O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat univеrsitеti axborot tеxnologiyalari va kompyutеr injiniringi fakultеti axborot tеxnologiyalari kafеdrasi kurs ishi



Yüklə 41,06 Kb.
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü41,06 Kb.
#150355
1   2   3   4   5   6
Axborot tеxnologiyalari kafеdrasi kurs ishi «dasturlash tillari»-fayllar.org

Ma’lumot to’plamlari va turlari
Pythonda ma’lumot to’plamlarining turlari 4 xil. Ulardan odatda bir nechta yoki undan ham ko’p qiymatlarni saqlashda foydalanamiz. Bizga kerakr bo’lganda o’sha to’plamlarga murojaat qilib tegishli qiymatlarni olamiz. Har bir ma’lumot to’plamining o’z xususiyatlari bor va shunga ko’ra ularni kerakli joyda tanlab ishlatamiz. Darsimiz davomida barcha turlarning xususiyatlarini ko’rib chiqamiz: List – tartiblangan va o’zgaruvchan ro’yxat. Elementlarini dublikatlash mumkin. Tuple – tartiblangan va o’zgarmas ro’yxat. Elementlarini dublikatlash mumkin. Set – Tartiblanmagan va indekslanmagan to’plam. Elementlari dublikatlanmaydi. Dictionary – tartiblanmagan,o’zgaruvchan va indekslangan to’plam. Elementlari dublikatlanmaydi. Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda tegishli joylarda qo’llaniladi. Ularni birma-bir ko’rib keyingi mavzularda ko’rib chiqamiz.
list (ro’yxat)
List- Pythonda erkin turdagi obyektlarning o`zgaruvchan qatorlashgan kolleksiyasi hisoblanadi (massivga o`xshash, lekin tiplar har xil bo`lishi mumkin). Ro`yxatlardan foydalanish uchun ularni tuzish kerak. List – aytib o’tganimizdek tartiblangan va o’zgaruvchan ro’yxat. Ro`yxatni har xil yondashuvlar yordamida yaratish mumkin. Uni kvadrat qavslar bilan hosil qilamiz: mashina = ["Audi", "Mustang", "Ferrari"] print(mashina) .
list() konstruktori
List ro’yxatini list() konstruktori yordamida hosil qilish mumkin. Bunday holatda kvadrat qavslar ishlatilmaydi: meva = list(("olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum")) print(meva)
Elementlarga murojaat
List elementlariga murojaat qilish uchun, murojaat qilinayotgan elementning indeksi ko’rsatiladi. Sanoq har doimgidek 0 dan boshlanadi. Quyidagi kodimiz isga tushsa, ekranga ikkinchi element chiqadi: mashina = ["Audi", "Mustang", "Ferrari"] print(mashina[1]) Mustang
Manfiy indeks
Manfiy indeks
Manfiy indeks sanoq oxiridan boshlanishini bildiradi. Masalan, -1 eng oxirgi, -2 oxiridan ikkinchi element va hokazo. Quyidagi dasturimiz ishga tushsa, oxirgi element ekranga chiqadi: mashina = ["Audi", "Mustang", "Ferrari"] print(mashina[-1]) Ferrari
Indeks oralig’i
Ro’yxatning ma’lum bir qismidagi bir nechta elementni tanlab olish uchun o’sha indekslar oralig’ini kiritamiz. Bunda uning boshlanish va oxirgi nuqtalari kiritiladi. Element tanlashda oxirgi nuqta hisobga kirmaydi. Ya’ni boshlang’ich nuqtadan boshlanib oxirgi nuqtadan bitta oldingi elementgacha olinadi. Hozir biz ro’yxatdan ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi elementlarni tanlab olamiz: meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"] print(meva[1:4]) ['banan', 'apelsin', 'nok']
Agar indekslar oralig’ida boshlang’ich nuqtani olib tashlasak, tanlash ro’yxat boshidan boshlanadi. Agar oxirgi nuqatani olib tashlasak, tanlash ro’yxat oxirigacha davom etadi. Quyidagi kodimizda avval ro’yxat boshidan uchinchi elementgacha , so’ngra, ikkinchi elementdan ro’yxat oxirigacha bo’lgan elementlarni ekranga chiqaramiz: meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"] print(meva[:4]) print(meva[1:]) ['olma', 'banan', 'apelsin', 'nok'] ['banan', 'apelsin', 'nok', 'uzum'].
Element qiymatini o’zgartirish
List ro’yxatidagi istalgan element qiymatini o’zgartirish mumkin. Buning uchun uning indeksi orqali murojaat qilib, yangi qiymatni biriktiramiz. Hozir ro’yxatdagi birinchi elementni o’zgartiramiz: meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"] meva[0]="anor" print(meva) ['anor', 'banan', 'apelsin', 'nok', 'uzum'].
Ro’yxat bo’ylab sikl
Ro’yxatdagi elementlarni for siklidan foydalanib ham tanlab olish mumkin. For sikli haqida batafsil alohida mavzuda bilib olasiz. Hozir esa bu sikl bilan elementlarni qanday ekranga chiqarishni ko’rib oling: mashina = ["Audi", "Mustang", "Ferrari"] for x in mashina: print(x) Audi Mustang Ferrari.
Elementning mavjudligini tekshirish
Elementning mavjudligini tekshirish
Biror elementning ro’yxatda mavjudligini tekshirish uchun in operatoridan foydalaniladi. Hozir ro’yxatda nok borligini tekshiramiz: meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"] if "nok" in meva: print("Ha, nok bor") else: print("Nok yo'q").
Ro`yxatning funksiya va metodlari
Ro`yxatni yaratgandan so`ng uning ustida turli amallarni bajarish kerak bo`ladi, albatta, buning uchun esa Pythonni o`ziga kiritilgan bir qancha funksiya va metodlar bor.

Ro’yxat uzunligi


Ro’yxatda nechta element borligini aniqlash uchun len() funksiyasi ishlatiladi. meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"] print(len(meva)).
Element qo’shish
Element qo’shish
append() funksiyasi bilan ro’yxat oxiridan yangi element qo’shish mumkin: meva = ["olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum"] meva.append("anor") print(meva) ['olma', 'banan', 'apelsin', 'nok', 'uzum', 'anor'].
Kortej afzalliklari haqida bilib oldik. Endi kortej bilan qanday ishlashni ko`ramiz. Bu xuddi ro`yxatlar bilan ishlashga o`xshaydi. Tuple ro’yxati tartiblangan, o’zgarmas ro’yxat. Uning elementlarini o’zgartirib bo’lmaydi. Bu ro’yxatni oddiy qavslar bilan yoki tuple() konstruktori bilan hosil qilinadi: a = ("kitob", "daftar", "ruchka") b = tuple(("qog'oz", "qalam", "qaychi")) print(a) print(b).

Tuple larni qo’shish


Ikki yoki undan ortiq tuple larni o’zaro qo’shish uchun “+” operatori kifoya: a = ("kitob", "daftar", "ruchka") b = ("qalam", "qog'oz") c = a + b print(c).



Yüklə 41,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə