Hujayra va hujayra nazariyasi



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə3/6
tarix03.01.2023
ölçüsü57,5 Kb.
#98126
1   2   3   4   5   6
Hujayra va hujayra nazariyasi

Plastinkasimon kompleks. 1898 yilda Kamillo Goldji orqa miya tugunining nerv hujayralarida kashf qilib, uni Goldjining to'r apparati deb nomlanadi. Elektron mikroskop yordamida plastinkasimon kompleks.ni chuqur o'rganilib, uning 3 xil komponentdan tashkil topganligi aniqlandi.
Bularga: 1. Yassi sisternalar sistemasi – silliq membranalar bilan chegaralangan. Yassi sisternalar ko'pincha 5-8 ta bo'lib bir-biriga yaqin yotadilar.
2. Mayda mikropufakchalar – sisternalar oxirida joylashib, diametri 30-50 nmgacha bo'ladi.
3. Yirik vakuolalar – ko'pincha yassi sisterna bog'lamalarining o'rta qismida joylashib 0, 2-0, 8 mkm bo'ladilar.
Goldji kompleksi faoliyati sekresiya jarayoni bilan bog'liq bo'lib, bez hujayralarida (me'da osti bezi) zimogen granulalarini hosil qilishda va tezlashtirishda muhim rol o'ynaydi.
Oxirgi paytlarda Goldji kompleksining glikoproteidlar sintezida, ёg'larni so'rilishida ishtirok etishi ham aniqlangan.
Lizosomalar. Lizosoma birinchi marta belgiyalik bioximikDe Dyuv tomonidan kashf qilingan bo'lib (lisis – eritish, soma – tana) – gidrolitik fermentlarga boydir. Lizosomaning asosiy vazifasi, uning xujayra ichida moddalarni hazm qilishdir.
Peroksisoma (mikrotanacha) bir qavatli membrana bilan o'ralgan strukturalar bo'lib, kattaligi 0, 3-1, 5 mkmdir. Bu organellalar amyobada, tuban zamburug'larda (achitqida), ayrim o'simliklarda, umurtqali hayvonlarda esa faqat jigar va buyrakda topilgan bo'lib himoya vazifasini o'taydi.
Mikronaychalar sentriola, bazal tanacha hivchin va kiprikchalarning asosiy struktur birligi hisoblanadi.
K.A.Zufarov, A.Yuldoshevlar mikronaychalarni hujayrada tayanch funksiyani bajarishi yoki hujayra ichida moddalar almashishida ishtirok etishini e'tirof etganlar.
Sentrosoma. Hujayra markazi 1875 yili Gerting tomonidan kashf qilingan. Sentrosoma barcha hayvon hujayralarida topilgan bo'lib, faqat tuxum xujayraning yetilish davrida yo'qoladi va hujaralarning bo'linib ko'payishida muhim rol o'ynaydi.

Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə