Oxunjonov muxammadqodirning pul va banklar fanidan



Yüklə 86,03 Kb.
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü86,03 Kb.
#142972
  1   2   3   4   5   6
1. Markaziy bank faoliyatining asoslari




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI 20-24 GURUH TALABASI
OXUNJONOV MUXAMMADQODIRNING
PUL VA BANKLAR FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

MAVZU: Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga kredit berish tartibi.


Reja:
Kirish
1.Markaziy bank faoliyatining asoslari
2.Markaziy bankning funksiyalari
3.Tijorat banklari faoliyatini tartibga solishda qo`llaniladigan iqtisodiy me`yorlar
4. Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga kredit berish tartibi.
Xulosa
Foydalingan adabiyotlar

Kirish.
Respublikamiz mustaqilligining e`lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari


tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga
ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor
iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati
tug`ildi.
Bank tizimini qayta qurish:
- ikki pog`onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy emission bank va
bevosita xo`jalik subyektlariga xizmat ko`rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan banklarni to`laligicha xo`jalik hisobiga va o`z-o`zini
moliyalashga o’tkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo`ladigan
kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o`z
ichiga oladi.
O`zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tishning bosqichma-bosqich yo`lini
tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega:
- Birinchi bosqich milliy valyutani muomilaga kiritish uchun asos yaratilgan
va ikki pog`onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991-yildan 1994-yilgacha
bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank
tizimini yaratish bo`yicha olib borilgan tadbirlar 1991-yil 15-fevralda qabul
qilingan O`zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi
Qonuni asosida amalga oshirildi. Ushbu qonun asosida sobiq SSSR davlat
bankining respublika muassasi asosida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tuzildi (1992-yil-sentabr) va unga respublikada pul muomilasini tartibga solish,
tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va tulov tizimini tashkil etish vazifalari
yuklatildi.
Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat
qurilish banki, kommunal qurilish va sotsial taraqqiyot banki, agrosanoat banki,
tashqi iqtisodiy faoliyat banki, jamg`arma banki va boshqa banklarni kiritish
mumkin.
O`zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomilaga kiritilgan (1994-yil 1-iyul) va ikki pog`onali bank tizimining xuquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996-yillarni o`z ichiga oladi. 1991-yil 1–martdagi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo`yicha choratadbirlari to`g`risida»gi qarori, 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida»gi va 1996-yil 25-aprelda «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasidagi mustahkam qonuniy poydevor yaratdi. Ushbu bosqichning xususiyatlaridan biri 1995-yildan boshlab O`zbekistonda maxsus nobank kredit tashkilotlari (investitsiya kompaniyalari, sug`o`rtakompaniyalari va boshqalar) tashkil qilina boshlandi.
O`zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000-yillarni o`z ichiga olib u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni ko`chaytirishdan iborat. Bu bosqichda O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi (1997 -yil 24-aprel), «Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarito`g`risida»gi (1998 -yil 2 -oktabr), «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va islohqilish borasidagi chora-tadbirlari to`g`risida»gi (2000 -yil 21 -mart) farmonlarimuhim ahamiyatga ega.
Shu kabi 1999-yil 15-yanvarda O`zbekiston Respublikasining «Bank tizimini
isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida» gi, 2000 -yil 24 -martdagi «Bank tizimini
isloh qilishga doir qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida» gi qarorlari qabul
qilindi. Shu bosqichda bank tizimini islox qilish respublika komissisiyasi tuzildi,
mijozlarga xizmat kursatish sifati oshirildi, kichik va o`rta biznesni yanada
rivojlantirishga, ichki nazorat ta`sirchanligini oshirishga e`tibor qaratildi.
Bank tizimi rivojlanishining to`rtinchi bosqichi 2001-yildan boshlandi va
uning asosiy xususiyatlari bo`lib kuyidagilar hisoblanadi:
1. Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimiga
bo`lgan ishonchi mustahkamlandi. Agar 2001-yilni boshiga tijorat banklar kapitali
502 mlrd so`mdan 2018-yilni boshiga 5 trln.so`mga, ya`ni 1000 % ga oshgan
bo`lsa, shu davrda axolining banklardagi pul jamgarmalari (yangi omonat turlari,
yukori foizlar va boshqalar xisobiga) 91,5 mlrd. so`mdan 9,946 trln. so`mga yoki
109 barobarga oshdi.So`nggi -yillarda mamlakatimizda aholining milliy valyutamiz-so`mdagi muddatli va jamg`arma omonatlari bo`yicha to`layotgan o`rtacha foiz stavkalari 17-22 foizni tashkil etmoqda.
2. Tijorat banklarining xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznes
subyektlariga ko`rsatgan yordami ortdi. Ma`lumki, kichik tadbirkorlik
subyektlarining soni -yil sayin oshib bormoqda va ularni soni 1.01.2000 -yilga 159,7 ming tani tashkil etadi. 2017-yilning boshiga kichik biznes subyektlarining soni 700,1 mingtaga yetdi. Barcha manbaalar tomonidan kichik biznes subyektlariga berilgan kreditlar 2004-yilni boshiga 354 mlrd so`mni tashkil etgan bo`lsa bu ko`rsatkich 2016-yilning boshiga 987,4 mlrd so`mni tashkil etdi. Kichik biznes subyektlarining YAIMdagi ulushi 2019-yilda 50,1 foizni tashkil etdi, 2022-yilni rejasiga ko`ra uni 55 foizga yetishi muljallangan. Tijorat banklarining mikro kreditlari tufayli 2017-yilda kichik biznes subyektlari tomonidan 106778 ta yangi ishchi o`rinlari yaratildi. Bu ko`rsatkich 2016 -yilga nisbatan 1,5 barobarga ko`p demakdir.
3. Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo`yicha ishlar jadallashtirildi. Bu
bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma-bosqich amalga
oshirildi va 2003-yil 15-oktabridan boshlab joriy xalqaro operatsiyalar bo`yicha
so`mning erkin almashtirilishi joriy etildi. Valyuta munosabatlarini takomillashuvi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003 -yil 11 -dekabridagi 557-son qarori bilan «Valyutani tartibga solish to`g`risida»gi qonuniga o`zgartirishlar kiritildi.Shu asosda respublikamizda bank tizimini taraqqiy etishi va takomillashuvi davom etmoqda. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005 -yil 15 –apreldagi «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi va 2007 -yil 12-iyuldagi“Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora -tadbirlari to`g`risida”gi Qarorlari katta ahamiyatga ega Umuman, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov o`zbek modeliga munosib bank tizimi asoschisi hisoblanadi. Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida1
O'zbekiston Respublikasining bank tizimini Respublika Markaziy banki boshqarishi belgilangan.

1. Markaziy banki faoliyatining asoslari


Markaziy bank – kredit tizimining bosh banki bo`lib, mamlakatda pul-kredit
siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.
Birinchi markaziy banklar2 bundan qariyib uch yuz -yil oldin tijorat
banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 -yilda tashkil
bo`lgan Shved Riks Jiro banki, 1694 -yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir.
Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII
asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko`rsata boshlagan. AQShda Markaziy
bank funksiyasini 12 federal rezerv bankidan iborat federal rezerv tizimi bajaradi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1992 -yilning -sentabr oyidan
sobiq SSSR davlat bankining Respublika bo`limi zaminida paydo bo`lgan.
Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yuli
mavjud:
Birinchi yo’l – o`zoq davr mobaynida tijorat banklarining rivojlanishi
natijasida ularni Markaziy bankka aylanishi. Shu holat 1844 -yilda Angliyada, 1848-yilda Fransiyada, 1874 -yil Ispaniyada, 1875 -yilda Germaniyada (Reyxsbank), 1893-yilda Italiya Markaziy banklari tashkil bo`lishi bilan bog`liq.
Ikkinchi yo`l – bir yo`la Markaziy bank – emission markaz sifatida tashkil
qilingan banklar. Bunday banklarga AQShning federal banklari, 1913 -yildan
tashkil etila boshlangan Lotin Amerikasi mamlakatlari banklari, Avstriya Markaziy
banki va boshqalarni kiritish mumkin.
Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarishda va bank tizimini nazorat qilishda
muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham uning faoliyati uning Ustaviga nisbatan
yuqori kuchga ega bo`lgan qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank alohida
statusga ega bo`lgani holda butun bank tizimini, davlat organlarini nazorat qilib
uning faoliyati, vazifalari va yuklatilgan majburiyatlar uni tijorat faoliyati
chegarasidan chiqadi.Respublikamizda Markaziy bank to`g`risidagi qonun 1993-yilni 21 –dekabrda qabul qilinib 2019-yilda unga ayrim o`zgartirishlar kiritilgan.
Qonunning 5-moddasiga ko’ra Markaziybank faoliyatining asosiy maqsadlari:

  • narxlarning;

  • bank tizimining;

  • to‘lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta’minlashdan iboratdir.

  • Markaziy bankning bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha faoliyati narxlarning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.

  • Foyda olish Markaziy bankning maqsadi hisoblanmaydi.

Qonunning 3-moddasi Markaziy bankning huquqiy maqomiga bag`ishlanib,
u quyidagilarda ko`rinadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) huquqiy maqomi, vakolatlari, vazifalari, faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

  • Markaziy bank yuridik shaxs bo‘lib, u davlatning mutlaq mulkidir va o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi.

  • Markaziy bank o‘z vakolatlari hamda vazifalari doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlaridan mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi.

  • Markaziy bank davlatning majburiyatlari yuzasidan, davlat esa Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, agar ularning o‘zi bunday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmagan bo‘lsa yoki qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi.

  • Markaziy bank, shuningdek uning tasarrufidagi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi yozilgan muhri va blankasiga ega bo‘ladi.

Qonunnning 6- moddasigako’raquyidagifaoliyat turlari Markaziy bank uchun taqiqlangan:
Markaziy bank:

  • uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga, bundan o‘z tasarrufidagi tashkilotlar mustasno;

  • tijorat faoliyatini amalga oshirishga;

  • uchinchi shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berishga;

  • banklarning kapitallarida va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas, bundan valyuta birjasining, shuningdek Markaziy bankning faoliyatini ta’minlovchi o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishi mustasno.

  • Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, boshqa davlat organlariga va tashkilotlariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) taqchilligini moliyalashtirish uchun kreditlar yoki moliyaviy yordam bermaydi.

“Markaziy bank to’g’risida”gi qonunning 8- moddasi hisobdorlik to’g’risidadir:

  • Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir.

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Markaziy bankning yillik hisobotini auditorlik tashkilotining xulosasi bilan birga ko‘rib chiqadi.

“Markaziy bank to’g’risida”gi qonunning 11- moddasida uning vakolatlari keltirilgan.
Markaziy bank:

  • O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi;

  • bank tomonidan milliy va chet el valyutasida mijozlarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida pul belgilarini muomalaga kiritadi va muomaladan chiqaradi;

  • qimmatbaho metallardagi aktivlarni to‘ldirish uchun davlatning affinlangan oltin sotib olishga bo‘lgan ustuvor huquqini amalga oshiradi;

  • qimmatbaho metallardan tayyorlangan quymalarni muomalaga chiqaradi;

  • qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi;

  • banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi;

  • o‘zi belgilaydigan tartibda va shartlarda banklarga qisqa muddatli kreditlar, shuningdek likvidlilikni tezkor sur’atda qo‘llab-quvvatlash uchun kreditlar beradi;

  • banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini litsenziyalashda hamda banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi) va banklar guruhlarini tartibga solish va nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanadi;

  • o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan so‘rab oladi;

  • o‘z balansida aks ettirilgan mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;

  • o‘z tasarrufidagi tashkilotlarni, shu jumladan valyuta birjasini tashkil etadi;

  • moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradi, shu jumladan chet el hukumatlariga, boshqa davlatlarning markaziy banklariga bank xizmatlarini ko‘rsatadi;

  • boshqa davlatlarning markaziy banklarida va xalqaro moliya institutlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ifoda etadi;

  • chet davlatlarda vakolatxonalar ochadi;

  • obligatsiyalar emissiyasini amalga oshiradi;

  • o‘z nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi nomidan kliring va to‘lov bitimlari tuzadi;

  • kredit tashkilotlaridagi qoidabuzarliklarni aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshiradi, shu jumladan masofadan turib ham amalga oshiradi;

  • banknotalar va tangalar tasvirlarini aks ettirishga doir talablarni belgilaydi;

  • banklar uchun hisobvaraqlar ochadi;

  • autrayt (spot va forvard) sotib olish va sotish yoki kelishuvga binoan qaytarib sotib olish yo‘li bilan, shuningdek bozor vositalarini, valyutalarni va qimmatbaho metallarni kreditlash yoki jalb etish yo‘li bilan moliya bozorlarida faoliyatni amalga oshiradi.

  • Markaziy bank qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

“Markaziy bank to’g’risida”gi qonunning 12- moddasida uning vazifalari belgilab qo’yilgan.
Markaziy bank:

  • pul-kredit siyosatini, shu jumladan valyuta siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasida inflatsiya darajasini monitoring, tahlil va prognoz qiladi, tegishli axborot materiallarini hamda statistik ma’lumotlarni e’lon qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini, xalqaro investitsiyaviy mavqeyini, tashqi qarzini va zaxira aktivlarini o‘z ichiga olgan bank, pul-kredit statistikasini, tashqi sektor statistikasini shakllantirishni hamda e’lon qilishni amalga oshiradi;

  • har yili O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Davlat budjeti loyihasini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha axborotni taqdim etadi;

  • naqd pul muomalasini tashkil etadi;

  • valyutani tartibga solishni va valyutani nazorat qilishni amalga oshiradi;

  • valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi;

  • banklarni va kredit byurolarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;

  • banklarning, mikrokredit tashkilotlarining, lombardlarning, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining faoliyatini va qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalaydi, shuningdek kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • hukumatning fiskal agenti vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan bank operatsiyalarini va boshqa bitimlarni mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig‘iga binoan amalga oshiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasida to‘lov tizimlari barqaror ishlashini ta’minlash choralarini ko‘radi;

  • ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga Markaziy bank tomonidan litsenziyalanadigan tashkilotlarning rioya etishi yuzasidan monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi;

  • Xalqaro valyuta fondining O‘zbekiston Respublikasi valyutasidagi mablag‘lari depozitariysi hisoblanadi, operatsiyalarni va bitimlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan operatsiyalar va bitimlarni amalga oshiradi;

  • kredit tashkilotlari xizmatlari iste’molchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, moliyaviy xizmatlarning ochiqligini hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish choralarini ko‘radi;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini (bundan buyon matnda xalqaro zaxiralar deb yuritiladi), shu jumladan kelishuvga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining zaxiralarini boshqarishni, hisobga olishni va saqlashni amalga oshiradi.

  • Markaziy bank ushbu Qonun bilan belgilangan maqsadlariga erishish uchun qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.3

2Markaziy bankning funksiyalari.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida4
“O`zbekiston Respublikasining bank tizimini Respublika Markaziy banki
boshqaradi” deyilgan.
Markaziy bankning tijorat banklari bilan o`zaro aloqalari O`zbekiston
Respublikasining “Markaziy bank to`g`risida”gi va “Banklar va bank faoliyati
to`g`risida”gi Qonunlar hamda banklar faoliyatiga tegishli boshqa me`yoriy
hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Tijoratbanklaribanktiziminingmuhimbo`g`inibo`libkreditresurslariningasosiyqismishubanklardayig`iladivabubanklarxuquqiyvajismoniyshaxslargaxizmatlarniko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan keyingi pog`onasi hisoblanadi. Xozirgi kunda Respublikamizda 2021-yilni holatiga 32 turdagi tijorat banklari mavjud. Respublika xududida tijorat banklari o`z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
Banklarga litsenziya berish O`zbekiston Respublikasining «O`zbekiston Respublikasining Markaziy bank to`g`risida»gi, «Banklar va bank
faoliyati to`g`risida»gi, «Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqini ximoya
qilish to`g`risida» gi va boshqa qonunlari hamda banklar bo`yicha tegishli
me`yoriy xujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi.
O `zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi
qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat xokimiyat organlari,
jamoa birlashmalari, jamoa fondi mablag`lari, shuningdek kreditga va garovga
olingan mablag`lardan foydalanish man etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo`sh pul mablag`larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Qaroriga ko`ra tijorat banklari o`z kapitallarini bir maromda usib borishini ta`minlash, kredit portfeli sifatini yaxshilash, loyihalarini moliyalashni takomillashtirish va boshqa vazifalar qo`yilgan.Jumladan, qarorda ko`zda tutilishicha tijorat banklarini ochish uchun bankning ustav kapitali 100 mlrd so’mni tashkil qilishi kerak. Avvaldan mavjud bo’lgan banklarning ustav kapitali esa, 3 yil ichida shu summaga yetkazilishi kerak.
Bank faoliyatini tuxtatish va banklarni tugatish «Banklar va bank
faoliyati to`g`risida»gi qonun ham Markaziy bankning 240 – sonli «Banklarni
tugatish tartibi to`g`isida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.
O `z faoliyatini to’xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni
Davlat ro`yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati tuxtatilganligi
matbuotda e`lon qilinadi.
Banklarning o`z mablag`lariga – ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus
fondlar (moddiy rag`batlantirish va boshqa tashkil etilgan fondlar) va
taqsimlanmagan foyda kiradi. Banklarning keyingi -yillar balanslarida o`z
mablag`lari tarkibida aksiyalar bo`yicha emissiya ustamasi, asosiy vosita va chet el
kapitalini qayta baholash so`mmalari ham o`z aksini topgan.Amaliyotda bank passivlarining 20 foiziga yaqini banklarningo`z mablag`lariga to`g`ri keladi. Bank o`z mablag`lari ichida asosiy o`rinni bankustav kapitali egallaydi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarinibajarilishining asosi bo`lib xizmat qiladi va u banklar tashkil qilinganda moddiy vapul mablag`laridan tashkil topadi. Bank kreditlari hamda chetdan boshqa pulmablag`larini jalb qilib uni tashkil qilish mumkin emas.
Shu kabi banklarni zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydaga tegishli
manbalar hisobidan shakllanadi va sarflanadi.
Jalb qilingan mablag`lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy
qismini tashkil etadi. Bularga depozitlar, shuningdek kontokorrent va vakillik
hisob varaqlaridagi mablag`lar kiradi.
Bank resurslari tarkibida aholining qo’yilmalari muhim rol o’ynaydi.
Bank larning emitentlashgan mablag`lari.Banklar mijozlarmablag`laridan yetarli darajada o`zroqroq foydalanishni amalga oshirishdanmanfaatdordirlar. Shu sababli banklar obligatsiya qarzlari, bank veksellari vaboshqalarni chiqarish yo`li bilan o`z resurslarining miqdorini ko`paytirib boradilar.
Daromad olish maqsadida bank resurslarini joylashtirish bilan bog`liq
operatsiyalar banklarning aktiv operatsiyalari de-yiladi. Banklarni aktiv
operatsiyalarida asosiy o`rinni ularning kredit operatsiyalari egallaydi.
Xozirgi kunda tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning
ta`minoti sifatida kuchmas mulk, qimmatli qog`ozlar, uchinchi shaxs va sugurta
tashkilotining kafolati qabul qilingan.
Tijorat banklarining kreditlash jarayoni quyidagi boskichlarni o`z
ichiga oladi:
- Kredit olish uchun mijoz arizasini ko`rib chiqish
- Qarz oluvchining tulovga va kreditga layoqatligini bank tomonidan
o`rganish
- Kredit qo`mitasini qarori
- Kredit shartnomasini rasmiylashtirish
- Kredit berish
- Kreditni foizi bilan qaytarilishini bank tomonidan nazorat qilish
Tijorat banklari resurslarining 2018-yilda 76,83 foizi, 2019-yilda 78,08
foizi, 2020-yilda 80 foizi kreditlashga yo`naltirilgan.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul
mablag`larini bankga jalb qilish bilan bog`liq operatsiyalari depozit operatsiyalari
de-yiladi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining 90 foizgacha passivlari tashkil
qilinishi mumkin.
Depozit operatsiyalarining suyektlari bo`lib bir tomondan tijorat
banklari, ikkinchi tomondan korxona, tashkilotlar, moliya, sug`urta, investitsion
va trast kompaniyalari, xususiy korxonalar, qo`shma, xissadorlik korxonalari,
jamoa tashkilotlari, alohida jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Depozit operatsiyalarining obyekti bo`lib extiyojdan ortiqcha pul
mablag`lari (qo’yilmalari) hisoblanadi.
Pul quyuvchilarning toifasiga ko`ra depozitlar bo`linadi:
- yuridik shaxslar (korxona, tashkilotlar va boshqalar) qu-yilmalari
- jismoniy shaxslar qu-yilmalari
Mablag`larni olish shakliga ko`ra depozitlar bo`linadi:
- Muddatli depozit mablag`lar
- Talab qilib olgunga qadar depozit mablag`lar
- Aholini jamg`arma mablag`lari
Muddatli depozit mablag`lar bo`linadi:
- 3 oy muddatgacha
- 3 oydan 6 oygacha
- 6 oydan 9 oygacha
- 9 oydan 12 oygacha
- 12 oydan yuqori bo`lgan depozit mablag`lari
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning
rivojlanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni cheklanmagan tarzda
bir bankdan ikkinchi bankga utkazish, shu bilan birga tijorat banklari tomonidan
berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu
jarayon depozit multiplikatsiyasi (mablag`larni bir bankdan ikkinchi bankga
o`tkazilishi) va kredit ekspansiyasi deb nom olgan.
Masalan «A» bankdan dastlabki depozit 1000 birlikni tashkil etsa
uning 20 % majburiy zahira sifatida Markaziy bankga o`tkazilsa bankni kredit
berish imkoniyati 800 birlikni tashkil qiladi. Bu kredit mijozga berilgandan keyin
boshqa bankda depozitga aylanishi mumkin. Jumladan, ushbu berilgan kredit
so`mmasi «B» bankning mijozi bo`lgan mahsulot yetkazib beruvchining hisob
varag`iga sotuvdan tushum shaklida kelib tushadi. Bunda A bankning krediti B
bankda depozitni vujudga keltiradi. B bank bu depozitdan kredit beradigan bo`lsa,
majburiy zahirani hisobga olgan holda uning miqdori 640 (800 – 160) birlikka teng
bo`ladi.
Tijorat banklarining nodepozit operatsiyalari deb tijorat banklarining
yirik pul bozorlaridan pul mablag`larini jalb qilish, qimmatli qog`ozlar,
obligatsiyalarni muomilaga qo`yish yo`li bilan mablag`larni jalb qilish sohasidagi
operatsiyalariga aytiladi.
Jahon banki amaliyotida tijorat banklariga mablag`larni jalb qilishning
keng tarqalgan nodepozit shakllariga quyidagilar kiradi:
- Banklararo bozordan qarz olish
- Qimmatli qog`ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish (Repo
operatsiyalari)
- Bank akseptlarini sotish
- Tijorat qog`ozlarini chiqarish
- Yevro – dollarlar bozoridan qarz olish
- Kapital notalar, obligatsiyalar chikarish va boshqalar
Nodepozit operatsiyalar bozorda raqobatchilik asosida, vasitachilar
(brokerlar) orqali sotib olinadi. Bunda birinchidan mablag`larni sotib olish g`oyasi
bankning o`ziga tegishli, ikkinchidan bu g`oya bankning biror – bir mijozi bilan
bog`liq emas. Nodepozit manbalardan asosan moliyaviy markazlarda joylashgan
hamda moliya bozori mexanizmidan erkin foydalanish xuquqiga ega bo`lgan yirik
banklar keng foydalanadilar. Nodepozit mablaglar yirik miqdorda sotib olinadi.
Tijorat banklarining boshqa operatsiyalariga bank xizmatlari va
vositachilik operatsiyalarini kiritish mumkin. Bunda banklar mijozning hisobidan
ularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki
bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul utkazish bilan bog`liq.
Shunday operatsiyalardan biri bo`lib faktorning (inglizcha vositachi)
operatsiyasi bo`lib bunda bank mijozning qarzga oid talablarini, ularni yetkazib
berish qiymatining 80 foizi shu zahoti to`lash va qolgan qismini kredit uchun
foizlar va vositachilik haqini chiqarib to`lash sharti bilan sotib oladi.
Vositachilik operatsiyalarining biri bo`lib trast (inglizcha ishonchli)
operatsiyalari hisoblanib u mulkka egalik qilishning eng tarqalgan shakli – aksiya,
obligatsiya va pul mablag`larining bir egalikdan (shaxsdan) ikkinchi egalikga
(shaxsga) o`tkazishni banklar orqali amalga oshirishni bildiradi. Bu mijoz bilan
kelishilgan holda uni mablag`larini boshqarish ishonchini qulga kiritishdir.
Banklar trast operatsiyalarining nafaqat jismoniy shaxslar bo`yicha
balki yuridik shaxslar uchun ham amalga oshiradilar.
Jismoniy shaxslar uchun trast bo`yicha merosni boshqarish ishonch va
vosiylik bilan bog`liq operatsiyalar bajariladi. Shunday operatsiyalarga tratta
(italiyancha utkazma veksel) operatsiyalarini ham kiritish mumkin. Bu
kreditorning qarzdorga (odatda bankga) yozma buyrug`i. Bu tashqi savdodagi
hisob – kitoblarda qullanilib unda bankning uchinchi shaxs (takdimchi) ga yoki
trattani taqdim etganga muayyan so`mmani to`lash ko`rsatiladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida5
“O`zbekiston Respublikasining bank tizimini Respublika Markaziy banki
boshqaradi” deyilgan.
Markaziy bankning tijorat banklari bilan o`zaro aloqalari O`zbekiston
Respublikasining “Markaziy bank to`g`risida”gi va “Banklar va bank faoliyati
to`g`risida”gi Qonunlar hamda banklar faoliyatiga tegishli boshqa me`yoriy
hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Shu kabi “ Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonungako’ra Markaziy bank banklar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi deyilgan.
Markaziy bank banklardan axborotlarni talab qilish va ushbu Qonunni
bajarilishi yuzasidan boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Tijorat banklari faoliyatini Markaziy banklari tomonidan nazorat qilish
zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bankning muhim rol o`ynashi bilan
asoslanadi, chunki u iqtisodiyot bilan bank tizimi o`rtasida vositachi sifatida
faoliyat ko`rsatadi.
Bank nazorati ikki maqsadni :
1. Mijozlar manfaatini har xil mumkin bo`lgan zararlardan himoya qilish;
2. Xatarlarni oldini ola turib moliyaviy bozorning barqarorligini
ta`minlashga qaratilgan.
Markaziy bank tijorat banklar faoliyatini nazorat qilishi quyidagilarda
ko`riladi:
1. Bank faoliyatini olib borishda litsenziyalar berish.
2. Banklar hisobotlarini tekshirish.
3. Joylarda tekshirishlar o`tkazgich
4. Bank operatsiyalarini bajarishda tegishli me`yorlarga rioya qilishnishi.
Markaziy bank to`lov, hisob-kitob munosabatlarini tashkil qilish
funksiyasini bajara turib moliya va to`lov tizimini barqarorligini ta`minlash, to`lov
tizimini samarali bo`lishiga erishish, pul-kredit siyosatini o`tkazish kabi
masalalarni hal qilishni o`z oldiga qo`yadi.

3.Tijorat banklari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladigan iqtisodiy me`yorlar.


Tijorat banklari uchun iqtisodiy me`yorlarning urnatilishi – bu avvalo
Markaziy bank tomonidan samarali bank nazoratini olib borishga erishish, tijorat
banklari faoliyatida vujudga keladigan muammolarni oldindan aniqlash va
barqaror bank tizimini yaratishda muhim vositadir.
O `zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari faoliyatini
tartibga solishni xalqaro andozlariga mos ravishda takomillashtirish hamda tijorat
banklarining moliyaviy holatiga real baho berishni 1997 -yil 22 -avgustda
tasdiqlangan 10 – sonli «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish qoidalari»
asosida olib boradi. Bu qoidalarga ko`ra respublika tijorat banklari faoliyatini
baholashning quyidagi me`yorlari tasdiqlangan va ular barcha banklar tomonidan
bajarilishi lozim:

  • Yangidan tashkil etilayotgan va faoliyat kursatayotgan banklarning eng kam

  • ustav jamg`armasi miqdorini o`rnatish;

  • Kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti;

  • Bank kapitali bilan uning majburiyatlari o`rtasidagi nisbat ko`rsatkichlari;

  • Bank balansi likvidligi ko`rsatkichi;

  • Bir qarz oluvchiga to`g`ri keladigan xatarning eng katta hajmi;

  • Barcha katta kreditlarga to`g`ri keladigan xatarning eng yuqori hajmi;

  • Bir omonatchiga to`g`ri keladigan xatarning eng katta miqdori;

  • Qimmatli qog`ozlar bo`yicha operatsiyalarda o`z mablag`laridan foydalanish

  • ko`rsatkichi;

  • Daxldor shaxslar bilan ish olib boorish;

Mavzuning ta`kidlanganidek yangidan tashkiletilayotgan va faoliyat ko`rsatayotgan banklar ustav jamg`armasining eng kam miqdori 2021-yilni birinchi yanvaridan 100 mlrd so’m miqdorga yetkazish ko`zdatutilgan.
Kapitalning yetarlilik koeffitsenti quyidagicha aniqlanadi:
bunda K – bank kapitali; Ax – xatarni hisobga olib chamalangan bank aktivlari
Bank kapitali asosiy ikki qismdan – asosiy va qo`shimcha kapitaldan
iborat. Bunda asosiy kapitalni umumiy kapitaldagi salmogi 50 foizdan kam
bo`lmasligi kerak.
Bank kapitali o`zining xatar darajasiga ko`ra bo`linadi:
Xatardan xoli bo`lgan aktivlar
Minimal xatarli aktivlar;
Yuqori xatarli aktivlar;
Maksimal xatarga ega bo`lgan aktivlar;
Mazkur koeffitsentning minimal miqdori 0,08 ga teng bo`lishi kerak.
Bank kapitali bilan uning majburiyatlari o`rtasidagi nisbat kursatkichi
quyidagicha aniqlanadi:
Bunda Markaziy bank majburiyatlari
Bukursatkich bank majburiyatlarini o`z kapitali bilan
ta`minlanganligini ko`rsatadi va uning eng yuqori miqdori 0,05 ga teng.
Tijorat banklari uchun quyidagi likvidlik koeffitsentlari belgilangan
(bank likvidligi deb o`z aktivlarini naqd pul sifatida ishlatish yoki ularning nominal
qiymatini saqlab qolgan xolda tezda pul mablag`lariga aylantirish yo`li bilan
mavjud moliyaviy majburiyatlarini qoplay olish qobiliyatiga aytiladi): Lahzali likvidlik koeffitsenti va u quyidagi nisbat bo`yicha
aniqlanadi:
Bunda: LA – bankning pul shaklidagi aktivlari
B M – bankning muddatsiz depozit hisob varaqlariga doir
majburiyatlari
B u me`yor bankning omonatchilari oldidagi majburiyatlarini shu
lahzada bajara olish qobiliyatini anglatadi va uni Markaziy bank tomonidan kunlik
balans asosida tezkor tarzda nazorat qilib boriladi. Bu koeffitsentning minimal
miqdori 0,25 dan kam bo`lmasligi kerak.
b) Joriy likvidlik koeffitsenti likvid shakldagi bank aktivlarining talab
qilib olingunga qadar bo`lgan hisob varaqlari buyicha va muddati 30 kungacha
bo`lgan majburiyatlar nisbati sifatida aniqlanadi:
B unda: LA (1) – qaytarish muddati 30 kungacha muddatda berilgan
bankning likvid aktivlari va kreditlar
B M (1) – qaytarish muddati 30 kungacha bo`lgan yo`qlab
olingungacha turadigan majburiyatlari
Bu koeffitsentning minimal miqdori 0,3 ga teng
v) Kiska muddatli likvidlik koeffitsenti bankning qaytarish muddati 30
кундан 1 -yilgacha bo`lgan depozitlar, olingan kreditlari va boshqa qarz
majburiyatlariga nisbati tarzda aniqlanadi.
Bunda A – 30 kundan 1 -yilgacha bo`lgan bank aktivlari
D – muddati 30 kundan bir -yilgacha bo`lgan jalb qilingan depozitlar va
jalb qilingan resurslar
Bu kursatkichning xajmi 1 – ga teng bo`lishi kerak.
B i r qarz oluvchiga to`g`ri keladigan xatarni eng katta hajmi
quyidagicha aniqlanadi.
B unda YK – bank xatarining bir qarz oluvchiga to`g`ri keladigan
so`mmasi qo`shilgan depozitlardan tashqari 75 foiz balansdan tashqari
majburiyatlar. Bu davlat kafolatlangan kreditlariga tegishli emas.
Bu me`yorning yuqori chegarasi 0,25 ga teng.
Barcha katta kreditlarga to`g`ri keladigan xatarning eng yuqori hajmi
quyidagicha aniqlanadi:
Bunda: JYKS – jami yirik kreditlar so`mmasi
U muman bir qarz oluvchiga berilgan kreditlar qo`shilgan shu qarz
oluvchiga nisbatan bergan, bank kapitalidan 15 foiz ortiq bo`lgan balansdan
tashqari majburiyatlar so`mmasining 75 foiz jamlangan qarz katta kredit
hisoblanadi. Bank uchun katta kredit toifaga kiradigan va bir qarz oluvchiga
beriladigan kreditlar so`mmasini shu qarz oluvchining o`z mablag`lari
so`mmasidan oshirmaslik tavsiya etiladi.
Bu me`yor bank kapitalining 5 barobaridan oshmasligi kerak.
B ir omonatchiga (kreditorga) to`g`ri keladigan xatarning eng yuqori
me`yori olingan kredit yoki omonatning eng yuqori miqdori va bitta depozitorning
depozit hisob varag`idagi qoldiq qiymatini bankning o`z mablag`lari miqdoriga
nisbati bilan aniqlanadi.
Bunda O – olingan kredit yoki omonatning eng yuqori miqdori va bitta
omonatchining hisob raqamidagi, joriy raqamidagi va qimmatli qog`ozlar bo`yicha
operatsiyalar qoldiqlari.
Ushbu me`yor uchun o`rnatilgan eng yuqori miqdor 1999 -yilning 1
yanvaridan 2000 -yilni 1 yanvarigacha – 0,50. Demak bu har -yilga alohida
belgilanadi.
Qimmatli qog`ozlar bilan bo`lgan operatsiyalarda o`z mablag`idan
foydalanish ko`rsatkichi bankning oldi – sotti uchun harid qilgan nodavlat
qimmatli qog`ozlari miqdorini o`z mablag`lariga nisbati bilan belgilanadi.
Bunda: KK – oldi – sotti maqsadida qimmatli qog`ozlarni sotib olishga
yo`naltirilgan bankning o`z mablag`lari
AK – aksioner kapitali
Bankning boshqa banklar, korxonalar, tashkilotlar ustav fondiga
quyadigan jami investitsiya so`mmasi miqdorining ulushi bank kapitalining 20
foizidan, Ustav fondining 10 foizidan oshirmaslik tavsiya etiladi.
Mazkur me`yor uchun belgilangan miqdor 0,5 ga teng
Bankning asosiy aksiyadorlari, uning raxbarlari, xodimlari va ular
bilan bog`liq shaxslar bank xizmatlaridan imtiyozli asosda foydalanmasliklari va
amaldagi qonunlarga rioya qilishlari talablaridan kelib chiqib daxldor shaxslar
kursatkichi mavjud.
Kengrok ma`noda shunday shaxslarga kiritiladi:
- bank kengashi, bank boshqaruvi, taftish komissiyasi tarkibiga kirgan
barcha shaxslar, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari
- bank ustav fondining 10 foizidan ko`proq qismiga ega bo`lgan har
qanday yuridik va jismoniy shaxslar, shu yuridik shaxslarning har qanday
rahbarlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari
- qonunga ko`ra bank faoliyatini nazorat qiluvchi yuridik shaxslar va
ularning boshqaruvchilari
Ularga imtiyozli sharoit yaratmaslik kerak deganda:
- boshqa mijozlardan talab qilinadiganidan kam hajmda foizlar,
badallar, boshqa tulovlarni undirish yoki ta`minotni kam kabo`l qilish
- kreditni qaytarish muddatini yetarli asoslarsiz o`zgartirish
- o`z tabiatiga, maqsadiga va yul qu-yiladigan xatarga ko`ra bank
daxldor bo`lmagan mijozlar bilan to`z-maydigan bitimlarni to`zish.
Tijorat banklari tomonidan ularning faoliyatining dastlabki ikki -yili
mobaynida daxldor shaxslarga kredit berish taqiqlanadi.
Bunda: KS – bitta daxldor shaxsga berilgan kredit miqdori
Bu kursatkich bank kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Bank barcha daxldor shaxslarga beradigan kreditlarning umumiy
so`mmasi bank ustav fondining 100 foizidan oshmasligi kerak.
Bunda: JKM – daxldor shaxslarga berilgan jami kreditlar miqdori.
Bank tizimi faoliyatini tartibga solishda qo`llaniladigan iqtisodiy choralar.
Markaziy bank mamlakatning bosh banki, rahbar sifatida tijorat banklari
faoliyatini boshqaradi, nazorat qiladi.
Jumladan, Markaziy bank mavzusida keltirilgan iqtisodiyme`yorlarga amal qilmagan banklarga tegishli qonun xujjatlari asosida quyidagi
jazo choralarini qullaydi:
- Iqtisodiy me`yorlarni o`zgartirish
- Majburiy rezerv fondini oshirish
- Ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishni ta`qiqlash
- Xissadorlarga dividendlar to`lashni tuxtatib qo`yish
- Bank ustidan vasiylik o`rnatish
- Eng oxirgi chora ularga berilgan litsenziyalarni qaytarib olish
Markaziy bank tomonidan litsenziyalarni qaytarib olish banklarbajaradigan ayrim operatsiyalar bo`yicha yoki butun faoliyat bo`yicha bo`lishi
mumkin. Litsenziyani qaytarib olinishi bank faoliyatini to`xtatilishini bildiradi.
Bank faoliyatini to`xtalishi «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi
Qonunda ham o`z aksini topgan bo`lib, ushbu holat quyidagihollarda amalga oshishi ta`kidlangan:
- aksiyadorlar yig`ilishi qaroriga ko`ra;
- Litsenziyani qaytarib olganda
- Bank bankrot deb e`lon qilinganda.
Shu kabi O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005 -yil 5 -avgustdagi
«Banklardagi depozit hisob varaqlaridan naqd pul to`lovlarini o`zluksiz ta`minlash
kafolatlari to`g`risida»gi qaroriga binoan O`zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tijorat banklarining ish yakunlarini ko`rib chiqish vaqtida aholi va xo`jalik
yurituvchi subyektlarga banklarning depozit hisob varaqlaridan naqd pullarni
kechiktir-may to`lash borasida o`rnatilgan tartib bir necha -marta (oyiga 3 -martadan
ko`proq) bo`zilgan takdirda tijorat banklari xududiy bo`limlari va filiallarining
raxbarlari egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi, naqd pul mablag`lari berishni
muntazam kechiktirish xollari mavjud bo`lganida tijorat banklariga nisbatan qattiq
javobgarlik choralari, xatto bank operatsiyalarini amalga oshirish xuquqini
beradigan litsenziyani qaytarib olish choralari qullanilishi belgilangan.

Xulosa
Men ushbu kurs ishi mavzusini yozish jarayonida bilmagan ma’lumotlarimni o’rgandim, bilganlarimni esa mustahkamladim. Mavzudan kelib shularni keltirib o’tmoqchiman:


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadiva asosiy vazifalari.
O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bankning bosh maqsadi milliy
valyutaning barqarorligini ta'minlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:

  • monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni

  • shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;

  • O'zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil

  • etish va ta'minlash;

  • banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar

  • faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari,

  • mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatli qog'ozlar

  • blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;

  • O'zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, shu

  • jumladan kelishuv bo'yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;

  • davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil

  • etishdan iboratdir.

Markaziy bank milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash maqsadida
quyidagi o'zining asosiy vazifalarini amalga oshiradi.
Markaziy bank kelishilgan monetar va valyuta siyosatini amalga oshirish
jarayonida muomaladagi umumiy pul massasi, milliy pul birligining chet
valyutasiga nisbatan ayirboshlash kursini barqarorligi ustidan ma'lum darajada
nazorat olib boradi, aholining bank tizimiga bo'lgan ishonchini saqlashga yordam
beradi.
Markaziy bank o'zining valyuta va kredit operatsiyalari orqali pul
massasini oshirish yo'li bilan tovarlar va xizmatlar, yalpi ishlab chiqarish hajmi,
eksport va import hajmi hamda aholining bandlik darajasiga ta'sir etadi.
Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish
bo'yicha davlat organidir.
Markaziy bank:
O'zbekiston Respublikasi xududida barcha shaxslar uchun ijro etish
majburiy bo'lgan valyutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi;
banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valyutasida
operatsiyalar o'tkazish uchun litsenziyalar beradi va litsenziyalarni qaytarib oladi,
ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi;
banklar uchun ochiq valyuta mavqei limitlarini va boshqa iqtisodiy normativlarni belgilaydi; milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash tartibini
belgilaydi; O'zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini tasarruf etadi va
boshqaradi. Mamlakatda samarali to'lov tizimini ta'minlashda hisob-kitoblar tizimini tashkil etish va ta'minlash vazifasi Markaziy bankning muhim vazifalaridan biridir. To'lovlar O'zbekiston Respublikasi hududida naqd pul bilan va naqd pulsiz hisobkitoblar ko'rinishida amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob-kitob qoidalarini belgilovchi umummajburiy normativ hujjatlar qabul qiladi, mazkur qoidalarning bir xilda qo'llanilishi respublika hududida hisob-kitoblarning uzluksiz va o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlaydi. Hisob-kitoblar tizimini samaradorligini ta'minlashda Markaziy bank doimiy ravishda zamonaviy texnika va texnologiyalar negizida hisob-kitoblarning yangi vositalarini amalga kiritish bo'yicha ishlarni amalga oshiradi, iste'molchilar - aktsionerlar, investorlar, omonatchilar, auditor-lar, kreditorlar, chet el korxonalari, tashkilotlar va banklarni moliyaviy va iqtisodiy axborotlar bilan ta'minlash uchun xalqaro standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini ishlab chiqadi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri bank faoliyatini tartibga solish, banklar va boshqa kredit tashkilotlarini nazorat
qilish hisoblanadi. Bu bank tizimining barqarorligini saqlash, aktsionerlar,
omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilish uchun zarurdir.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda eng asosiy vositalardan biri banklar
va boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashdir. Litsenziyalashdan
maqsad - bank va kredit xizmatlari bozorida benuqson obro'-e'tiborga ega bo'lgan
shaxslar tomonidan boshqariladigan, bank-moliya tizimiga bo'lgan aholining
ishonchini oshirishga xizmat qiladigan moliyaviy barqaror tashkilotlar faoliyat
yuritishini ta'minlashdan iborat.
Markaziy bank O'zbekiston Respublikasining monetar hamda valyuta
siyosatini amalga oshirish uchun, shuningdek xalqaro operatsiyalar bo'yicha
hisob-kitoblarni ta'minlash uchun etarli bo'lgan darajada xalqaro rezervlarni
saqlab turilishiga yordam beradi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidalash joizki Markaziy bank banklarning banki bo’lib, bank tizimining yuragi hisoblanadi.

Yüklə 86,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə