni python dasturlash tilida ro‘yxatlar(list) amalga oshiradi. Alohida bir o‘zgaruvchini ko‘rsatish uchun ro‘yxat nomi va kerakli o‘zgaruvchi indeksini yoziladi. Ta’rif: Har xil turga mansub bo‘lgan yagona nom bilan saqlanuvchi tartiblangan ma’lumotlar majmuasi ro‘yxat(list) deyiladi. Ro‘yxatlar yagona o‘zgaruvchi bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi, uning elementlari ma’lum bir indekslar bilan tartiblab joylashtiriladi. Python dasturlash tilida ro‘yxatlarni boshqa dasturlash tillaridagi bir o‘lchovli massivlarga o‘xshatish mumkin, lekin pythonda ma’lumotlar bir turga mansub bo‘lmasligi ham mumkin. Python dasturlash tilida ro‘yxatlardan foydalanishda bozordagi mahsulotlarning narxini olish mumkin. Mahsulot narxlarini ro‘yxat sifatida qaralganda narx1, narx2,narx3,…,narxn ko‘rinishda bir nechta mahsulot narxlarini kompyuter xotirasiga saqlab undan foydalanish mumkin. Odatda ro‘yxatlar zarurat, katta hajmdagi tartiblangan, lekin chekli elementlarga oid masalalarni hal etishda yuzaga keladi. Dastur ishlatilishi davomida ro‘yxatlar aniq nomga ega bo‘lishi va uning elementlari ma’lum bir turda bo‘lishi kerak. Python dasturlash tilida ro‘yxatlar kompyuter xotirasiga quyidagi shaklda saqlanadi.
Ro‘yxatlarni boshlang‘ich qiymatlari bergan holatda faollashtirish quyidagicha amalga oshiriladi. =[qiymat1, qiymat2, . . .] Ro‘yxatni Python dasturlash tilida faol qilish uchun, albatta, elementlar soni berilish shart emas, ro‘yxatning elementlar soni uning tarkibidagi qiymatlariga qarab aniqlanadi. Python dasturlash tilida ro‘yxatlarni faollashtirish va ulardan foydalanish.

Yuqoridagi dastur kodiga e’tibor bersak, bunda ro‘yxat elementlari uchun quyidagilar o‘rinli bo‘ladi: - Ro‘yxat elementlari ixtiyoriy turda; - Ro‘yxat elementlari vergul bilan ajratiladi; - Ro‘yxat elementlari soni oldindan berish shart emas; - Ro‘yxat elementlari 0- tartibdan boshlanadi; - Ro‘yxat elementlariga murojaat indekslar orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxat elementlarini tashkil qilish va ro‘yxat elementlari ustida amallar bajarishni quyidagi masala orqali qaraymiz. Ro‘yxat elementlariga o‘zgarirish kiritish jarayonini quyidagi dastur orqali amalga oshiriladi.

Python dasturlash tilida ro‘yxat elementlari uchun quyidagi ko‘rinishdagi amal funksiyalar aniqlangan. len (L) - L ro‘yxatidagi elementlar sonini aniqlaydi max (L) - L ro‘yxatdagi maksimal elementni aniqlaydi min (L) - L ro‘yxatidagi minimal elementni aniqlaydi sum (L) - L ro‘yxatidagi qiymatlarning yig‘indisini aniqlaydi sorted (L) - L ro‘yxat elementlarini saralaydi del(a[i]) – L ro‘yxatning a[i] elementi o‘chiriladi Python dasturlash tilida ro‘yxat elementlari uchun aniqlangan funksiyalardan foydalanishni quyidagi dastur orqali qarab chiqamiz.

Ro‘yxat elementlari tarkibidan, boshqa ro‘yxat elementlari mavjudligini tekshirish imkoniyati ham mavjud. Python dasturlash tilida elementlari tarkibidan, boshqa ro‘yxat elementlari mavjudligini va ro‘yxatlar ustida amallarni bajarishni quyidagi dastur orqali qarab chiqamiz.

Python dasturlash tilida ro‘yxat elementlari uchun quyidagi ko‘rinishdagi protseduralar aniqlangan. L.append(x) – L ro‘yxatning oxiriga x elementni qo‘shish L.extend(T) - L ro‘yxatning oxiriga T ro‘yxatni qo‘shish L.insert(i,x) - L ro‘yxatning i- o‘rniga x elementga qo‘shish L.pop(i) - L ro‘yxatning i-o‘rnidagi elementni uchirish 108 L.remove(x) - L ro‘yxatning x elementni uchirish L.count(x) - L ro‘yxat ichida x elementlar sonini aniqlash L.reverse() - L ro‘yxat elementlarini kamayish tartibida saralash L.sort() - L ro‘yxat elementlarini o‘ssh tartibida saralash Yuqoridagi protseduralarni ishlash jarayonini aniqlash uchun quyidagi dasturga e’tibor bering.
Python dasturlash tilida kortej degan tushuncha mavjud, bunda kortej ro‘yxat elementlari sifatida qabul qilinadi, lekin uni elementlarini o‘zgartirish mumkin emas. Kortejlar ro‘yxatga qaraganda kamroq xotiradan foydalaniladi. Kortejni belgilashda kvadrat qavslar o‘rniga aylana qavslar ishlatiladi. Kortejlar o‘zgarishlarga ruxsat bermaydi, siz unga yangi element qo‘sha olmaysiz, mavjud elementlarni o‘chira yoki o‘zgartira olmaysiz. Kortejlardan foydalanishni quyidagi dastur orqali qarab chiqamiz.

Ro‘yxatlarni tuple() funksiyasi orqali kortejlarga aylantirish imkoniyati mavjud. List() funksiyasi orqali esa kortejlarni ro‘yxatlarga aylantirish imkoniyati mavjud.


Bir nechta elementlarni yagona o‘zgaruvchi bilan boshqarish va qayta ishlash uchun ro‘yxat va kortej orqali to‘liq amalga oshirish mumkin.



Yüklə 41,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə