Hozirgi zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy yo'nalishlar Reja: I. Kirish



Yüklə 148,54 Kb.
səhifə2/8
tarix22.03.2024
ölçüsü148,54 Kb.
#180825
1   2   3   4   5   6   7   8
Hozirgi zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy yo\'nalishlar

Neopozitivizm sotsiologiyasi. Neopozitivizm sotsiologiyasi avvalgi pozitivizm falsafasining davomidir. Ushbu sotsiologiya tarafdorlarining fikricha, sotsiologiya har qanday mafkuraviy dunyoqarashdan xoli bo‘lishi kerak. Sotsiologiyaning asosiy vazifasi individ faoliyatini tabiatshunoslik fanlari qabul qilgan aniq usullarga asoslangan holda o‘rganishdir. Ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini bilish uchun tabiat qonunlarini bilishning o‘zi kifoya. Ijtimoiy hodisalar tabiat va jamiyatga xos umumiy qonunlarga bo‘ysunadi va unga asoslanadi. Neopozitivizm tarafdorlari jamiyat rivojlanishini har xil tabiiy omillar, iqlim sharoitlari, geografik muhit, biologik va boshqa xususiyatlar bilan bog‘liq deb ta’kidlaydilar. Neopozitivizm tarafdorlarining fikricha, individ faoliyatining sababini ularning kundalik turmushdagi aniq harakatlarining sababini tahlil qilish orqali bilib olish mumkin. Bu sotsiologiya amaliy sotsiologiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
XIX asrning ikkinchi yarmida AQSHlik sotsiolog Lester Frank Uord (1841-1913) ijtimoiy sohalarda amaliy tadqiqotlar o‘tkazdi. U kapitalistik jamiyat doirasida ijtimoiy islohotlar negizini ta’minlaydigan amaliy tadqiqotlar prinsipini shakllantirdi. Uning fikricha, ijtimoiy fanlar ijtimoiy rivojlanish qonunlarini ochib beradi va ijtimoiy isloxotlarni nazariy jihatdan asoslaydi.
Uord g‘oyalarini keyinchalik amerikalik sotsiolog Franklin Genri Giddingsk (1855-1931) rivojlantirdi. U sotsiologik tadqiqotda statik uslubni ishlab chiqib, amaliy sotsiologiyaning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Giddingskning fikriga ko‘ra, sotsiologiya statik uslublar yordamida individ ijtimoiy muhitga ta’sirining yig‘indisi sifatida «ko‘p fikrlilik faoliyati»ni o‘rganishi kerak. Amaliy sotsiologiyaning rivojlani- shida amerikalik sotsiolog Uilyam Tomos (1863-1947) va polshalik faylasuf, sotsiolog Floriana Znanetskiy (1882-1958)ning o‘zaro hamkor- likda yozgan «Polshalik dehqon Yevropada va Amerikada» asari katta ahamiyat kasb etadi. Mualliflar birinchi marta inson omilini o‘rganishda amaliy ma’lumotlarning asosini tashkil qiluvchi shaxsiy hujjatlar (xat, kundalik, tarjimai hol, esdalik va boshqalar)ning ahamiyatini ko‘rsatib beradilar. Asarda boshqa ijtimoiy muammolar ham tahlil qilinadi. Jum- ladan, Polsha qishloqlarida ijtimoiy turmushning shaklan tanazzulga uchrashi sababi, Yevropadan Amerikaga ommaviy migratsiya (ko‘chish) vaqtida oilalarning buzilishidan deb ko‘rsatiladi.

Yüklə 148,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə