Hozirgi zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy yo'nalishlar Reja: I. Kirish


Pitirim Sorokinning analitik sotsiologiyasi



Yüklə 148,54 Kb.
səhifə4/8
tarix22.03.2024
ölçüsü148,54 Kb.
#180825
1   2   3   4   5   6   7   8
Hozirgi zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy yo\'nalishlar

Pitirim Sorokinning analitik sotsiologiyasi. Amerikalik sotsiolog Pitirim Sorokin (1889-1968) ijtimoiy tizim va ijtimoiy bir butunlik maummolarini tahlil qilish bilan shug‘ullangan. U «o‘zaro ijtimoiy ta’sir» nazariyasini ishlab chiqqan. Bu nazariyaga asosan, madaniyat shaxslararo munosabatlardan tashkil topgan. U madaniyat deganda o‘zaro aloqada bo‘lgan shaxslarning qadriyat va normalarini tushungan. O‘zaro aloqada bo‘lgan ijtimoiy tizimning markaziy elementini madaniyat yoki supertizim tashkil qiladi. Uning nazarida bir necha supertizim (madaniyat) mavjud va ularga sezuvchi supertizim, ya’ni kishilarning hissiy a’zolari orqali olgan ishonchli bilimlari va g‘oyalashgan supertizim, ya’ni hissiyotdan tashqari e’tiqodning xaqiqat sifatida namoyon bo‘lishi kiradi. Bu ikkala supertizimning qo‘shilishi natijasida aql tizimi yoki idealistik tizim tashkil topadi. Pitirim Sorokinning ijtimoiy tizim rivojlanishining haqiqiy sababchisi tizimni tashkil qiluvchi madaniyat va qadriyatlardir. Madaniyat va qadriyatlarning o‘zi mazkur falsafa, din, axloq, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning umumiy tabiatini belgilab beradi.
Sotsiologiyada psixoanalitik yo‘nalish. Sotsiologiyada psixoanalitik yo‘nalishning asoschisi avstraliyalik nevropatolog, ruhshunos olim Zigmund Freyd (1856-1939) hisoblanadi. Psixoanalitik yo‘nalish inson- larni anglanmagan xolda biror ishga undovchi hissiyotning xukmronlik rolini tan oluvchi yo‘nalishdir. Bu oqim tarafdorlari shaxs va jamiyat o‘rtasidagi nizolarning asosiy sababi sivilizatsiya, ijtimoiy va axloqiy normalar, har xil taqiqlar, insonlarning ehtiyojlari, e’tiqodlarini nazorat qilish deb hisoblaydi.
Freyd faqat avtoritar yo‘lboshchilarni ma’qul deb biladi, chunki xalq ommasi hech qanday mustaqillikka ega emas, shuningdek hech qanday majburiyatlarni o‘z zimmalariga olishni istamaydi va bosh egib yo‘lboshchiga bo‘ysunadi. Freydning fikricha inson tabiati o‘zgarmas bo‘lib, ularning imkoniyatlari ijtimoiy o‘zgarish bilan cheklanadi. Inson tabiatini faqat ijtimoiylashuvga mos keladigan psixoanalitik terapiya yordamida o‘zgartirish mumkin. Bu yo‘l ommani yuqori tabaqa darajasiga ko‘tarishi mumkin.

Yüklə 148,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə