Oxunjonov muxammadqodirning pul va banklar fanidan



Yüklə 86,03 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü86,03 Kb.
#142972
1   2   3   4   5   6
1. Markaziy bank faoliyatining asoslari

foiz stavkasi — banklarga beriladigan ta’minotsiz kreditlar uchun Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan o‘rnatiladigan stavka;
qarz oluvchi bank — Markaziy bankka ta’minotsiz kredit olish yuzasidan murojaat qilgan bank;
qarzdor bank — Markaziy bank oldida ta’minotsiz kreditlar bo‘yicha majburiyatga ega bo‘lgan bank;
kredit shartnomasi — Markaziy bank tomonidan qarz oluvchi bankka kelishilgan miqdorda va shartlar asosida ta’minotsiz kredit berish, qarz oluvchi bank esa olingan ta’minotsiz kreditni qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini nazarda tutuvchi shartnoma.
2. Markaziy bank tomonidan banklarga ta’minotsiz kreditlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida muddatlilik, qaytarishlik, to‘lovlilik va maqsadlilik shartlari asosida beriladi.
3. Ta’minotsiz kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan kreditlarning muddatidan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi.
4. Qarz oluvchi bankka ta’minotsiz kredit ajratish masalasi Markaziy bankning Kredit qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
5. Ta’minotsiz kreditlar Markaziy bank tomonidan 3 oy muddatgacha qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz ajratiladi.
6. Ta’minotsiz kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni hisoblash kredit shartnomasida ko‘rsatilgan miqdor va tartibda, kredit ajratilgan kundan boshlab, u to‘liq qaytarilgan kundan oldingi kungacha bo‘lgan muddatga amalga oshiriladi.
7. Qarz oluvchi bankka ajratiladigan ta’minotsiz kreditlarning maksimal miqdori qarz oluvchi bankning ushbu Nizomning 1-ilovasida ro‘yxati keltirilgan milliy valyutadagi hisobvaraqlar bo‘yicha majburiyatlarining qoldiqlari jami summasining 30 foizidan oshmasligi lozim, bundan vasiylik o‘rnatilgan qarzdor banklar mustasno.
8. Qarz oluvchi bank ta’minotsiz kredit olish uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:
majburiy rezerv talablarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi;
bank ustav kapitali miqdori qonun hujjatlarida belgilangan me’yor talablaridan kam bo‘lmasligi;
bank majburiyatlarini bank aktivlari bilan to‘liq qoplanganligi;
xavfli va nosog‘lom bank faoliyati amalga oshirilmayotganligi;
omonatchilar tomonidan bankka ishonib topshirilgan mablag‘lar butligiga real xavf mavjud bo‘lmasligi;
oxirgi uch oy mobaynida Markaziy bank tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlardan muddati o‘tgan qarzdorligi (qaytarish muddatini kechiktirish holatlari) mavjud bo‘lmasligi.

Yüklə 86,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə