Oxunjonov muxammadqodirning pul va banklar fanidan


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARIGA TA’MINOTSIZ KREDITLARNI BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA



Yüklə 86,03 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü86,03 Kb.
#142972
1   2   3   4   5   6
1. Markaziy bank faoliyatining asoslari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARIGA TA’MINOTSIZ KREDITLARNI BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 20-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2891]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PQ-3066-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga ta’minotsiz kreditlarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-iyun,
13/1-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 17-iyundagi 13/1-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga ta’minotsiz kreditlarni berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PQ-3066-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan tijorat banklariga ta’minotsiz kreditlarni berish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ta’minotsiz kredit — lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bo‘yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan past bo‘lgan yoki keyingi bank ish kunida past bo‘lishi kutilayotgan banklarga, ularning likvidligini qo‘llab-quvvatlash va to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank tomonidan ajratiladigan ta’minotsiz kredit;

Yüklə 86,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə