Hozirgi o‘zbek adabiy tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

4.Tovush cho‘ziqligi- tebranishning oz yoki ko‘p vaqt davom etishi. Tovush cho‘ziqligi 
ikki xil bo‘ladi; a) fonologik cho‘ziqlik (birlamchi cho‘ziqlik). Bunday cho‘ziqlik, odatda, ma`no 
ajratish uchun xizmat qiladi. Masalan, turkman tilida «yilqi» ma`nosidagi «ot» so‘zi bilan «ism» 
ma`nosidagi «ot» so‘zining ma`nolari shu so‘zlar tarkibidagi «o» unlisining cho‘ziqlik darajasi 
bilan farqlanadi; ot (ad-» yilqi») -o:t (a:d-»ism») kabi; b) fonetik cho‘ziqlik (ikkilamchi 
cho‘ziqlik)- sof fizik-akustik faktorga asoslangan (fonologik vazifa bajarmaydigan) cho‘ziqlik. 
Masalan, urg‘uli bo‘g‘indagi unli bir oz cho‘ziladi, ammo u so‘z ma`nosini farqlash uchun 
xizmat qilmaydi (atlas va atlas kabi ayrim holatlar bundan mustasno). Shuningdek, imon so‘zi 
boshidagi «i» cho‘ziqroq talaffuz etilganidan, unda bir «y» orttiriladi yoki shahar, zahar 
so‘zlarida «h»ning tushib qolishi natijasida ikki «a» yonma-yon kelib, bir cho‘ziq «a» tarzida 
talaffuz qilinadi (sha:ar,za:ar kabi), ammo bu holat so‘z ma`nolarini o‘zgartirmaydi.  
Izoh; Nutq tovushlarining balandligi, kuchi (intensivligi) va tembri ularning sifat belgilari 
sanaladi, tovushning cho‘ziqligi esa miqdor belgisi hisoblanadi.
Anatomik-fiziologik aspekt. Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning biologik 
asosini - inson organizmidagi ayrim a`zolarning nutq tovushlarini hosil qilishdagi rolini, ularning 
tuzilishi va faoliyatini O‘rganadi. 
Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:


1) nutq a`zolarining anatomiyasi;
2) nutq a`zolarining fiziologiyasi; 
3) nutq a`zolarining ijro kechimi. 
1.Nutq a`zolarining anatomiyasi deyilganda shu a`zolarning shakli, tuzilishi, orni nazarda 
tutiladi. Bunday a`zolar quyidagi apparatlarga birlashadi: 
a) nafas apparati - o‘pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko‘krak qafasi. Bu apparat a`zolari 
tovush hosil qilish uchun zarur bo‘lgan havo oqimini boshqa a`zolarga etkazib beradi, shu 
ma`noda havo manbai sanaladi; 
b) bo‘g‘iz bo‘shlig‘i- traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un 
paychalari, uzuksimon, qalqonsimon, cho‘michsimon, ponasimon, shoxsimon tog‘aylar 
mavjud. Bu apparatdagi eng faol a`zolar un paychalaridir:
-un (ovoz) paychalari tinch holatda turganda, ularning oralig‘i ochiq bo‘ladi, natijada nafas 
apparatidan kelayotgan havo oqimi shu oraliqdagi paychalarni tebratmay ota’di. Bunday 
vaziyatda ovoz hosil bo‘lmaydi; 
- ovoz paychalari tortilgan ( taranglashgan) da, ular orasidagi ochiq bo‘shliq yumuq 
holatga keladi, natijada havo oqimining yo‘li to‘siladi, havo oqimi taranglashgan un paychalariga 
urilib, uni tebratadi. Bunday tebranish ovozni (asosiy tonni) yuzaga keltiradi. Shuning uchun 
bo‘g‘iz bo‘shlig‘i ovoz manbai hisoblanadi. Ovoz esa unli tovushlarni, jarangli va sonor 
undoshlarni shakllantirishda fizik komponent sifatida qatnashadi. 
-ovoz paychalari bo‘shroq tortilgan holatda shu paychalar orasida torroq bo‘shliq yuzaga 
keladi, havo oqimi shu bo‘shliqdan sirg‘alib, ishqalanib ota’di, ammo un paychalarini 
tebratmaydi., natijada shovqin hosil bo‘ladi, bu shovqin pichirlab yoki shivirlab gapirganda 
qo‘llanadi; 
v) halqum- bo‘g‘izdan yuqoriroqda joylashgan bo‘shliq. U uch qismdan iborat: pastki 
qismi hiqildoq(bo‘g‘iz)ga tutashgan orni; o‘rta qismi-halqumning og‘zi. Bu qism og‘iz bo‘shlig‘i 
tomonga ochilgan bo‘ladi; yuqori qismi- burun bo‘shlig‘iga va eshitish paylariga birikkan 
(tutashgan) qismi; 
g) og‘iz bo‘shlig‘i- til, kichik til, tishlar, lablar, lunjlar, qattiq va yumshoq tanglay, til osti 
muskulidan iborat apparat. U orqa tomonidagi tomoq orqali halqumga tutashadi; 
d) burun bo‘shlig‘i - qo‘shimcha ton manbai. U yumshoq tanglay oxiridagi kichik tilning 
quyi tomon harakat qilishi natija-sida rezonatorga aylanadi: havo oqimining bir qismi burun 
bo‘shlig‘idan o‘tib, qo‘shimcha tonlarni yuzaga keltiradi. O‘zbek tilining m,n,ng undoshlari shu 
apparat ishtirokida yuzaga keladi. 
Faol a`zolar: lablar; tilning old qismi; tilning o‘rta qismi; tilning orqa qismi; til O‘zagi; 
kichik til; yumshoq tanglay ; halqumning orqa qismi. 
Nofaol a`zolar : old tomondagi yuqori tishlarning uchi; old tomondagi yuqori tishlarning 
orqa qismi; qattiq tanglayning old qismi; tanglayning o‘rta qismi; yumshoq tanglayning old 
qismi; yumshoq tanglayning orqa qismi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə