Oxunjonov muxammadqodirning pul va banklar fanidan


-bob. Ta’minotsiz kreditlarni berish



Yüklə 86,03 Kb.
səhifə4/6
tarix29.11.2023
ölçüsü86,03 Kb.
#142972
1   2   3   4   5   6
1. Markaziy bank faoliyatining asoslari

2-bob. Ta’minotsiz kreditlarni berish
9. Ta’minotsiz kreditni olish uchun qarz oluvchi bank mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan shakldagi arizaga quyidagilarni ilova qilgan holda Markaziy bankka murojaat qiladi:
lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bo‘yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan past ekanligi yoki keyingi bank ish kunida past bo‘lishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
moliyaviy ahvoli, shu jumladan likvidlilik holatini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi.
10. Qarz oluvchi bank ta’minotsiz kredit olishi to‘g‘risida arizani bank Kengashini xabardor qilgandan so‘ng Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
11. Qarz oluvchi bank moliyaviy ahvolini, likvidlilik holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
a) kredit portfelini sog‘lomlashtirish, xususan, avval berilgan kreditlarni (aktivlarni) o‘z vaqtida to‘liq undirilishini ta’minlash va muammoli kreditlar (aktivlar) qoldig‘ini keskin qisqartirish borasidagi tadbirlar;
b) aktivlar va passivlarning muddatlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni keskin qisqartirish borasida ko‘riladigan qat’iy choralar;
v) bankning moliyaviy faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa zarur chora-tadbirlar.
12. Markaziy bankning Kredit qo‘mitasi qarz oluvchi bankka ta’minotsiz kredit berish yoki bermaslik to‘g‘risida bir bank ish kuni davomida qaror qabul qiladi.
13. Markaziy bankning Kredit qo‘mitasi tomonidan ta’minotsiz kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Kredit qo‘mitasi qarorida kredit shartnomasini tuzish hamda ta’minotsiz kredit ajratish sanasi, kredit summasi va foiz stavkasi belgilanadi.
14. Kredit shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan sanada ta’minotsiz kredit mablag‘lari qarz oluvchi bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
15. Markaziy bankning Kredit qo‘mitasi ta’minotsiz kredit ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilganda bu haqda qarz oluvchi bankni bir bank ish kuni ichida xabardor qiladi.

Yüklə 86,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə