Hozirgi zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy yo'nalishlar Reja: I. Kirish


«Ramzli interaksionizm» sotsiologiyasi



Yüklə 148,54 Kb.
səhifə7/8
tarix22.03.2024
ölçüsü148,54 Kb.
#180825
1   2   3   4   5   6   7   8
Hozirgi zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy yo\'nalishlar

«Ramzli interaksionizm» sotsiologiyasi. «Ramzli interaksionizm» tushunchasini amerikalik sotsiolog Gerbert Blumer 1969 yilda fanga kiritgan bo‘lib, interaksionizm (inglizcha—unteraction) o‘zaro ta’sir ma’nosini angla- tadi. «Ramzli interaksionizm» sotsiologiyasi amerikalik faylasuf, sotsiolog va ijtimoiy ruhshunos olim J. Mid tomonidan har taraflama rivojlantiriladi.
Ramzli interaksionizmning asosiy kategoriyasi «mohiyat» hisoblanadi. Kishilarning kundalik faoliyati va insoniyatning amaliy dunyosi «mohiyat» bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, odamlar obyektlarga «mohiyat» asosida yonda- shadilar. Natijada narsalar «mohiyatga ega bo‘lgan»insonlar uchun muvaf- faqiyatga erishishda asos bo‘lib xizmat qiladi. «Ramzli interaksionizm» taraf- dorlarining «mohiyatni» idealistik nuqtai nazardan talqin qilishi noto‘g‘ridir. Ular bunday noto‘g‘ri talqinni ijtimoiy munosabatlarga kiritishga ham xarakat qiladilar. Ularning fikricha, ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishini moddiy olamni tadqiq etuvchi tadqiqotchining qarashlaridan kelib chiqib o‘rganish lozim. Ular insonlar xatti-harakatiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy tashkilotlar, muassasalar va institutlarning o‘rnini inkor etadilar.
J. Mid ijtimoiy munosabatlarni kishilarning amalga oshirmoqchi bo‘lgan xatti-harakatlariga qarshi aloqa yo‘li sifatida tasavvur qiladi. Bu qarshilik unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan imo-ishora yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mohiyatni hal qilishga qaratilgan imo-ishoralar o‘z navbatida ramziy belgiga aylanadi. Mid ijtimoiy nazariyasining markazida kishilar
ham nizolarsiz, ziddiyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Inson bilan inson, inson bilan ijtimoiy guruh o‘rtasidagi, guruhlararo nizolar, jamiyat miqyosidagi nizolar, qolaversa, davlatlar o‘rtasidagi nizo va kelish- movchiliklar shular jumlasidandir. Bu nizo va kelishmovchiliklarni faqat insonlarning aql irodasi ustunligi bilan to‘g‘ri, oqilona hal qilish mumkin va shundagina ijobiy natijalarga erishiladi.
G’ARBIY YEVROPA SOTSIOLOGIK MAKTABLARI
O.Kont tomonidan 1839 yilda “Pozitiv falsafa kursi” asarining uchinchi tomi nashr etilganligi natijasida, birinchi marotoba u jamiyatni ilmiy asosda o’rganish sifatida sotsiologiya terminini qo’lladi va bu sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishiga olib keldi.
O.Kont tomonidan ta’riflangan insonning intelektual rivojlanishining uchta izchillik bosqichi: teologiyaga oid, metafizik va pozitivik haqidagi qonuni ushbu savolga javob berish uchun imkon beradi. Birinchi, teologik bosqichda insonning g’ayritabiiy tushunchasi diniy tasavvurlar asosida qurilgan. Ikkinchi, metafizik bosqichda inson g’ayritabiy kuchdan voz kechib, mavhum mohiyat sabab va boshqa falsafiy me’yorlar yordamida voqelikni tushuntirishga harakat qiladi. Ikkinchi bosqichning vazifasi tanqidiy, avvalgi tasavvurlarni vayron etib, u uchinchi mohiyatni ifodalashdan voz kechib, ular ustidan kuzatish bilan kifoyalanadi. Bir bosqichdan ikkinchisiga o’tish hamma fanlarda bir vaqtlarda bo’lmasada izchillik bilan amalga oshiriladi. Bu jarayon oddiydan murakkabga (yuqoridan quyiga) tamoyili asosida amalga oshiriladi.
O’rganilayotgan obyekt qanchalar oddiy bo’lsa, u yerda pozitiv bilimlar shuncha tez qaror topadi. SHuning uchun pozitiv bilimlar avvalo matematikada, fizikada, astronomiyada, ximiyada, so’ng esa biologiyada tarqaladi.
Sotsiologiya esa bu pozitiv bilimlar cho’qisidir. U o’z tadqiqotlarida pozitiv uslubga suyanadi. Pozitiv uslub kuzatishlardan to’plangan tajriba va tadqiqotlarni taqqoslash, ishonchli, tekshirilgan, e’tirozni tug’dirmaydigan empirik ma’lumotlar majmuini nazariy tahlil etishga suyangan. O.Kont tomonidan jamiyat haqidagi fanni shakllantirishda mehnat taqsimoti va koperatsiyalashning zarurligi haqidagi qonunning ochib berilishi navbatdagi muhim yakun bo’ladi. Bu omillar jamiyat tarixida juda katta ijobiy ahamiyatga ega. SHu tufayli sotsial va kasbkorlik guruhlari yuzaga keladi, jamiyatning xilma-xilligi o’sadi va odamlarning moddiy farovonligi ko’tariladi.
O.Kont o’z qarashlaridan kelib chiqib, sotsiologiyani ikki qismga: sotsial turg’unlik va sotsial jo’shqinlikka bo’ladi.6
Sotsial turg’unlik ijtimoiy tuzumlarning amal qilish sharoitlari va qonuniyatlarini o’rgatadi. O.Kont sotsiologiyasining ushbu bo’limida asosiy ijtimoiy institutlar: oila, davlat, din, ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy funksiyalari va ularning birdamlik va hamkorlikni o’rnatishdagi rollari ko’rib chiqiladi. Sotsial jo’shqinlikda O.Kont insonni ma’naviy, aqliy rivojlantirishning muhim omili bo’lgan ijtimoiy taraqqiyot nazariyasini rivojlantiradi.
O.Kontning ko’pgina g’oyalari, avvalo tabiat va jamiyat haqidagi fanlarning ijobiy ko’rsatmalaridan sotsiologiyada foydalanish, shuningdek yaxlit sotsial organizm bo’lgan jamiyat haqidagi tasavvurlarini qabul qilib uni rivojlantirgan mutafakkirlardan biri Gerbert Spenserdir. (1820-1903).
O.Kont kabi G.Spenser ham keng ma’lumotga ega bo’lgan olim, o’z davrining buyuk aql egalaridan biri hisoblanadi. U falsafa, sotsiologiya, psixologiya va boshqa fanlar bo’yicha qator jiddiy asarlar muallifidir. G.Spenserning asosiy asari “Sintetik falsafa sistemasi” bo’lib, unda tabiiy va sotsial voqealarining tarixiy rivojlanishi haqidagi chuqur qarashlarini bayon etgan. G.Spenser sotsiologiyadagi organizmga oid maktabning asoschisi hisoblanadi. U o’zining organizmga oid nazariyasini va sotsial evolyutsiya tushunchasini “Ilmiy, siyosiy va falsafiy tajribalar” asarida atroflicha bayon etgan.
G.Spenser jamiyatni tabiiy, eng avvalo biologik qonunlar asosida rivojlanuvi organizm sifatida qaragan. U jamiyatni jonli biologik organizmga o’xshatadi. Ushbu fikrni asoslash maqsadida u quyidagi dalillarni keltiradi:
1. Jonli organizm sifatida har qanday jamiyat ham o’sish va rivojlanish jarayonida o’z massasida ortib boradi;
2. U va boshqalari murakkablashadi;
3. Uning qismlarining tobora bir-biriga bog’liqligi kuchayib boradi;
4. Uni tashkil etgan birliklar goho paydo bo’lib va yo’q bo’lib turishiga qaramay, bir butun holda yashashni davom ettiradi.
G.Spenserning sotsial, shuningdek evolyutsiya nazariyasi katta qiziqish uyg’otadi. Evolyutsiyada u quyidagi asosiy jihatlarni ajratadi: oddiydan murakkabga o’tish (integratsiya); bir turdan xilma-xillikka o’tish (differensiatsiya, noaniqlika o’tish tartibining o’sishi). Sotsial evolyutsiya bu – jamiyatning murakkablashuvi yo’lidagi progressiv rivojlanish va sotsial, avvalo siyosiy institutlarni takomillashtirish sohasidagi faoliyatdir. U sotsial evolyutsiyaning odamlar ehtiyojlari bilan obyektiv bog’langanligini ko’rsatadi.7

“Davlat evolyutsiyasi sotsial ehtiyojlar natijasi hisoblanadi” - deb ta’kidlaydi G.Spenser.


G.Spenserning nuqtai nazaricha sotsial evolyutsiya jarayonida odamlarning va turli sotsial institutlarning jamoaviy faoliyatining ahamiyati ortadi. Turli avlod odamlarning birgalikdagi intilishlari orqali amalga oshirilayotgan sotsial evolyutsiya davomida jamiyatning ko’p funksiyalari o’zgaradi.
Spenser jamiyatni parchalanishi muammosini – muvozanat uyg’unlik va barqaror qarama-qarshi bo’lgan jarayon deb hisoblab, o’z qarashlarini bayon etgan. Jamiyatning parchalanishi, uning fikricha inqirozga uchrashi orqali yuz beradi. Bu jarayon ichki, shuningdek tashqi sabablar ta’siri natijasida sodir bo’ladi. Jamiyatning parchalanishi siyosiy hokimiyatni, armiya, o’tmishda progressiv bo’lgan tashkilotlarni o’z ichiga olgan davlat institutlarining samarali faoliyat ko’rsatishining kuchsizlanishi natijasida boshlanadi. Jamiyatning parchalanishi jarayonida deb davom etadi, Spenser, integratsiyalashgan harakatlarning kamayishi va markazdan qochuvchi harakatlarning kuchayishi yuz beradi. Tartibsizlik kuchayadi, hukumat o’zining qobiliyatsizligini namoyish etadi. Spenser aytgan ushbu fikrlari dolzarb, mazmunan chuqur va aniq ekanligi nuqtai nazaridan katta ahamiyat kasb etadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, Spenserning fikr va qarashlari bizning zamondoshlarimizga hozirgi hayotning mazmunini chuqur tushunib olishlariga yordam beradi.
XIX asrning oxiri XX asr boshlaridagi sotsiologik pozivitizmning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri, bu fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeymdir (1858-1917). U bir necha marotoba O.Kont va G.Spenserlar sotsiologik qarashining ahamiyatini ta’kidlagan, ularni tanqidiy anglagan va yanada rivojlantirgan. U bir butun sotsial organizm bo’lgan jamiyat haqidagi nazariyasini ishlab chiqishni rivojlantirgan. U sotsial realizm nazariyasida sotsial voqelik tabiatini sotsial voqealar orqali tushuntirish lozimligi, odamlarning fe’l-atvorini tahlil etishning boshlang’ichi bo’lib, individlar, ijtimoiy guruhlar va tegishli sotsial institutlarning o’zaro munosabati tizimini tashkil etgan jamiyat hisoblanishini yoritadi.
Dyurkgeym “Sotsiologiya uslubi” nomli asarida sotsiologiya sohasidagi jamiyat rivojlanishi nazariyalarini ishlab chiqishga e’tiborini qaratib, sotsial omillarni ilmiy tahlil etishga qaratilgan tavsilotlarni yaratish ustida shug’ullangan.
Sotsiologiya, - deb yozadi u, sotsial dalillar xaqidagi fan bo’lib, uning ostida siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa g’oyalar, qoida va qadriyatlar yotadi. Dyurkgeym fikricha, sotsial voqealikning yakuniy sabablari bo’lib, amaliyotda ro’yobga oshiriladigan odamlarning g’oya va madaniy qadriyatlari hisoblanadi. Aynan ana shunda, u har qanday sotsial evolyutsiyaning manbai mavjudligini ko’radi. Bunda so’z jamoaviy ongni namoyon bo’lishi sifatidagi g’oyalar va ma’naviy qadriyatlar ustida boradi.
Ayrim shaxslarda nisbatan sotsial qoidalar, qadriyatlar va boshqa ijtimoiy ongning namoyon bo’lishi obyektiv amal qiladi. Sotsial nazariya va uslub muammolarini ishlab chiqishda, Dyurkgeym sotsiologiya va falsafaning o’zaro ta’siri muammolariga ham e’tiborini qaratgan.
U sotsiologiya buyuk falsafiy ta’limotlardan yuzaga kelganligini e’tirof etadi va doimo qandaydir falsafiy yondashuvlarga suyanganligini ta’kidlaydi. Sotsiologiya – deb yozadi Dyurkgeym – allaqachon mustaqil fan bo’lib shakllangan, o’z predmetiga ega va shu tufayli o’z ishi bilan shug’ullanishi kerak. Dyurkgeym asarlari sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida qaror topishida muhim rolni o’ynaydi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida sotsiologiyaning rivojlanishiga buyuk hissa qo’shganlardan biri, bu nemis mutafakkiri Maks Veberdir (1864-1920). Hozirgi kunda M.Veber sotsiologiyasi haqiqiy uyg’onish davrini boshidan kechirmoqda. Uning falsafiy sotsiologik qarashlarining ko’p tomonlari yangidan qayta anglanmoqda.
Uning fikricha, ishlab chiqilgan sotsiologik bilim, metodologiyasini tushunish konsepsiyasi, madaniyat, etika, sotsiologiya, din haqidagi ta’limotlari harakat uchun qo’llanma sifatida qabul qilinmoqda.
Veberning fikricha, sotsiologiya avvalo, inson yoki guruh, odamlarning fe’l-atvori va sotsial faoliyatini o’rganishi kerak. Veber ko’plab ilmiy asarlarning, jumladan, “Sotsial-ilmiy va sotsial- siyosiy bilishning obyektivligi”, “Madaniyat haqidagi mantiq fani sohasidagi tanqidiy tadqiqotlar”, “Sotsiologiya” va boshqalarning muallifidir.Sotsial harakat Veberning fikricha odamlarning anglab yetilgan o’zaro munosabati tizimini tashkil etadi. Bunday holatda u sotsiologiyaning predmeti hisoblanadi.Veber o’z asarlarida sotsiologiya nazariyasi va metodologiyasiga oid keng qamrovli muammolarni atroflicha muhokama etishga katta ahamiyat bergan. Shunday qilib, Veber asarlaridagi ilmiylik va obyektivlik bir-biridan ajralib ketmagan.Empirik sotsiologiya asrimizning 20 yillaridan boshlab sotsiologiyadagi yetakchi maktablaridan biriga aylandi. Empirik sotsiologiyaga bir qator o’ziga xos xususiyatlar tegishli bo’lganligi sababli uni odatda mustaqil oqim sifatida ajratib ko’rsatadilar.Empirik sotsiologiyaning vujudga kelishi “sotsial obrazlar” yoki “dalillarni tadqiq qilish” deb atalgan narsalarni e’lon qilishdan boshlangan edi. Bu o’rinda gap muayyan sotsial dalil va hodisalarni batafsil bayon qilish va ishlab chiqarish to’g’risida boradi. Sotsiologik muammolarni hal qilishning bunday usuli tez orada birinchi bo’lib AQSHda, ayniqsa, keng tarqaldi. Empirik sotsiologiya shakllanishining markazi CHikago universiteti bo’ldi (uni CHikago “hayot markazi” deb ham atashgan). Bu yerda 20-30 yillarda empirik sotsiologiyaning yaqqol rivojlanishini ifodalovchi ko’p qirrali amaliy tadqiqotlar keng sur’atda amalga oshiriladi. Bu yo’nalishlar aniq holatlarda kishilar hayot faoliyatlarini mukammal tadqiq etishga qaratilgan edi. Masalan, empirik sotsiologiyaning asoschilari deb hisoblanuvchi U.Tomas va F.Znanetskiy besh tomli “Polyak dehqoni yevropada va Amerikada” (1918-1920) degan asarida AQSHga ko’chib kelgan polyak dehqonlarining hayotini batafsil tahlil qildilar. Bunda ular ashyoviy dalilardan, shaxsiy hujjatlardan – 28 polyak oilasining shaxsiy yozishmasi, ayrim kishilarning tarjimai holi, anketalar va shu kabi bir qancha materiallardan keng foydalandilar.
Bu sotsiologiyada tadqiqotlar o’tkazishning yangi turi bo’lib, unda zamon va makon bilan cheklangan juda ko’p dalillar o’rganilar, ammo, odatda jamiyat hayotning muhim tomonlari qonuniyatlariga oid umumlashtiruvchi tekshirishning maxsus tartibi va texnikasi ham qo’llanila boshladi: kuzatish, intervyu, anketa tarqatish, hujjatlarni o’rganib chiqish, tajriba o’tkazish va modellashtirish to’plangan materiallarni statistik jihatdan ishlash, diagramma, grafiklar tuzish kabilar.
Ommaviy so’rovlar usuli va texnikasi rivojiga J.G.Gellapning “Jamoatchilik fikrini o’rganish Amerika instituti” faoliyati katta rol o’ynaydi. U 30- yillarda 10 kunlab davom etadigan umummilliy so’rovlarni o’tkazdi.XX-asrning 20-yillaridan boshlab Amerika shtatlari jahon sotsiologiyasi rivojida yetakchi mavqeini egalladi. AQSHda sotsiologiyaning fan sifatida jadal rivojlanishida quyidagi omil muhim rol o’ynaydi. Kapitalizmning yuqori bosqichga ko’tarilishi, yevropada sinfiy kurashning kuchayishi natijasida mavjud ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlarni hal etishga qaratilgan empirik tadqiqotlarning katta hajmda to’planganligi AQSHda sotsiologiyaning fan sifatida jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi. Bu yerda sotsiologiya dastlab universitet fani sifatida shakllandi. 1892-yilda jahonda birinchi marta CHikago universitetida sotsiologiya kafedrasi va fakulteti ochildi. 1901 yilda sotsiologiya 196 universitet va kolledjlarda fan sifatida o’qitilgan bo’lsa, 80-yillarning oxirlariga kelib raqam 250 ni tashkil qildi.
AQSHda sotsiologiya o’zining ilk davridayoq amaliy-empirik fan sifatida shakllandi. 1910-yildayoq mamlakatda 3000 dan oshiq empirik tadqiqotlar o’tkazilgan edi. Hozir bu ko’rsatkich 2 baravardan oshib ketdi. Sotsiologik tadqiqotlar o’zining juda katta moliyaviy asosiga ega. Sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish uchun yiliga 2 milliard dollar ajratiladi. Bu harajatlarning yarmini AQSH hukumati, qolgan yarmini xususiy biznes o’z zimmasiga olgan. AQSHda hozirga kelib 100 ming sotsiolog mutaxassislar faoliyat ko’rsatmoqda. Hukumat va mulk egalari sotsiologiyaga sotsial ziddiyatlarni hal etish quroli sifatida, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash vositasi, ijtimoiy nazorat va boshqaruv omili, mehnat unumdorligini oshiruvchi kishilarning moddiy va ma’naviy munosabatlarni tartibga solib turishning ilmiy asosi sifatida jiddiy e’tibor berib kelmoqdalar. Empirik tadqiqotlar muntazam ravishda olib borilishi fundamental metodologik va nazariy asosning ishlab chiqarilganligi, uning matematik statistik, kompyuter texnologiyasi yuqori darajadaligi, modellashtirish va sotsial eksperimentlarning yuqori saviyada olib borilishi oqibatida hozirga kelib AQSHda sotsiologiya aniq prognozlar beruvchi fanga aylangan.
XX – asrning 20-yillaridan boshlab AQSH sotsiologiyasida mehnat munosabatlari, insoniy munosabatlarni o’rganish yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o’tish jarayonlarini tezlashtirdi. Masalan, 1927-1932 yillarda E.Meyo rahbarligida mehnat va boshkaruv munosabatlarini o’rganishga qaratilgan va Xotorn eksperimentlari nomi bilan mashhur bo’lgan sotsiologik tadqiqotlar (bu tadqiqotlar G’arbiy yevropani larzaga solgan kuchli iqtisodiy tanazzul davrida o’tkazilgan bo’lib uning o’z oldiga qo’ygan maqsadi – ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning qo’shimcha omillarini qidirib topishdan iborat edi). SHu asosda 1943 yilda Abraxaam Maslou tomonidan ishlab chiqarilgan “iste’molning iyerarxik nazariyasi” yaratildi va amaliyotda qo’llanildi. Keyinchalik, shu nazariya asosida 1950 yili F.Xersberg tomonidan “motivatsiya nazariyasi” (mehnat sharoitlarining ichki va tashqi omillari haqidagi nazariya) va 1957 yili D.Makgregor tomonidan “boshqaruv usullari nazariyasi” yaratildi (bunda boshqarishning 3 asosiy usullari – avtoritar, demokratik va aralash tip haqida fikr yuritiladi). F.Xersberg nazariyasiga ko’ra, faqat ichki omillar mehnat mazmunini, mehnatdan qoniqishni oshiradi. Mehnat sharoitlari: ish haqi, shaxslararo munosabatlar, korxona rahbariyatining tutgan siyosati, boshqaruv usuli va boshqa shu kabilarga tashqi omillar sifatida qaraydi.Bu omillar mehnatdan qoniqmaslik darajasini pasaytirib, kadrlarni, mutaxassislarning korxonaga bog’lanishini mustahkamlaydi. Ammo, bu omillar mehnat unumdorligining oshishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatmaydi, bu bilan F.Xersberg quyidagi o’zaro bog’liqlikni asoslaydi: mehnatdan qoniqish hosil qilish mehnat mazmunining funksiyasidir. Qoniqmaslik esa mehnat sharoitining funksiyasidir.60-yillarda AQSH nazariy sotsiologiyasi fenomenologik yo’nalishning kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Fenomenologik sotsiologiyaning shakllanishi A.SHnets nomi bilan bog’liq. O’z mohiyatiga ko’ra, fenomenologik sotsiologiya antipozitiv yo’nalishda bo’ldi.8
AQSHda yana bir antipozitiv sotsiologik yo’nalish - simvolik interaksionizm bo’lib, unga G.Blumer asos solgan. “YAngi sotsiologiya” nomi bilan atalgan uchinchi antipozitiv sotsilogik yo’nalish CH.R.Mills nomi bilan bog’liq. Simvolik interaksionizm, fenomenologik sotsiologiya, “yangi sotsiologiya”, konflikt sotsiologiyasi, ijtimoiy ayirboshlash nazariyasi, neofunksionalizm va boshqa shu kabi nazariyalar – hozirgi zamon sotsiologiyasining asosiy yo’nalishlari hisoblanadi.
Amerika sotsiologiyasida 60-yillarga qadar marksistik g’oyalar ta’siri yo’q edi. 60-yillardan boshlab AQSHda marksistik sotsiologiyaga qiziqish orta bordi. 70-yillarda R.Fridrixs kabi sotsiologlar “dialektik sotsiologik” dasturini ishlab chiqish g’oyasi bilan chiqdilar. Unga ko’ra, marksistik va nomarksistik sotsiologik nazariyalar, konsepsiyalar o’rtasidagi ziddiyatli ajralishni bartaraf qilish masalasi ilgari surilgan.
Rossiyada sotsiologik g’oyalar umujahon sotsiologik fanining bir qismi sifatida rivojlangan. Tadqiqotchilar Rossiyada sotsiologik g’oyalar rivojlanishining 3 bosqichini ajratib ko’rsatadilar. Birinchi bosqich – XIX asr o’rtalaridan to 1918 yilgacha, ikkinchi bosqich – XX asr 20-yillari boshidan to 50-yillar oxirigacha; uchinchi, 60-yillar boshidan to bizning kunimizgacha.
Birinchi bosqich, avvalo P.Lavrov (1828-1900) va N.M.Mixaylovskiy (1822-1904) lar kabi yirik sotsial mutafakkirlar faoliyati bilan bog’liq. Ular tomonidan rivojlantirilgan sotsial g’oyalar “sub’ektiv sotsiologiya” nomini olgan. Bunday yo’nalishdagi g’oya P.Lavrovning 1870 yildagi mashhur tarixiy xatida birinchi marta ta’riflab berilgan. “Sub’ektiv sotsiologiya” namoyondalari ijtimoiy taraqqiyot nazariyasini ishlab chiqishga e’tibor berdilar.
Lavrovning fikricha ijtimoiy taraqqiyotning mohiyati – madaniyatni qayta tashkil etish: shaxsan an’anaviy tur, qotib qolgan ijtimoiy formalarni o’zgaruvchan, jo’shqinlikni ifodalovchi tuzumlar va munosabatlar bilan almashtirish zarur. Sub’ektiv sotsiologlar andozalarida shaxs asosan harakatga keltiruvchi kuch sifatidagina emas, shuningdek ijtimoiy hayotning o’lchovi hamdir.
Ijtimoiy taraqqiyotning oliy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun xizmat qiladigan munosabatlarni yaratishdan iborat.Sub’ektiv sotsiologiya bilan bir qatorda, o’sha davr sotsial fanida sezilarli rolni M.M.Kovalevskiy (1857-1916) ning asarlari o’ynaydi. Kovalevskiy sotsiologik nazariyasining mohiyatim sotsial guruhlar, sinflar va xalqlar o’rtasidagi birdamlikdir.Rossiyada sotsial fikrni rivojlantirishda sezilarli rolni YU.YAsonning “Rossiya va Harbiy yevropa davlatlarining siyosiy statistikasi” asari o’ynaydi. Sotsiologiyani tavsiflash, sinflar haqida nazariyalarga bag’ishlab Rossiya sotsiologlari A.Bogdanov, V.SHumyatnikov, P.Sorokin, K.Taxraev asarlari yuzaga keldi.
1918-1919 yillarda Peterburg va YAroslavl universitetlarida sotsiologiya kafedralari tashkil etildi.P.A.Sorokin (1889-1969) yirik olim va jamoat arbobi bo’lib, Rossiya sotsiologiyasi rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.
Ikkinchi bosqichda nazariy sotsiologiyaning rivojlanishi davom etdi. 1920-yillarda P.A.Sorokin “Sotsiologiya asoslari”, 1922-yilda M.S.Solinskiyning “Odamlarning sotsial hayoti”, 1922-yilda M.M.Xvostovning “Sotsiologiya asoslari asarlari”, 1928-yilda N.A.Buxarinning “Tarixiy materializm nazariyasi” asarlari chop etildi. 1974-yildan boshlab ixtisoslashgan maxsus “Sotsiologik tadqiqotlar” jurnali chiqa boshladi. 1988-yildan boshlab Moskva, Leningrad, Sverdlovsk, Kiyev universitetlarida sotsiologiya fakultetlari faoliyat ko’rsata boshladi.Sovet tuzumi davrida tarixni materialistik tushunishga sinfiy va partiyaviy yondashishni absolyutlashtirish oqibatida umumsotsiologik qonuniyat mohiyatiga putur yetkazildi. Jamiyat taraqqiyotni bir tomonlama bo’rtirib tushuntirish oqibati sub’ektivizmga, volyuntrizmga olib keldi. Sotsiologiya falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar singari siyosatga bo’ysundirilib, uning xizmatkoriga aylantirildi. Sotsiologiyaning asosiy ijtimoiy vazifasi muayyan andozaga solingan, oldindan qat’iy belgilangan siyosiy buyurtmani bajarishdan iborat bo’lib qoldi. Mavjud mafkura doirasidan chiqish qat’iy ta’qiqlandi.SHunday qilib, o’sha davr ijtimoiy fanlar uchun metodologik asos qilib olingan tarixni materialistik tushunishdan chetlashildi. Ijtimoiy ong ijtimoiy hayotni emas, balki ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni belgilaydi, degan materialistik mohiyatga ega bo’lgan umumsotsiologik qonuniyatga xilof ravishda ish yuritildi.
Sovet Ittifoqi davrida sotsiologiyaning fan sifatida rivojlanishi uchun to’la imkoniyat bo’lmadi. Buning asosiy sababi demokratiyaning yo’qligi, ijtimoiy munosabatlarga faqat sinfiylik, partiyaviylik nuqtai nazardan qaralganligi bo’ldi. Sotsiologiya esa faqat to’la qonli demokratiya bo’lgandagina fan darajasida amal qiladi. CHunki, sotsiologiya mohiyat e’tibori bilan jamiyat hayotining o’zaro bog’liq bo’lgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va ijtimoiy turmush sohalari rivojlanish va funksional qonunlarini obyektiv jihatdan umumiy tahlil qiladi.Binobarin, empirik tadqiqot darajasida olingan ma’lumotlar o’rganilayotganda obyektning salbiy jihatlarini ham ifodalash mumkin.
Kishilarning davlat siyosatiga, mavjud siyosiy rejimga munosabatini, moddiy turmush darajasini, kayfiyati, intilishlari va shu kabi munosabatlarini sotsiologik tadqiq qilish orqali mavjud ijtimoiy-siyosiy holat yuzaga chiqariladi. Faqat to’la qonli demokratik tuzumdagina mavjud siyosiy kuchlarning fikrlar xilma-xilligiga yo’l qo’yiladi.Sotsiologiyada tadiqot natijasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar ilmiy asoslangan va obyektiv xarakterda bo’lishi talab qilinadi. Agar davlat demokratik asosda boshqarilmasa, hokimiyat tepasidagi siyosiy kuchlar manfaatiga xizmat qilmaydigan har qanday ilmiy sotsiologik tadqiqotdan voz kechiladi va u ta’qiqlanadi. Siyosiy ideologiyaga bo’ysundirilgan sotsiologiya o’zining ilmiyligini yo’qotib sub’ektiv, sun’iy va sohta xususiyatga ega bo’lib qoladi.
O’zbekistonda sotsial fikrlar rivojida 20-30-yillardagi jadidchilik harakati g’oyalari muhim rol o’ynaydi. Ma’rifatparvar jadidlar shartli ravishda 3 ta guruhga bo’lingan holda (ijtimoiy siyosiy, madaniy-ma’naviy, diniy-ma’rifiy) milliy mafkurani yaratish, yangicha ta’limni joriy etish milliy madaniyatni rivojlantirish diniy va mahalliy urf-odatlarni keng yoyishning ijtimoiy ma’naviy jihatlari bilan bir qatorda sotsial jihatlarini ham atroflicha tahlil qilganlar. Ularning bu g’oyalari respublikamizda keyingi davrlarda sotsial qarashlar rivojida muhim ahamiyat kasb etdi.9
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bag’rida bo’lishiga qaramasdan O’zbekistonda 60-90 yillarda sotsiologiya fanining bir qancha sohalari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borildi. Jumladan, sotsial sinfiy struktura /S.Tursunmuhamedov, A.Valiyev/, boshqarish sotsiologiyasi /A.S.Tamkin/, oila sotsiologiyasi /U.Toshtemirov, G.Xamidova, B.Umarov, M.Sangilov/ sohalarda e’tiborga molik ishlab amalga oshirildi.
1989 yilda Moskvada tashkil qilingan jamoatchilik fikrini o’rganish butun ittifoq markazining O’zbekiston bo’limi ish boshladi. Bo’lim sotsiologlari respublikamiz viloyatlari va tumanlarida xilma-xil mavzular bo’yicha sotsiologik tadqiqotlar o’tkazib, ular asosida kishilarning ruhiyati va kayfiyatidagi o’zgarishlarni aniqlashga muvaffaq bo’ldilar. Ma’lum ma’noda, bu holat respublikamizda milliy ongning o’sishiga va shuning natijasida milliy mustaqillikka erishishni tezlashuviga turtki bo’ldi.
O’zbekistonda dastlab 1989-yilda Toshkent Davlat Universiteti hozirgi UzMU falsafa fakulteti tarkibida sotsiologiya bo’limi va kafedrasi tashkil qilindi. SHu yildan boshlab sotsiologlar tayyorlana boshlandi va 1994 yili 40 mutaxassis bitirib chiqdi. 1995-yilda 30 ta, 1996-yilda 21 talaba, 1997-yilda 12 ta talaba sotsiolog mutaxassisligiga ega bo’ldilar.Farg’ona Davlat Universitetida dastlab 1990-yilda sotsiologiya kafedrasi tashkil etildi. 1992-yilda esa shu kafedra asosida “Umumiy sotsiologiya” va “Amaliy sotsiologiya” kafedralari tashkil etildi. “Amaliy sotsiologiya” kafedrasi ilmiy tadqiqot yo’nalishi – yoshlar faoliyatida mehnat omilini faollashtirish yo’llari bo’lib, bu borada aniq tadqiqotlar olib borilmoqda.1991-yilda sotsiologiya bo’yicha mutaxassislar tayyorlash bo’limi ochilib, unga qabul qilingan dastlabki talabalardan 17 kishi, 1996-yilda sotsiologiya bo’yicha mutaxassis sifatida bitirib chiqdi.O’zbekiston FA falsafa va huquq instituti qoshida 1993-yilda O’zbekiston sotsiologlarining assotsiatsiyasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 18-iyul 1994-yil 87-01-242 sonli buyrug’i bilan 1995-1996 o’quv yilidan boshlab respublikaning barcha oliy o’quv yurtlarida sotsiologiya fani o’qitilishi joriy qilindi. Ammo, respublika ijtimoiy hayoti muammolarini barcha o’quv yurtlari olimlari tomonidan o’rganilishi sustlik bilan bormoqda. Sotsiologik tadqiqotlarning jamiyatimiz ijtimoiy hayotini o’rganishdagi salmog’i hali juda past darajada.
Respublikamiz milliy mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatimizda sotsiologiya fanini rivojlantirishga jiddiy e’tibor berila boshlandi. O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti tarkibida sotsiologiya bo’limi va kafedrasi tashkil qilindi. Farg’ona Davlat Universitetida sotsiologiya kafedrasi tashkil etildi.1992-yilda Mehnat Vazirligi qoshida sotsiologik tadqiqotlar markazi tashkil qilinib, bu markaz tomonidan respublikamida keng suratda tadqiqotlar o’tkazilib, unda aholining iqtisodiy islohotlarga, demokratlashtirish jarayonlariga bo’lgan munosabatlari atroflicha o’rganila boshlandi. Hozirgi kunda respublikamizda ijtimoiy fikrlarni o’rganish markazi faoliyat ko’rsatmoqda. Uning barcha viloyatlarda va tumanlaridagi shaxobchalarida mutasaddi ilmiy xodimlar, sotsiologlar jamiyat hayotini o’rganish aholi ichiga tobora chuqurroq kirib borishda jonbozlik ko’satmoqdalar.10
Xulosa
Dyurkgeym “Sotsiologiya uslubi” nomli asarida sotsiologiya sohasidagi jamiyat rivojlanishi nazariyalarini ishlab chiqishga e’tiborini qaratib, sotsial omillarni ilmiy tahlil etishga qaratilgan tavsilotlarni yaratish ustida shug’ullangan.
Sotsiologiya, - deb yozadi u, sotsial dalillar xaqidagi fan bo’lib, uning ostida siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa g’oyalar, qoida va qadriyatlar yotadi. Dyurkgeym fikricha, sotsial voqealikning yakuniy sabablari bo’lib, amaliyotda ro’yobga oshiriladigan odamlarning g’oya va madaniy qadriyatlari hisoblanadi. Aynan ana shunda, u har qanday sotsial evolyutsiyaning manbai mavjudligini ko’radi. Bunda so’z jamoaviy ongni namoyon bo’lishi sifatidagi g’oyalar va ma’naviy qadriyatlar ustida boradi.
O’zbekistonda sotsial fikrlar rivojida 20-30-yillardagi jadidchilik harakati g’oyalari muhim rol o’ynaydi. Ma’rifatparvar jadidlar shartli ravishda 3 ta guruhga bo’lingan holda (ijtimoiy siyosiy, madaniy-ma’naviy, diniy-ma’rifiy) milliy mafkurani yaratish, yangicha ta’limni joriy etish milliy madaniyatni rivojlantirish diniy va mahalliy urf-odatlarni keng yoyishning ijtimoiy ma’naviy jihatlari bilan bir qatorda sotsial jihatlarini ham atroflicha tahlil qilganlar. Ularning bu g’oyalari respublikamizda keyingi davrlarda sotsial qarashlar rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Sotsiologiyaning o`ziga xos sohasi sifatida, ta`lim sotsiologiyasi dastavval ta`lim tizimi va jamiyatning o`zaro harakati va o`zaro munosabatlari umumny masalalari, uning o`rni va ijtimoiy tizimdagi rolini o`rganadi. Bularga taraqqayotning ijtimoiy sharoitlari, turli ta`lim tizimining ishlab turishida va rivojlanishida, birinchi navbatda zamonaviy, ularni ijtimoiy jarayon va ilmiy-texnik talablar bilan yuzaga keltirishlilik, ta`lim instituti ijtimoiy funktsiyalari va uning jamiyat hayotidagi roli ta`lim tizimida ijtimoiy tenglik (yoki notenglik) printsiplarini amalga oshirish, uning jamiyat ijtimoiy tuzilishi va ijtimoiy harakatchanlik bilan o`zaro bog`liqligi va o`zaro harakati, ta`lim tizimida jamiyat ehtiyojlari va talablarini, ijtimoiy gyryhlap va shaxslar, ijtimoiy tuzilish o`zgarishida va takror ishlab chiqarishda ta`lim tizimining rolini, ta`lim tizimining boshqa ijtimoiy institutlar bilan o`zaro munosabatlari va hokazo muammolari kiradi. Ta`lim sotsiologiyasi ta`lim va sotsiumning chuqur va mustaqil o`zaro bog`liqligini tan olishdan kelib chiqadi. Bir tomondan, aynan ijtimoiy sharoitlar va omillar bevosita ta`lim tizimining xususiyati, turini aniqlaydilar va shuning uchun ta`limning optimal tizimiga erishish uchun mos ijtimoiy dastlabki shart-sharoitlar va fikrlar zarurdir; boshqa tomondan, ushbularning kerakli o`zgarishisiz ta`lim tizimini mukammallashtirmasdan turib, erishib bo`lmaydi. Bunda shunisi muhimki, jamiyat ishlab chiqarishining erishilgan rivojlanish darajasiga nisbatan ilmiy-texnik va ijtimoiy taraqqiyotni, ta`lim rivojlanishining ilgarilab ketishini shunday ta`minlashi kerakki, ya`ni u nafaqat bir lahzalik balki kelajak ijtimoiy talablarga javob bersin. Real hayotda shu asosda jamiyat talablari bilan yuzaga kelgan xususiyati jihatidan etarli konservativ bo`lgan ta`lim tizimi o`rtasida doim turli qarama-qarshiliklar paydo bo`ladi va echiladi. Bu qarama-qarshiliklar va ularni echish jarayonlarini tadqiqot qilish ta`lim sotsiologiyasi vazifasiga kiradi.Ta`limning ijtimoiy roli va ijtimoiy funktsiyalariga bag`ishlangan sotsiologik tadqiqot juda muhimdir. Odatda, quyidagi muhim funksiyalar ajralib turadi; a) madaniyatni tarqatish va avloddan-avlodga ko`rsatish funksiyasi; b) jamiyat madaniyatini saqlovchi va generator funksiyasi; v) shaxsni sotsializatsiyalash funksiyasi, ayniqsa, yoshlarni va ularning jamiyatga integratsiyasi, holbuki, madaniy merosni o`zlashtirmasdan jamiyat taraqqiyoti va shaxs rivojlanishini tasavvur qilib bo`lmaydi; g) ijtimoiy tanlov (seleksiya), jamiyat a`zolarini differentsiatsiyalash funksiyasi, Jamoatchilik fikri ijtimoiy ong shakllari, aytaylik, fan yoki mafkuradan noaniqligi bilan farq qiladi. Chunki fikrning o`zida u yoki bu holatga nisbatan taxminiy, ehtimoliy og`ish bo`lgani uchun ham ko`pincha insonlar ongida vujudga keladigan o`tkinchi o`zgaruvchan fikr mulohaza, his-tuyg`ular yig`indisidir. Lekin bu jamoatchilik fikri bilan hiosoblashmaslik kerak degan gap emas. Jamoatchilik fikrini chuqur o`rgangan ispan mutafakkiri Ortega-I-Gasset shunday yozgan edi «Dunyoni jamoatchilik fikri boshqaradi, bu shunday asosiy kuchki, undan kishilar hamjamiyatdagi hukmronlik kelib chiqadi». Jamoatchilik fikrini sotsiologik tadqiq etishning predmeti — bu jamoatchilik fikrining ijtimoiy mohiyati, uning jamiyat hayotining turli tomonlariga ta`siri, shakllanishi, ifodalanishi va amal qilishi mexanizmlari masalalaridir. Jamoatchilik fikri —kishilar ongi va xatti-harakatining o`ziga xos ko`rinishi bo`lib, u ijtimoiy ongning barcha shakllari (axloqi ququq din, fan va x. k.) bilan bog`liq kundalik va nazariy ong birikmasi hisoblanadi. Jamoatchilik fikri doimo kishilar tomonidan u yoki bu hodisa jarayonini baholashlari bilan bog`liq.Bunday ijtimoiy baholash ijtimoiy guruh va qatlamlarning ijtimoiy vaziyati, jamiyatda tutgan o`rnini o`zida aks ettiradi. Demak, jamoatchilik fikri ijtimoiy xususiyatga ega. Shu jihatdan jamoatchitlik fikri kishilarning ijtimoiy voqelikning biror bir sohasidagi fikrlari, his-tuyg`ulari va xatti-harakatlarini jamlashga, jamiyat hayotiga baho berishga va shu asosda ijtimoiy reallikning tegishli tomonini o`zgartirishga (yoki saqlashga) ta`sir ko`rsatadi. Umuman olganda, tub ijtimoiy o`zgarishlar sodir bo`lishidan oldin aynan jamoatchilik fikrida ulkan siljish, o`zgarishlar yuz 6epmog`i kerak. Jamoatchilik fikri bilan bevosita shug`ullanuvchi mutaxassislar bu ijtimoiy hodisaning murakkabligini ta`kidlashadi. Darhaqqat, jamoatchilik fikrini tasvirlash, aniqlash mushkul, uni o`lchab bo`lmaydi. Lekin u hamma joyda iavjud, uning ta`sirini aloxida shaxs xatti-harakatida ham, omma xulq atvorida va faoliyatida ham ko`rsa bo`ladi.
Jamoatchilik fikrining strukturasini tahlil qilishda birinchi navbatda uning ob`ekti va sub`ekti masalalariga e`tiborni qaratish zarur. Jamoatchilik fikrining ob`ektini aniqlashda dastavval ikkita muammo e`tiborga molikdir.
1). Jamoatchilik fikrini unda aks ettirilayotgan voqelikning o`ziga xosligi nuqtai nazaridan tahlil etish. Boshqacha qilib aytganda, jamoatchilik fikri dunyodagi hamma narsa to`g`risida fikr qila olishi mumkinmi yoki uning mulohaza doirasi chegaralanganmi?
2). U yoki bu hodisa, jamoatchilik fikrining ob`ektiga aylanishining mezonlarini aniqlash, boshqacha aytganda, jamoatchilik fikrini uyg`otadigan ob`ekt qanday sifatlari, xususiyatlari bilan farqlanadi. Birinchi savolga javob tariqasida avvalo shuni qayd etish kerakki, jamoatchilik fikrining ob`ekti bo`lib ham ob`ektiv voqelik, ham sub`ektiv reallik faktlari hisoblanishi mumkin. Shu bilan birga jamoatchilik fikri ma`lum darajada chegaralangandir, muayyan bir holatlargina jamoatchilik mulohazalarining ob`ekti bo`la oladi. Bular: a) voqea va hodisalarning haqqoniy mavjudligi; b) voqea-hodisalar o`rtasidagi munosabatlar; v) voqea-hodisalarning kishilar ongida aks etishi. Ushbu holatlar jamoatchilik fnkri sotsiologiyasida «aniqlik chegarasi» deyiladi. Bu «chegaradan» tashqarisida bo`lgan narsalar to`g`risida jamoatchilik fikri mulohazaga ega bo`la olmaydi.
Endi jamoatchilik fikrining ob`ektini tanlash mezonlariga to`xtalamiz. Duch kelgan har bir narsa, hodisa, voqea, jarayon yoki fakt ham birvarakayiga jamoatchilik fikri ob`ekti bo`lavermaydi. Jamoatchilik fikrini uyg`otishning birinchi omili ijtimoiy manfaat bo`lish uchun bevosita manfaat tug`diradigan dolzarb hodisa yoki narsalargina mulohazaga sabab bo`ladi. Chunki bunday holatlar kishilardan baholovchi munosabatni bildirishini talab etadi. Omma fikrining shakllanishi asosida «umumiy ish» yotadi. Jamoatchilik fikriga sabab bo`ladigan ikkinchi omil bu - munozaralilikdir. Boshqacha aytganda, u yoki bu darajada munozarali, baxsli xolatga ega bo`lgan hodisalargina jamoagchilik fikri predmetiga anlanishi mumkin. Jamoatchilik fikri doimo hali hal bo`lmagan masalalar bo`yicha shakllanadi va hech qachon so`zsiz, aniq masalalar bo`yicha tug`ilmaydi.
Nihoyat, jamoatchilik fikrini uyg`otadigan uchinchi omil — malakalilikdir. Bu shuni anglatadiki, jamoatchilik bilishi va tushunishi mumkin bo`lgan hodisalargina jamoatchilik ob`ekti bo`lishi mumkin.
Jamoatchilik fikri sub`ekt deganda avvalo jamoatchilik doirasida fikr uyg`ota olish qobilyatiga ega bo`lgan fikr egasi va ifodalovchisi tushuniladi. Shu o`rinda sub`ekt sifatida alohida individ, kichik guruhlar, jamoa, millat, sinf va hatto jamiyat hisoblanishi mumkin.
Jamoatchilik fikrining bilish imkoniyati muayyan-tarixiy xususiyatga ega, ya`ni u jamiyatda mavjud madaniyat, texnik imkoniyatlar, muloqat vositalarining rivojlanganlik darajasi va boshqa omillarga bog`liq. Shu bilan birga jamoatchilik fikri ijtimoiy ong shakllari (fan, mafkura, din, sanat, axloq, huquq, siyosat va boshqalar), darajalari (individual, kollektiv, milliy, sinfiy ong) va sohalari bilan bog`liq holda rivojlanadi. Aytish mumkinki, jamoatchilik fikri-ijtimoiy ongning tez o`zgaruvchan, dinamik holatidir.
Jamoatchilik fikri turli darajaga ham ega bo`lib, bu individual, kollektiv va ijtimoiy fikr ko`rinishida bo`ladi va ular o`rtasida doimiy va mustahkam bog`liqlik mavjud.
Jamoatchilik fikri ko`p jihatli hodisadir. Uning ratsional-aqliy (bilimlar), psixalogik (ijtimoiy-ruhiy) kechinmalar, aksiologik qadriyatlar) va boshqa jihatlari bo`lib, birgalikda jamoatchilik fikrining tez tarqaluvchanlik va ekstensiv» xususiyatini ta`minlaydi. Jamoyatchilik fikrining real ijtimoiy hayotda amal qilishi uning ifodalanishi va u bajaradigan vazifalar bilan xarakterlanadi.
Avvalo, jamoatchilik fikrining uch xil ifodalanishini kuzatsa bo`ladi:
1. jamoatchlik fikrining stixiyali ifodalanishi;
2. siyosiy institutlar tashabbusiga ko`ra biror bir qonunni muhokama qilish yoki chora-tadbir (referendum, umumxalq muhokamasi va boshq.) o`tkazish jarayonida jamoatchilik fikrining bildirilishi;
3. maxsus sotsiologik tadqiqotlar, ya`ni so`rovlar paytida jamoatchilik fikrining aniqlanishi;
Bozor munosabatlariga o`tish sharoitida jamoatchilik fikrining eski tuzum muammolaridan yangi masalalarga ko`chishi yuz bermoqda. Ammo jamoatchilik fikrining qayta yo`nalishi murakkab jarayon bo`lib, u oldin shakllangan xulq-atvor jabhalarining tafakkur va xatti-harakat qoliplarining (stereotiplarining), ba`zi an`anlarining o`zgarishini o`z ichiga oladi. Gap shundaki, aytib o`tilgan ko`pgina elementlar (eskicha tafakkur qoliplari, odatlar va h.k.)ni jamoatchilik fikri o`zida mujassamlashtirgan bo`lib, bu uning konservativ tomonidir. Shuning uchun jamoatchilik fnkrining jamiyat taraqqiyotiga to`siq bo`layotgan, ammo kishilar ongida chuqur o`rnashgan aynan qaysi jihatini o`zgartirish mumkinligini aniq, tasavvur eta bilish zarur. Ammo odamlar fikrini o`zgartirishdan ko`ra, ularda yangi muammolarga nisbatan munosabat, fikr-mulohazani shakllantirish osonroq. Demak, masala jamoatchilik fikrining kuchini oshirish, uni ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish omiliga aylantirish uchun tabiiy tarzda, ammo zarur yo`nalishda ongli ravishdi shakllantira bilishda ekan. Bu jamoatchilik fikrining jamiyat hayotadagi ahamiyatining oshib borishi bilan bog`liq, bo`lib, quyidagi shart-sharoitlarni talab etadi: a) davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ilmiy markazlar tomonidan jamoatchilik fikrining muntazam o`rganib turilishi; b) barcha fuqarolarning turli shakllarda (referendumlar, manifestatsiyalar, so`rovlar va h. k.) jamiyat hayotining har xil muammolari yuzasidan o`z fikrlari, baholari, nuqtai nazarini erkin bildirishlari; v) fuqarolarning jamoaviy (kollektiv) fikrlarini bildirishlari vositalari va shakllarini, kengaytirish, oshkoralik; g) davlat organlari va jamoat tashkilotlari tomonidan jamoatchilnk fikridan doimiy foydalanish.
Jamoatchilik fikriga maqsadli ta`sir qilish ikki xil yo`l bilan amalga oshirishi mumkin: 1) xaspo`shlash (manipulyatsiya qilish); 2) ilmiy shakllantirish.
Jamoatchilnk fikrini xaspo`shlash - bu dolzarb muammolar bo`yicha aholi ongiga nisbatan biror-bir fikrni zo`rlab singdirish. xaspo`shlash yolg`iz hukmron siyosiy guruh, toifa, elitaning manfaatlarini ifodalaydi va uning iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy hukmronligini saqlab qolishiga qaratilgan bo`ldi. Xaspo`shlashning asosiy vositasi dezinformatsiya (soxta axborot) hisoblanadi. Xaspo`shlash asosan totalitar jamiyatga xosdir. Jamoatchilik fikrini erkin shakllantirish - jamoatchilik fikrining shakllantirish jarayoniga maqsadli ta`sir ko`rsatishdir. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad jamiyatda axborot maydonini tabiiy ravishda hosil qilish bo`ladi. Jamoatchilik fikrini shakllantirishda stixiyali va oigli omillar, uning shakllanishining ob`ektiv jarayonlari bilan bog`liq, bo`lgan ichki va boshqaruv organlari tomonidan kishilar ongiga chetdan ongli ravishda ta`sir qilishda ifodalanadigan tashqi mexanizmlar birligini ham ta`minlash zarur. Jamoatchilik fikri muhim institut bo`lib, faol amal qilishi uning funksiyalari (vazifalari) bilan bog`liq. Bu funksiyalar jamoatchilik fikrining jamiyat hayotining turli sohalarida (aytaylik, taqsimot munosabatlarida) «qo`llanishiga» qarab turli shakllarla namoyon bo`ladi. Jamoatchilnk fikrining funksiyalari uning u yoki bu ijtioiy institutlarga ta`siriga qarab, bildirilayotgan fikrning mazmuniga ko`ra va bu fikrning shakliga qarab belgilanadi. Demokratiya va bozor munosabatlari sari qadam tashlagan sobiq sotsialistik mamlakatlarning xalqlari oldida siyosiy madaniyat asoslarini egallash, g`oyaviy qoliplardan voz kechish vazifasi turibdi. Tarixiy tajriba shuni ko`rsatadiki, kishilarning siyosiy ongida o`zgarishlar qilmay turib, hech qanday o`zgarishlarni amalga oshirish mumkin emas. Biz ko`p yillar yashagan tuzum tez muddatda xalokatga uchradi. Bu esa o`z navbatida ko`pchilik kishilarning ongidagi o`zgarishlarga olib keldi va ongda paydo bo`lgan bo`shliq noma`qul bo`lgan anarxik g`oyalar, keskin qarashlar yoki g`ayri-ijtimoiy fikrlar bilan to`ldi. Shu bilan bir vaqtda siyosatga qarash ham o`zgardi siyosatni iflos ish deb tushunish paydo bo`ldi. Vaholanki, siyosat zamonaviy kishi uchun zarurat va extiyojdir. Shuning uchun hozirgi kunda insonlarga jamiyatda sodir bo`layotgan jarayonlarga to`g`ri baho berishga yordam qilmok zarur. Avvalambor — bu insonning jamiyatda tutgan o`rni va rolini tushunib o`tish istagi bilan, boshqa kishilar bilan hamkorlikda ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq. Siyosatni tushunmaslik va ongli ravishda uni nazarga olmaslik salbiy oqibatlarga olib keladi, begonalashuvni keltirib chiqaradi. Shu sababli siyosiy fan va siyosiy ta`lim insonlarga munosabatlarini insonparvarlik va oqilonalik asosida ko`rishga yordam berishi kerak. Siyosiy sotsiologiya ham shunga hizmat qiladi. Siyosiy sotsiologiya atamasi sotsiologiyada ham, siyosiy fanda ham shunday bir fan sifatida talqin qilinadiki, u shu ikki fanning umumiy sohalarini ichiga oladi. Sotsiologiya doirasidan siyosiy sotsiologiya muhim soha sifatida yaqindagina ajralib chiqan, g`arbda bu fan XX asrning 30—50 yillarida qaror topgan deb uqtirilar edi, ya`ni siyosiy fanga nisbatan ancha kech. Siyosatda sotsiologik yondashuvning rivojlantirishda K. Marks, M Veber, Mixele, Moska, Pareto va Zigfrid kabi olimlarning ishlari katta rol o`ynadi. Markscha yoidashuv siyosiy hulq-atvorga sotsial-iqtisodiy va sinfiy strukturaning ta`sirini kuzatish bo`yicha ishlarni jonlantirib yubordi, Veber esa ijtimoiy o`zgarishlarning mustaqil omili sifatida siyosiy institutlarni sotsiologik o`rganishning peshqadam edi. Bu olimlar fanning bu ikki sohalariga bo`lgan ilmiy qiziqishning shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatdilar.
4 Ta`lim sotsiologiyasi

Ko`p sonli maxsus sotsiologiyalar ichida odatda ulardan bir qatori, yanada zarur bo`lgan ijtimoiy institutlarni, holatlar va jarayonlarni bevosita tadqiqot qiluvchi sotsiologiya alohida ajralib turadi, shular qatorida ta`lim ham hech o`zgarishsiz qatnashadi. Barcha taniqli sotsiologlar ijtimoiy ta`lim instituti va uning ahamiyati haqida o`zlarining amaliy u yoki bu fikrlarini bildirgan bo`lsalar ham, shunga qaramasdan, ta`lim sotsiologiyasi sotsiologiyaning mustaqil tarmog`i bo`lib boshlashishi E. Dyurkgeym asarlari bilan bog`liq. Shundan beri u G`arb sotsiologlari (Amerikada K. Djenis va Dj. Koulmen, Fransiyada P. Burde, Angliyada Dj. Flaud va boshqalar)ning ilmiy ishlarini boyitdi va jiddiy rivoj toptirdi. Sotsiologik fikrlarning bu sohasiga polyak sotsiologlari (V. Adamskiy, I. Byaltskiy, 3. Kvetsinskiy, M. Kozakevich, B. Suxodolskiy, Ya. Shpanskiy va boshqalar) o`zlarining katta hissalarini qo`shdilar. Bizda ta`lim sotsiologiyasi XX asrning ikkinchi yarmida ishlab chiqila boshlandi (I. V. Bestujev - Lada, L. N. Kogan, M. N. Rutkevich, L. Ya. Rubina, V. N. Turenko, F. R. Fillishov, M. X., V. N. Shubkin, E. A. Yakuba va boshqalar), va bugungi kunda u zamonaviy sotsiologiyaning nisbatan yanada rivojlangan tarmoqlariga kiradi.


1.Ta`lim sotsiologisining o`rni va predmeti


Jamiyat taraqqiyoti va yashash faoliyati uchun bugungi kunda ta`lim institutining alohida, mustasno o`rni va ahamiyating to`la isbotlab o`tirishning keragi bo`lmasa kerak. Sog`liqni saqlash institutlari qatorida u jamiyat hayotining barcha tomonlariga bevosita va eng jiddiy tarzda ta`sir ko`rsatadi, uning ilmiy, texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma`naviy-ahloqiy va boshqa holatlarini aniqlaydi. Bugungi kunda har qadamda yuqori va sifatli bilimga ega bo`lmasdan turib, jamiyat munosib kelajakka erisha olmaydi deb tan olinmoqda. Shu bilan birga zamonaviy fan, madaniyat va informatika sohasida erishilgan katta imkoniyatlar bilan ularni jamiyat hayotiga tadbiq qilish o`rtasidagi katta uzilish faqatgina alohida bir davlatda emas, balki butun jahon miqyosida ham ta`lim sifati va darajasini oshirish va kengaytirnsh asosida bartaraf qilinnshi mumkin. Ta`lim — shaxsning yashash faoliyati va ijtimoiylashtirishning turli tabaqalari rivojlanishi va shakllanishida hammadan ham boshlang`ich va shu sababdan zarur bo`lgan asosiy omildir. Shaxsning ijtimoiy statusini aniqlashda, jamiyat ijtimoiy tuzilishini takror ishlab chiqarish va rivojlanishida, ijtimoiy tartib va barqarorlikni qo`llab-quvvatlashda, ijtimoiy nazoratni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etish unga xosdir. Ta`lim sotsiologiyasi ob`ekti bo`lib, ta`lim tizimi ijtimoiy institut sifatida olingan butun bir jamiyatda va shu jamiyat hayotidagi sohalar va boshqa ijtimoiy institutlar bilan o`zaro harakati va o`zaro aloqasi hisoblanadi. U ta`lim tizimini uning taraqqiyotida, faol ko`rsatishida, tuzilishida, tashkil topishida va rivojlanishida ko`rib chiqadi. E. Derkgeym ta`limning asosiy faoilyatini yuqori saviyadagi ustun madaniyat boyliklarini berishda deb ko`rgan. Amerikalik sotsiolog N.Smelzer ta`limni institutsional(formal) jarayon, ya`ni uning asosida jamiyat butun boyliklari, bilimlari va mohirliklari bir insondan, guruhlardan, uyushmalardai boshqalarga berilishi sifatida aniqlaydi. Formal, institutsional ta`lim—bu maktablar, texnikumlar, oliy o`quv yurtlari, kurslar va malaka oshirish institutlari va boshqalar, ularda ta`lim berish u yoki bu darajada jamiyat tomonidan undagi ustun madaniy standartlar ijtimoiy-siyosiy yo`l-yo`riqlar va ideallar asosida rasmiy boshqariladi. Formal bo`lmagan ta`lim bugungi kunda shubhasiz, anchagina kam, yordamchi, tobe rol o`ynashi, formal bo`lmagan, institutsionllashtirilmagan, tizimlashtirilmagan, tartibsiz ta`lim berish bilan atrofdagi ijtimoiy muhit bilan muloqat davomida (masalan, tengdoshlari, kasbdoshlari va boshqalar) yoki individual asosda boyliklarni va bilimlarni egallashi (masalan, ommaviy axborot vositalarining shaxsga ta`siri natijasida) bilan bog`liqdir.


Ta`lim o`zgacha bir ijtimoiy institut sifatida doim mavjud bo`lmagan. U yangi avlod tomonidan bilim va tajribalarni egallash ishlab chiqarish va ijtimoiy jarayonlarga qo`shilib ketgan va maktablar, o`qituvchnlar va boshqalar butunlay yo`q bo`lgan ibtidoiy primitiv jamiyatda bo`lmagan. Ta`lim institutining alohida ajralishi industriallashtirilgan jamiyatgacha mehnat ijtimoiy taqsimoti chuqurlashuvi va kengayishi asosida, tabaqa tengsizligi rivojlanishi va davlat tizimi jamiyatning imtiyozi qatlamlari vakillarini maxsus tayyorgarlik bilan ta`minlash maqsadida boshlanadi. Odamlarning qolgan qismi kerakli qadriyatlar va bilimlarni oilada va ishlab chiqarish ta`limi jarayonida o`zlashtirganlar (o`quvchilar, shogirdlar va boshqalar). O`rta asr Evropasida diniy maktablar va boshlang`ich universitetlar paydo bo`la boshladi, ularda faqat juda kamchiliknn tashkil qiluvchi boy va yuqori tabaqalardagilar o`qishi mumknn bo`lgan. Faqat Ulug` Fransuz inqilobidan keyingina haqiqiy ta`lim inqilobi sodir bo`ldi, holbuki ilg`or mamlakatlarda alohida elitar bo`lishdan to`xtagan va ommaviy, demokratik, hammabop xarakterga ega bo`lgan ijtimoiy ta`lim institutlari tuzilmoqda va tasdiqlanmoqda. Ta`lim tizimining tengsiz yanada yuqori darajasi va ulkan quloch yoyishi XX asrda qo`lga kiritildi, ayniqsa, uning ikkinchi yarmida, qachon kim ilmiy-texnikaviy inqilob va zamonaviy sanoat ishlab chiqarishning talablari ta`sirida malakali kadrlarga umumiy ehtiyoj keskin o`sdi. Bu davrda madaniyat jiddiy ravishda o`sdi va insonlarning hayot tarzi ham o`zgardi, nafaqat boshlang`ich va to`liq bo`lmagan o`rta, balki to`liq o`rta ta`lim ko`plab mamlakatlarda ommaviy va majburiy bo`la boshladi, oliy ta`lim va O`rta maxsus ta`lim keskin kengaydi va hokazo. Bejizmaski, 60-yillardagi chuqur madaniy-ta`lim islohatlari qariyb barcha dunyodagi industrial mamlakatlarni qoplab oldi. Hozirgi zamon ilg`or industrial davlatlarning ta`lim tizimi — shaxsni sotsializatsiyalashda, uning u yoki bu ijtimoiy statusni olishga tayyorgarlikda va ijtimoiy tizimlarni mukammallashtirishda, integratsiyasida va barqarorlashuvida mos muhim rolni bajaruvchi jamiyat a`zolari bilimlari va mahoratlarini uzluksiz takomillashtiruvchi juda keng va yuqori rivojlangan differentsiyallangan ko`p darajali ijtimoiy tizim (jamiyatning kichik tizimi) dir. Ta`lim sotsiologiyasi — u ta`lim tizimini yanada kengroq ijtimoiy tiznmlarni kichik tizimlar sifatida va uning boshqa kichik tizimlar va butun bir jamiyat bilan o`zaro nisbati va o`zaro harakatini o`rganuvchi sotsiologiya sohasidir; bu ta`lim ijtimoiy tamoyillarini ta`lim tizimlarining o`zaro harakati qonuniyatlarini ijtimoiy institut va jamiyat, ijtimoiy guruhlar va shaxslar bo`lgan ijtimoiy tashkilotlar sifatida o`rganuvchi fandir. Bu erda ta`lim sotsiologiyasining ta`lim tizimini o`rganishga yondashishi bilan pedagogikaning yondashishi o`rtasidagi farq aniq, ravshan. Pedagogika avvalo pedagogika faoliyati ta`lim jarayonlarining ichki hususiyatlari va qonuniyatlarni, uning didaktik asoslarini bevosita o`rgangan bir paytda ta`lim sotsiologiyasi — ularning yanada kengroq ijtimoiy asoslarini, ijtimoiy tizimlar va ta`lim kichik tizimlari hususiyatlari va qonuniyatlarini o`rganadi. Bu ta`lim sotsiologiyasi shug`ullanuvchi ushbu muammo mazmunini tahlil kilish va aniqlashda aniq ko`rinib turibdi.

2. Ta`lim sotsiologiyasining muhim muammolari




Sotsiologiyaning o`ziga xos sohasi sifatida, ta`lim sotsiologiyasi dastavval ta`lim tizimi va jamiyatning o`zaro harakati va o`zaro munosabatlari umumny masalalari, uning o`rni va ijtimoiy tizimdagi rolini o`rganadi. Bularga taraqqayotning ijtimoiy sharoitlari, turli ta`lim tizimining ishlab turishida va rivojlanishida, birinchi navbatda zamonaviy, ularni ijtimoiy jarayon va ilmiy-texnik talablar bilan yuzaga keltirishlilik, ta`lim instituti ijtimoiy funktsiyalari va uning jamiyat hayotidagi roli ta`lim tizimida ijtimoiy tenglik (yoki notenglik) printsiplarini amalga oshirish, uning jamiyat ijtimoiy tuzilishi va ijtimoiy harakatchanlik bilan o`zaro bog`liqligi va o`zaro harakati, ta`lim tizimida jamiyat ehtiyojlari va talablarini, ijtimoiy gyryhlap va shaxslar, ijtimoiy tuzilish o`zgarishida va takror ishlab chiqarishda ta`lim tizimining rolini, ta`lim tizimining boshqa ijtimoiy institutlar bilan o`zaro munosabatlari va hokazo muammolari kiradi. Ta`lim sotsiologiyasi ta`lim va sotsiumning chuqur va mustaqil o`zaro bog`liqligini tan olishdan kelib chiqadi. Bir tomondan, aynan ijtimoiy sharoitlar va omillar bevosita ta`lim tizimining xususiyati, turini aniqlaydilar va shuning uchun ta`limning optimal tizimiga erishish uchun mos ijtimoiy dastlabki shart-sharoitlar va fikrlar zarurdir; boshqa tomondan, ushbularning kerakli o`zgarishisiz ta`lim tizimini mukammallashtirmasdan turib, erishib bo`lmaydi. Bunda shunisi muhimki, jamiyat ishlab chiqarishining erishilgan rivojlanish darajasiga nisbatan ilmiy-texnik va ijtimoiy taraqqiyotni, ta`lim rivojlanishining ilgarilab ketishini shunday ta`minlashi kerakki, ya`ni u nafaqat bir lahzalik balki kelajak ijtimoiy talablarga javob bersin. Real hayotda shu asosda jamiyat talablari bilan yuzaga kelgan xususiyati jihatidan etarli konservativ bo`lgan ta`lim tizimi o`rtasida doim turli qarama-qarshiliklar paydo bo`ladi va echiladi. Bu qarama-qarshiliklar va ularni echish jarayonlarini tadqiqot qilish ta`lim sotsiologiyasi vazifasiga kiradi.Ta`limning ijtimoiy roli va ijtimoiy funktsiyalariga bag`ishlangan sotsiologik tadqiqot juda muhimdir. Odatda, quyidagi muhim funksiyalar ajralib turadi; a) madaniyatni tarqatish va avloddan-avlodga ko`rsatish funksiyasi; b) jamiyat madaniyatini saqlovchi va generator funksiyasi; v) shaxsni sotsializatsiyalash funksiyasi, ayniqsa, yoshlarni va ularning jamiyatga integratsiyasi, holbuki, madaniy merosni o`zlashtirmasdan jamiyat taraqqiyoti va shaxs rivojlanishini tasavvur qilib bo`lmaydi; g) ijtimoiy tanlov (seleksiya), jamiyat a`zolarini differentsiatsiyalash funksiyasi, birinchi navbatda yoshlarni, chunki jamiyat ijtmoiy tuzilish o`zgarishi va ishlab chiqarishni individual va ijtimoiy harakatchanlik ta`minlaydi, modomiki, shaxsning ijtimoiy statusini aniqlashda bugungi kunda muhim o`lchov bo`lib xizmat qiladi; d) ijtimoiy madaniyat o`zgarishlari funksiyasi, ayni paytda aynan ta`lim tizimida yangi texnologiyalarni tadbiq, qilishga va uning madaniyatini boyitishga yo`naltirilgan ko`plab yangi fikrlar, nazariyalar, ihtirolar ishlab chiqilmoqda; e) ijtimoiy nazorat funktsiyasi va hokazo.Ta`lim sotsiologiyasida ta`lim tizimi o`z ijtimoiy tamoyillarini o`rtanish muhim o`rin egallaydi; o`quv yurtlari ijtimoiy tizim, ijtimoiy institut va ijtimoiy tashkilotlar sifatida; o`quv faoliyati ta`lim sohasida ijtimoiy faoliyatning asosiy ko`rinishi sifatida; ta`lim tizimi ijtimoiy tuzilishi (o`quvchilar, pedagoglar, ta`lim tashkilotchilari va boshqalar), o`quvchilar, o`qituvchilar hayot tarzi va ijtimoiy ko`rinishi, ijtimoiy rollari, ijtimoiy statusi va boshqalar. Ta`limda zamonaviy inqilob sohasida sotsiologik tadqiqotlar katta ahamiyatga ega. Qariyb o`n yillar oldin xalq xo`jaligida band bo`lganlarning undan to`qqizi o`rta, o`rta maxsus va oliy ma`lumotga ega edi. Aftidan, bunday yuqori ko`rsatkichlardan tamomila qanoat hosil qilishlik mumkin. Lekin sotsiologik tadqiqotlar ta`lim tizimnning miqdor va sifat ko`rsatkichlari o`rtasidagi o`tkir qarama-qarshilikni ko`rsatadi, ijtimoiy taraqqiyot, ilmiy-texnik va axborotlar inqilobi talablariga mos yosh mutaxassislarni tayyorlash darajasi va xususiyati nomunosibligini aniqlaydi. Sotsiologlar va boshqa mutaxassislar tomonidan jamiyatimizni madaniy, shu jumladan ta`lim salohiyatining tez o`sishi va undan ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi ilmiy-texnik taraqqiyotning past sur`atlari sharoitlarida ratsional foydalanishning mumkin emasligi o`rtasidagi, jamiyat ehtiyojlari bilan yoshlarning ijtimoiy qarashlari o`rtasidagi, umumiy va kasb bo`yicha ta`lim tizimi va hokazolar o`rtasidagi haqiqiy jiddiy qarama-qarshiliklar ochib berilgan.

Yüklə 148,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə