Homilador,ko’zi yorigan va emizikli ayollarning ovqatlanish jihatlari



Yüklə 0,64 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#135964
5- mavzu

Homilador ,ko’zi yorigan va emizikli ayollarning ovqatlanish jihatlari.

Homilador ayolning ratsionini tashkil etuvchi oziq-ovqat tabiiy holatga imkon qadar yaqin bo‘lsa yaxshi. Qayta ishlangan ovqatlarga kamroq ustunlik berishga harakat qilish lozim. Agar kartoshka bo‘lsa, uni pishirilgan yoki qaynatilgan holda iste’mol qilish lozim. Agar don bo‘lsa, unda jigarrang guruch, arpa, grechka, makkajo‘xori tanovul qilish kerak. Shirinliklardan esa meva yoki 70 foiz shokolad tavsiya etiladi.

  • Homilador ayolning ratsionini tashkil etuvchi oziq-ovqat tabiiy holatga imkon qadar yaqin bo‘lsa yaxshi. Qayta ishlangan ovqatlarga kamroq ustunlik berishga harakat qilish lozim. Agar kartoshka bo‘lsa, uni pishirilgan yoki qaynatilgan holda iste’mol qilish lozim. Agar don bo‘lsa, unda jigarrang guruch, arpa, grechka, makkajo‘xori tanovul qilish kerak. Shirinliklardan esa meva yoki 70 foiz shokolad tavsiya etiladi.

Homiladorlikning birinchi trimestrida ovqatlanishning muhim tomonlari

  • Homiladorlikning birinchi trimestrida ovqatlanishning muhim tomonlari
  • Homiladorlikning dastlabki 12 haftasida ayolning ruhiyati jiddiy gormonal hujumga uchraydi va buning natijasida homilador ona o‘zini injiq va yosh bola kabi tutishi mumkin. Uni barcha taqiqlangan narsalar chidab bo‘lmas darajada jalb qiladi.

Ikkinchi va uchinchi trimestrlarida parhezning xususiyatlari

  • Ikkinchi va uchinchi trimestrlarida parhezning xususiyatlari
  • Ikkinchi trimestrda homilador onaning, qoida tariqasida, ishtahasi ochiladi. Homiladorlikning ushbu davrida muvozanatli ovqatlanish qanday bo‘lishi kerak? Fastfud, yarim tayyor mahsulotlar, mayonezli salatlardan voz kechishga harakat qilish lozim. Eng muhimi, homilador ayolning ratsionidagi oziq-ovqat yangi bo‘lishi kerak.

Homilador ayolning ratsionidagi oqsillar

  • Homilador ayolning ratsionidagi oqsillar
  • Oqsil homilador ayolning ratsionining eng muhim qismidir. Shuning uchun, bu davrda past oqsilli diyetalar mos kelmaydi! Bo‘lajak ona va bolaga oqsillar nima beradi:
  • bolaning o‘sishi va rivojlanishi, onaning yo‘ldoshi, bachadon va sut bezlari, shuningdek, emizishda foydalaniladigan zaxiralar;
  • ozuqa moddalari, vitamin, mikroelementlarni tashish;
  • immunitet himoyasi (bakteriya va viruslardan himoya qiluvchi antitolalar oqsillardir);
  • qon koagulyatsiyasi va antikoagulyatsion tizimlarning optimal ishlashi (qon ivish omillari oqsillardir);

Emizikli bolasi bor ona quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilmasligi zarur:

  • Emizikli bolasi bor ona quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilmasligi zarur:
  • • Yangi uzilgan bodring, kvas (kvasli yaxna sho‘rva, ya’ni okroshka), poliz mahsulotlari (qovun, tarvuz) – bularning barchasi chaqaloqning qornini og‘ritishi, ichak ish faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin. • Ko‘zga tashlanadigan yorqin ranglardagi meva va sabzavotlarni (qizil olma, apelsin, shaftoli, o‘rik, lavlagi, sabzi, pomidor, malina, qulupnay) ehtiyotlik bilan iste’mol qiling. Ushbu shirin mahsulotlar chaqaloqda allergiya qo‘zg‘ashi mumkin. • Sutni iste’mol qilishdan oldin uni albatta pishirib oling, chunki u chaqaloqning qorni dam bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari pishirilmagan sut ayniqsa yoz mavsumida o‘tkir ichak infeksiyasiga sababchi bo‘lishi mumkin. • Sarimsoq, piyoz, selderey va turli ziravorlar ona sutiga yoqimsiz ta’m berishi mumkin, shu sababli ularni suiste’mol qilmang. • Alkogol va tamaki ona sutiga taxir ta’m beradi. Buning ustiga ularning tarkibidagi moddalar bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, chunki ular bola organizmiga tushadigan kislorodni yopib qo‘yadi.

Endi esa emizikli bolasi bor onaning ratsionidan joy olishi lozim bo‘lgan mahsulotlarga to‘xtalamiz: • Sut va sut mahsulotlari (yuqorida aytib o‘tilganiday, sut pishirilgan bo‘lishi kerak). Menyuda albatta pishloq bo‘lishi shart. Unda bolaning rivojlanayotgan organizmi uchun zarur bo‘lgan kalsiy va fosfor moddalari bor. • Har kuni baliq va go‘sht kabi oqsilga boy mahsulotlarni iste’mol qiling. Tuxumni cheklangan miqdorda iste’mol qilgan ma’qul, chunki u bolada allergiya qo‘zg‘ashi mumkin.

  • Endi esa emizikli bolasi bor onaning ratsionidan joy olishi lozim bo‘lgan mahsulotlarga to‘xtalamiz: • Sut va sut mahsulotlari (yuqorida aytib o‘tilganiday, sut pishirilgan bo‘lishi kerak). Menyuda albatta pishloq bo‘lishi shart. Unda bolaning rivojlanayotgan organizmi uchun zarur bo‘lgan kalsiy va fosfor moddalari bor. • Har kuni baliq va go‘sht kabi oqsilga boy mahsulotlarni iste’mol qiling. Tuxumni cheklangan miqdorda iste’mol qilgan ma’qul, chunki u bolada allergiya qo‘zg‘ashi mumkin.

Meva va sabzavotlarni yaxshisi pishirilmagan ko‘rinishda chaynab iste’mol qiling. Chunki ulardagi juda ko‘p vitaminlar pishirilganidan keyin yo‘qolib ketadi. • Ko‘proq suyuqlik iching. Suyuqlik meyori sutkasiga 2-2,5 litr bo‘lishi va uning deyarli yarmini sut va sut mahsulotlari tashkil etishi lozim. Gazlangan suv va turli ichimliklardan voz kechib, tabiiy va yangi siqib chiqarilgan sharbatlarni iste’mol qilgan ma’qul.

  • Meva va sabzavotlarni yaxshisi pishirilmagan ko‘rinishda chaynab iste’mol qiling. Chunki ulardagi juda ko‘p vitaminlar pishirilganidan keyin yo‘qolib ketadi. • Ko‘proq suyuqlik iching. Suyuqlik meyori sutkasiga 2-2,5 litr bo‘lishi va uning deyarli yarmini sut va sut mahsulotlari tashkil etishi lozim. Gazlangan suv va turli ichimliklardan voz kechib, tabiiy va yangi siqib chiqarilgan sharbatlarni iste’mol qilgan ma’qul.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə