Hozirgi sharoitda yoqilg‘ini sezilarli darajada tejashning ikki yo‘li mavjud: avtomobilni garajda yoping va piyoda yurish yoki avtomobilga avtogaz uskunalari o‘rnatish



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə5/26
tarix29.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#140421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Hozirgi sharoitda yoqilg‘ini sezilarli darajada tejashning ikki

1.2. Datchiklar va ularning turlari
Texnikada o’lchovchi o’zgartirgich sifatida datchiklardan foydalaniladi.
Datchik – bu o’zi o’rnatilgan muhitda unga ta’sir etayotgan parameter qiymatini o’lchab, ma’lumotlarni uzatuvchi qurilmadir.
Ishlab chiqarishda datchikka muhitning turli parametrlari birday ta’sir qilib turadi. Masalan siljish, harorat, bosim va h.o. datchik bu parametrlardan faqat bittasini o’lchashga moslashtiriladi. Datchikka ta’sir etuvchi parametrlar kirish parametrlari deb ataladi. Datchik kirish parametrlarini o’lchab ma’lumotlarni chiqish signali sifatida uzatadi. Kirish parametrlarini o’lchash jarayoni datchikning sezgir elementlari orqali amalga oshiriladi. Tashqi muhit parametrining ta’siri ostida datchikning sezgir elementini fizik hususiyati o’zgaradi.
Datchiklar umuman olganda ikki turga bo’linadi. Parametrik datchiklar va datchik generatorlar.
Parametrik datchiklar kirish parametrlari ta’sirida datchikning sezgir elementini fizik hususiyati o’zgaradi. Lekin bu o’zgarish haqida tashqariga chiqish signali yubora olmaydi.Undan chiqish signalini olish uchun tashqi energiya manbaiga ulash talab etiladi. Sezgir elementning fizik hususiyati o’zgarishi ta’sirida tashqi energiya manbaidan berilgan kirish signali kattaligi o’zgarib chiqish signali sifatida qaytadi. Bu o’zgarish kirish parametrlari qiymatiga mos keladi.

1.6-Rasm. Parametrik datchikning ish faoliyati
Datchik generator – bu sezgir elementiga muhit parametrlari ta’sir etganda o’zi chiqish signali shakllantiruvchi datchikdir. Bu datchikka tashqi energiya manbaini ulash shart emas.

1.7-rasm. Datchik generatorning ish faoliyati
Parametrik datchiklarga quyidagilar kiradi:

  • rezistiv datchiklar;

  • induktiv datchiklar;

  • transformator datchiklar;

  • sig’im datchiklari.

Datchik generatorga quyidagilar kiradi:

  • termoelektrik datchiklar;

  • induksion datchiklar;

  • p’ezoelektrik datchiklar;

  • fotodatchiklar.

Har qanday qurilma kabi datchikning ham ishlab chiqaruvchilar tomonidan berilgan pasporti bo’ladi. Pasportda datchikning muhim hususiyatlari beriladi. Ulardan ba’zi birlarini ko’rib chiqamiz.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə